|
Ma’lumotlar tuzilmasi va algoritmlar
|
bet | 1/7 | Sana | 01.04.2024 | Hajmi | 14.44 Kb. | | #184616 |
Bog'liq Ma’lumotlar tuzilmasi va algoritmlar 7-ma’ruza Qidiruv va heshl-kompy.info Daughter Lyrics, Оформление в финансовом стиле, “EL YURT SOG`LIGI” МЧЖ, 9. Eritmalar xossalarini nazariy asoslari, Doc1, Korxona samaradorligini oshirish yo\'llari-fayllar.org (1), mega kimyo, O’ZBEKISTONDA SUG’URTA XIZMATLARI BOZORI RIVOJLANISHINI DAVLAT TOMONIDAN QO’LLAB-QUVVATLANISHI VA UNING HUQUQIY ASOSLARI, Ismatullayeva Shahrizosda Ergash qizi, PEDAGOGIK JARAYONDA TARBIYANING MAZMUNI ESSE, MASHINASOZLIKDA ANIQLIKNING HISOBLASHNI ZAMONAVIY USULLARI., Jarqo\'rg\'on tuman 1-son KHM Yillik hisoboti UIBDO\' 2023, buxara Axavf, 04.02.2024
Ma’lumotlar tuzilmasi va algoritmlar 7-ma’ruza: Qidiruv va heshlash algoritmlar. Hesh jadval va hesh funksiyalar
Ma’lumotlar tuzilmasi va algoritmlar Ma’ruza rejasi Plan lecture
Xesh funksiya.
Xesh funksiyalar turlari.
Xesh funksiyalar qo’llanilishi va axborot xavfsizligidagi o’rni.
Asosiy tushunchalar: xesh, xeshlash
"Xesh" so'zi ingliz tilidagi «hash» so’zidan olingan bo’lib, uning ma'nosi “shovqin” yoki “aralash” kabi ta'riflanadi. Aslida, bular atamaning haqiqiy ma'nosini to'liq ifodalaydi.
Odatda “xeshlash” – bu jarayon bo’lib, ingliz tilida - chopish, aralashtirish kabi ma’nolarni anglatadi.
Xeshlash - bu kirish ma’lumotlari massivini determenistik algoritm asosida chekli uzunlikdagi chiqish satriga aylantirishdir.
Boshqacha qilib aytganda, xeshlash - bu shunday jarayonki, unda kirish massividagi ma’lumotlar maxsus algoritm asosida bitlar ketma-ketligiga almashtiriladi.
Xesh jadval
Xesh-jadval — bu assotsiativ massiv interfeysini amalga oshiradigan ma’lumotlar tuzilmasi, ya'ni har bir elementi juftliklar (kalit, qiymat)ni saqlovchi tuzilma bo’lib, unda uchta operatsiyani bajarish imkoni mavjud: yangi juftlikni qo'shish, qidirish va kalit yordamida juftlikni o’chrish.
Xesh funksiya
Xesh funksiya – ixtiyoriy uzunlikdagi kirish ma’lumotini chiqishda belgilangan uzunlikdagi xesh qiymatga aylantirib beruvchi bir tomonlama f unksiyalarga aytiladi. Xesh funksiyalar kriptografiya va zamonaviy axborot xavfsizligi sohasida ma’lumotlarni to’laligini tekshirishda foydalaniladi. Elektron to’lov tizimlari protokollarida ham istemolchi kartasi ma’lumotlarini bank-emitentga to’liq yetkazish uchun foydalaniladi.
|
| |