Ma’lumotnoma.
1.Ism familiya:Аллаберганова Умида Шерматовна
2.Tug’ilgan yili:04.08.1978
3.Manzili:Xorazm viloyati Urganch tumani
4.Tel raqam:+998932883259
5.Pasport nomer: AB1753662
6.Ma’lumoti:oliy
7.Qaysi o’quv yurtini,qachon bitkazgan:UrDU,1999 yil.
8.Diplom seriya: №010642
9.Mutaxassislik:tadbiqiy matematika va informatika
10.Ish staji:18 yil
11.Toifa:2
12.Malaka oshirishdan o’tgan vaqti:2015 yil
13.Boshqa ma’lumotlar:Oilali
14.Ish joyi:Urganch tuman 33-son umumta’lim maktabi
15.Elektron pochtasi:urganch-33maktab@umail.uz
Annotatsiya.
Ushbu dars ishlanmasi Informatika fanidan 7-sinflarga mo’ljallangan bo’lib, 6 bosqichdan iborat. Darsning maqsadi o’quvchilarda internetda ishlash uchun mo’ljallangan dasturlar, ularning tarixi, turli veb-brauzerlarning bugungi kundagi o’rni haqida ma’lumot berish, veb-brauzer dasturlardan foydalanish, ishlatish ko’nikmalarini hosil qilish. Bu mavzu Matematika, geografiya, tarix fanlari bilan bog’langan. Bu dars ishlanmamda turli metodlardan foydalandim. O’quvchilarning nazariy bilimlarini mustahkamlash maqsadida aqliy hujum, klaster, blits-savollar metodlaridan, krossvord, test savollari kartochkalaridan, slayd, plakatlardan foydalandim. Amaliy ko’nikmaga ega bo’lishlari uchun o’quvchilar kompyuterda o’z bilimlarini mustahkamlashadi. Dars mobaynida o’quvchilar rag’bat kartochkalari to’plab borishadi. Kartochkalar soniga qarab o’quvchilar 5 ballik reyting tizimi asosida baholanishadi. Dars ishlanmasini yozishda turli internet manbalaridan, adabiyotlardan foydalandim.
Mavzu: Internetda ishlashni ta’minlovchi dasturlar.
Darsning texnologik xaritasi
Mavzu
|
Internetda ishlashni ta’minlovchi dasturlar
|
Maqsad va vazifalar
|
Dars maqsadi: O’quvchilarni internetda ishlash imkonini beruvchi dasturiy vositalar bilan tanishtirish.
Darsning ta’limiy maqsadi: Brauzer tushunchasi, asosiy vazifasi, turlari, ishga tushirish usullari, tarkibi haqida bilim va ko’nikmaga ega bo’lish.
Darsning tarbiyaviy maqsadi: O’quvchilar internetda ishlash qoidalari haqida tushunchalarga, internet gigieniyasiga amal qilish ko’nimalariga ega bo’ladilar.
Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: Veb-brauzerlarning rivojlanish tarixi haqida bilimga, bugungi kundagi veb-brauzerlarga qo’yilgan talablar haqida bilimga ega bo’lish.
|
O’quv jarayonining mazmuni
|
Veb-brauzerlar va ularning turlari, tarixi. Internet Explorer dasturi interfeysi, uskunalar paneli
|
O’quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi
|
Dars turi: Aralash.
Darsda foydalanilgan metodlar: Aqliy hujum, Klaster, guruhlarda ishlash, blits-savol, test savollari
Darsda foydalanilgan jihozlar: Darslik, plakat, slaydlar, krossvordlar, kompyuter, proyektor, marker, doska, tarqatmalar.
|
Kutiladigan natijalar
|
O’quvchilar Veb-brauzerlar, Veb-brauzerlarning yaratilish tarixi haqida bilimga, Internet Explorer dasturi misolida veb-brauzerlarni ishlatish ko’nikmasiga ega bo’ladilar.
|
Asosiy tushunchalar va atamalar: Veb-brauzerlar, Internet Explorer, FireFox, Opera, Google Chrome, Safari.
