• Mos kelish usuli
  • Diskret o’lchash usuli.
  • O’rindoshlik o’lchash usuli –




    Download 385,8 Kb.
    bet8/64
    Sana18.12.2023
    Hajmi385,8 Kb.
    #122649
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   64
    Bog'liq
    Ma’lumotlar. Rеjа

    O’rindoshlik o’lchash usuli – bu usul o’lchanayotgan kattalikning o’lchov orqali yaratilgan ma’lum qiymatli kattalik bilan o’rin almashishiga asoslangan.
    Masalan, qarshiliklar magazini yordamida tekshirilayotgan resistor Rx ning qarshiligini topish. Bunda kalit “K” ni ikkala holatda (1 va 2) qo’yganda α1= α2 shart bajarilishi kerak.


    I1=U/R0 α1 ;
    I2=U/Rx α2 ,
    bu yerda α1 va α2 lar ampermetr
    ko‘rsatkichining og‘ish burchagi.


    Mos kelish usuli – bu o’lchanayotgan kattalik bilan o’lchov orqali yaratilgan kattalikning ayirmasini shkaladagi belgilar yoki davriy signallarni mos keltirish orqali o’tkaziladigan o’lchash. Masalan, kalibr yordamida val diametrini o’lchash, yoki uzunlikni shtangensirkul bilan o’lchash. Bundan tashqari o’lchanadigan kattalikning vaqt bo’yicha o’zgarish jarayoniga qarab o’lchash quyidagicha turlanadi. O’lchash jarayonida vaqt bo’yicha o’zgaradigan kattalikni o’lchash – statik (bunga, kattalikning turg’un, ta’sir etuvchi, amplituda qiymatlarini o’lchash misol bo’ladi), vaqt bo’yicha o’zgaradigan qiymatlarni o’lchash esa – dinamik o’lchash deyiladi (masalan, tok yoki kuchlanishlarni oniy qiymatlarini o’lchash).
    Dinamik o’lchshlarda agar o’lchash vositasi o’lchanadigan kattalikning uzluksiz o’zgarishini qayd qila olsa, bunda uni uzluksiz o’lchash deyiladi.
    Diskret o’lchash usuli. Diskret o’lchash usuli shundayki, bunda vaqt bo’yicha o’zgaruvchi kattalikning (0?t gacha) hamma qiymati emas, balki ba’zi momentlarga tegishli qiymatigina ma’lum bo’ladi.
    Boshqacha aytganda diskret o’lchash usulida vaqt bo’yicha uzluksiz o’zgaradigan kattalik vaqt bo’yicha diskretlanadi, miqdor bo’yicha esa kvantlanadi. Grafikdagi X(t) – vaqt bo’yicha uzluksiz o’zgaradigan kattalikning o’zgarish grafigi; Xk – kvant miqdorlari ya’ni o’lchanadigan kattalikning t1,t2,...,tn – momentlariga tegishli uzuq qiymatlari. Diskretlash bu muayyan diskret (juda qisqa) vaqt oralig’ida qaydnomalarni olishdir. t1, t2,...,tn – diskretlash momentlari
    deyiladi va t1? t2 gacha oraliq diskretlash qadami deyiladi. Kvantlash esa, X(t) kattalikning uzluksiz qiymatlarini Xk diskret qiymatlarining to’plami (nabori) bilan almashtirishdir.
    O’lchanadigan kattalikning uzluksiz qiymatlari muayyan tartiblar asosida kvantlash darajalarining qiymatlari bilan almashtiriladi. Kodlashtirish esa muayyan ketma – ketlikda ifodalangan sonli qiymatlarni tavsiya etishdan iborat.
    Uzluksiz o’zgaruvchan kattalikning diskret usuli asosida uzuq diskret qiymatlariga, kodlarga o’zgartirilishi asosan uch xil usulda amalga oshiriladi (3.1 – rasm a,b,v):
    a)ketma-ket hisob usuli; b)taqqoslash (solishtirish) usuli; v)sanoq usuli.

    3.1 - rasm





    Download 385,8 Kb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   64




    Download 385,8 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’rindoshlik o’lchash usuli –

    Download 385,8 Kb.