|
Ma’lumotlar. Rеjа
|
bet | 7/64 | Sana | 18.12.2023 | Hajmi | 385,8 Kb. | | #122649 |
Bog'liq Ma’lumotlar. RеjаBirgalikda o’lchash – turli nomli ikki va undan ortiq kattaliklar orasidagi munosabatni topish uchun bir vaqtda o’tkaziladigan o’lchashlar. Masalan, rezistorning 20oC dagi qiymatini turli temperaturalarda o’lchab topish.
Rt=R0(1+αt2)
Mutloq o’lchash – bir yoki bir necha asosiy kattaliklarni bevosita o’lchanishini va (yoki) fizikaviy doimiylikning qiymatlarini qo’llash asosida o’tkaziladigan o’lchash.
Nisbiy o’lchash – kattalik bilan birlik o’rnida olingan nomdosh kattalikning nisbatini yoki asos qilib olingan kattalikka nisbatan nomdosh kattalikning o’zgarishini o’lchash.
O’lchash usullari
Bevosita baholash usuli
O’lchov bilan taqqoslash usuli
O’lchahs usuli deganda, o’lchash qonun – qoidalari va o’lchash vositalaridan foydalanib, kattalikni uning birligi bilan solishtirish usullari tushuniladi.
Bevosita baholash usuli – bevosita o’lchash asbobining kuzatish qurilmasi yordamida to’g’ridan – to’g’ri o’lchanayotgan kattalikning (uning aynan o’lchov birligida) qiymatini topish. Masalan, kuchlanishni vol’tmetr yordamida o’lchash.
O’lchov bilan taqqoslash (solishtirish) usuli – o’lchanayotgan kattalikni o’lchov orqali yaratilgan kattalik bilan taqqoslash usuli bo’lib, bir nechta turlari mavjud:
Nolga keltirish usuli – bunda kattalikning taqqoslash asbobiga ta’siri natijasini nolga keltirish lozim bo’ladi. Masalan, qarshilikni to‘la muvozanatlanadigan ko‘prik yordamida o‘lchash.
И
X X0 f(X-X0)=0
Differensial (ayirmali) o’lchash usuli – o’lchov bilan taqqoslash usulining bir turi hisoblanib, o’lchanayotgan kattalikning va o’lchov orqali yaratilgan kattalikning ayirmasini (farqini) o’lchash asbobiga ta’sir qilish usuli. Masalan,
vol’tmetr yordamida ikki kuchlanish orasidagi farqni o’lchash, bunda kuchlanishlarning biri juda yuqori aniqlikda ma’lum, ikkinchisi esa izlanayotgan kattalik hisoblanadi.
∆U = U0- Ux , bundan Ux = U0 - ∆U
|
| |