Darsning blok-sxemasi
t/r
|
Dars bosqichlari
|
Tarkibi
|
Metod
|
Vaqt
|
1
|
Tashkiliy qism
|
Salomlashish, davomat, sinf ozodaligini tekshirish. Ma’naviyat daqiqasi. O’quvchilarni e’tiborini darsga jalb etish.
|
Og’zaki, suhbat
|
3 daqiqa
|
2
|
O’tilgan mavzuni takrorlash(mustahkamlash)
|
Savol-javob, suhbat
|
Blits-savol
|
10 daqiqa
|
3
|
Yangi mavzuni tushuntirish.
|
Doskaga o’quvchilar javobi yoziladi.
Slaydlar, plakatlar yordamida prezentatsiya. Amalda internetdan foydalanishni ko’rsatib berish
|
Aqliy hujum
Klaster
Ko’rgazma
Tushuntirish
|
10 daqiqa
|
4
|
Yangi mavzuni mustahkamlash.
|
Kompyuter yordamida Internet Explorer dasturini ishga tushirish.
Krossvord, test yechish
|
Guruhlarda ishlash
|
15 daqiqa
|
5
|
O’quvchilarni baholash.
|
O’quvchilar to’plagan rag’bat kartochkalari soniga qarab baholanadi
|
Rag’bat kartochkalari
|
5 daqiqa
|
6
|
Uyga vazifa berish.
|
O’qituvchi darslikdagi uyga vazifani tushuntiradi
|
Darslik
|
2 daqiqa
|
I.Tashkiliy qism.
O’qituvchi: Informatika fani yuksalmoqda kun sayin,
Bo’limlari xilma – xil, qay birini aytayin,
Qancha – qancha muammo hal etilgan ushbu on,
Kompyutеr savodi quloch yoymoqda chunon!
II.O’tilgan mavzuni takrorlash(mustahkamlash).
Oqituvchi: O’tgan darsda qanday mavzuni o’tgan edik?
O’quvchilar: Axborotli olam muammolari va Internet.
Blits savol:
O’qituvchi:Internet nima?
1-O’quvchi: Internet - yer sharini qamrab olgan o’zaro bog’liq kompyuter tarmoqlari to’plami.
2-O’quvchi: Internet-dunyo bo’ylab joylashgan va yagona tarmoqqa birlashtirilgan minglab kompyuter tarmoqlarining majmuidir.
O’qituvchi: “ZiyoNET” ta’lim tarmog’i qachon tashkil etildi?
O’quvchilar: O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 28-sentyabrdagi qaroriga muvofiq 2006-yilda “ZiyoNET” jamoat axborot ta’lim tarmog’i tashkil etildi.
O’quvchilarga test savollari yozilgan kartochkalar tarqatiladi.
Test savollari:
1. EHM lokal tarmog`ining vazifasi nimadan iborat?
A) O`qituvchining o`quvchi bilan aloqasini tiklab turish
B) Bir EHM dan boshqasiga ma'lumotlarni o`tkazish
C) O`quvchilarga programmani jo`natish
D) Bir xonada joylashgan bir nechta EHMni o`zaro bog`lab turish
2. Modem qanday qurilma?
A) Kompyuterdagi telefon tarmogi;
B) Kompyuterdagi axborotlarni telefon tarmogiga o’tkazadi;
C) xalqaro elektron pochta tarmogi.
D) axborotlarni qog’ozga chiqaradi .
3. Modem - bu ... uchun mo`ljallangan qurilma
A) axborotni chop etish
B) axborotni saqlash
C) axborotni shu vaqtda qayta ishlash
D) axborotni telefon kanallari orqali uzatish
E) To`g`ri javob keltirilmagan
4. Axborotlarni uzatish tezligi - bu ...
A) modem orqali vaqt birligida uzatiladigan axborotning bit miqdori
B) bir kompyuterdan boshqa kompyuterga uzatilgan axborotning bayt miqdori
C) bir sekundda uzatiladigan axborot miqdori
D) bir minutda uzatiladigan axborotning bayt miqdori
E) To’g’ri javob keltirilmagan
5. Axborot uzatish tezligi 28800 bit/s bo`lgan modem 1sek. da quyidagilardan qaysinisini uzata oladi?
A) ikki saxifa matn (3600 bayt) B) rasm (36 Kbayt) C) audiofayl (360 Kbayt)
D) videofayl (3,6 Mbayt) E) To`g`ri javob keltirilmagan
6. Sifatli kommutatsiyali telefon tarmog`i orqali axborot uzatish tezligi ... ga yetishi mumkin
A) 56,6 Kbit/s B) 100 Kbit/s C) 1 Kbayt/s D) 1 Mbit/s E) 1 Gbit/s
7. Internetdagi ma’lumotlarni uzatish qoidalari ... deb ataladi.
A) Provayder B) Protokol C) Web-sahifa D) Web-sayt E) Web-server
8.Word wide web nechanchi yillarda yaratilgan?
a) 1995-1996 b)1992-1993 c)2000-2001 D)2000-2006
9. WWW qanday ma'no anglatadi?
A) Internet B) Elektron pochta C) Adres
D) Xalqaro o'rgimchak to'ri E) Web-brauzer
10. Gipermatn - bu ...
A) juda katta matn B) kompyuterda terilgan matn C) katta o`lchamli shriftlar ishlatilgan matn D) maxsus tuzilgan matn, unda ajratilgan belgilar orqali "o`tish" E) To`g`ri javob keltirilmagan
III.Yangi mavzuni tushuntirish.
Aqliy hujum:
1. Internet-axborotlar ummoni. Undan siz mavzularga oid ma’lumot olishingiz mumkin. Lekin internetga kirish, undan kerakli ma’lumotlarni olish qanday amalga oshiriladi?
2.Qanday amaliy dasturlarda ishlashni bilasiz?
3.5-sinfda qanday amaliy dasturlarni o’rgandingiz? 6-sinfdachi?
O’qituvchi doskaga marker yordamida klaster chizadi va o’quvchilarning javobini yozadi.
O’quvchilar: 5-sinfda Paint-grafik ko’rinishdagi axborotlar bilan ishlash dasturi, Kalkulyator-hisob-kitob ishlarini bajarishga mo’ljallangan dastur. 6-sinfda Word-matn ko’rinishidagi ko’rinishidagi axborotlar bilan ishlashga mo’ljallangan dastur.
Yangi mavzu slaydlar va plakatlar yordamida yoritib beriladi.
IV.Yangi mavzuni mustahkamlash.
O’qituvchi proyektor yordamida o’quvchilarga Internet Explorer dasturini ishga tushirib ko’rsatib beradi. Shundan so’ng o’quvchilar 2-guruhga bo’linib, 1-guruh kompyuterda Veb-brauzerni ishga tushirib, www.ziyonet.uz, www.kitob.uz saytlariga kirib ko’rishadi. 2-guruh Brauzer nomli krossvordni daftarda yechishadi. Vazifalarni bajarib bo’lgan guruhlar o’rin almashishadi.
Yangi mavzuga oid test yechiladi:
1. Birinchi Web-brauzerlar kim tomonidan va qachon yaratilgan?
A) 1990-yil Nruohg Trohg Ti B) 1991-yil Vilgelm Shikkard C) 1989-yil Browser
D) 1990-yil Sharl de Kalmar E) 1990-yil Tim Berners Li
2. Qaysi qatorda faqat Web-brauzerlar berilgan?
A) Mosaic, Windows B) Opera, Url C) AdWiper, Netscape Navigator
D) Power Browser, Word E) Exsel, Internet Explorer
V. O’quvchilarni baholash.
Krossvordni to’g’ri yechgan, hamda kompyuterda veb-brauzerni ishlatgan o’quvchilar baholanadi.
VI. Uyga vazifa berish. Darslikdagi 57-bet savollarga javob topish. 1-, 2-, 3-, 4-mashqlarni ishlab kelish.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.B.Boltayev, M.Mahkamov, A.Azamatov, S.Rahmonqulova. Informatika 7.Toshkent-2013.
2.Sherzodxon Qudratxo’jayev. Internet: tarixi, tuzilishi, texnik xavfsizlik. Toshkent-2011.
Veb-saytlar:
1.www.yunusov.uz
2.www.wikipedia.org
3.myshared.ru
4.www.ziyonet.uz
5.ustoz-info.uz
|