Mamlakatimizda ta`lim tizimini xalqaro andozalar qatoriga ko`tarish, o`quvchilar fikr-lashini, olingan bilimlarni amalda qo`llay olishlari uchun imkoniyat yaratish borasida bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda




Download 17.75 Kb.
Sana19.04.2024
Hajmi17.75 Kb.
#201786
Bog'liq
steam aloqadorlik[1][1]
test ingliz, java mustaqil ish, Mavzu Bilimlar tizimi, Intellektual tizimlar haqida umumiy ma’lumot, Mirzobek (2), 120-122, 1 - копия (9), Fotima slayd, Internet tarmogʻi va uning ahamiyati, Kompyuter turlari va ularning vazifalari, Agrar munosabatlar va ularning o’ziga xos xususiyatlari reja, Markaziy bank va uning funksiyalari, reglament-brendgoda23-ru, buyruq bayonnoma lotin 2021-2022

MA`LUMOTNOMA
Samarqand viloyati Narpay tumanidagi 44-umumiy o`rta ta`lim maktabining Itimoiy fanlar metodbirlashmasi rahbari Bektosh Nusratov tomonidan metodbirlashma a`zolari uchun “Aniq fanlar metodbirlashmasi bilan birgalikda STEAM yondashuvini samarali tatbiq etish masalalari” mavzusida davra suhbati tashkil qilindi. Davra suhbatida aniq fanlar metodbirlashmasi raisi I.Xo`jayev, a`zolari J.Achilov, N.Qurbonova, Sh.Eshmonov va M.Ahmadovlar ham ishtirok etishdi. Ushbu mavzu yuzasidan Itimoiy fanlar metodbir-lashmasi rahbari Bektosh Nusratov ma`ruza qilar ekan, avvalo STEAM yondashuvi haqida ma`lumot berib o`tdi.
Mamlakatimizda ta`lim tizimini xalqaro andozalar qatoriga ko`tarish, o`quvchilar fikr-lashini, olingan bilimlarni amalda qo`llay olishlari uchun imkoniyat yaratish borasida bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda. Bu, albatta, maktab partasidayoq amalga oshirilmog`i, o`quvchi ongida shakllantirilmog`i kerak. Xususan, darslarni boshqa fanlar bilan inte-gratsiyalashgan holda tashkil etish ham yaxshi samara berib, o`quvchilar olgan bilimlarni haqiqiy ko`nikmalar bilan birlashtirishga o`rgatadi. Jumladan, ona tili fanida ayrim mav-zularni aniq fanlar, ya`ni matematika bilan integratsiyalashgan holda o`tish ham yaxshi samara beradi.
Masalan, 6-sinfda ona tili fanidan “Son-so`z turkumi” mavzusini o`tishda o`qituvchining o`zi ham matematik atamalarga to`g`ri ta`rif bera olishi kerak. Jumladan, kasr sonlar mav-zusiga oid yarim,chorak, nimchorak so`zlari matematikada qanday yozilishini izohlashi, surat va maxraj degan atamalarga izoh berish lozim bo`ladi. Bu, albatta, matematika fani bilan uyg`unlikni kasb etadi.
Mavzuning davomi sifatida, matematika fani o`qituvchisi M.Ahmadovning 5-sinflarda “O`nli kasrlarni qo`shish va ayirish“ mavzusidagi ochiq darsi tahlil qilindi va o`zaro metod almashildi. Ushbu darsda o`quvchilarga matematik amallarni puxta o`zlashtirish kelajakda o`zlari egallamoqchi bo`lgan kasblarida asqotishi atroflicha tushuntirildi. Xususan, mahobatli bino va inshootlar,temir yo`llar, minoralar, daryolar ustiga quriladigan eng uzun ko`priklar, mo`jizaviy osma ko`priklar, attraksionlar, qo`yingki, samolyotsozlik, mashina-sozlikdagi muhandislik ishlarining barchasida aniq va puxta matematik hisob-kitoblar borligi misollar orqali ko`rsatib berildi.
Ushbu ochiq dars yuzasidan ona tili va adabiyot metodbirlashma a`zolari ham o`z fikr-mulohazalarini bildirdilar.
Xulosa o`rnida aytish mumkinki, amaliy qobiliyatga e’tibor berib, o`quvchilar o’z-larining irodasini, ijodkorligini, moslashuvchanligini rivojlantiradi va boshqalar bilan hamkorlik qilishni o’rganadi. Ushbu ko’nikmalar va bilimlar asosiy ta’lim vazifasini tashkil etadi.


Itimoiy fanlar uslubiy birlashma rahbari: B.Nusratov


MA`LUMOTNOMA
Samarqand viloyati Narpay tumanidagi 44-umumiy ta`lim maktabining Itimoiy fanlar uslubiy birlashma rahbari B.Nusratov tomonidan metodbirlashma a`zolari uchun “Tabiiy fanlar metodbirlashmasi bilan birgalikda STEAM yondashuvini samarali tatbiq etish masalalari” mavzusida davra suhbati tashkil qilindi. Ushbu mavzu yuzasidan ona tili va adabiyot metodbirlashmasi rahbari B.Nusratov ma`ruzasi tinglandi. Davra suhbatida aniq fanlar metodbirlashmasi raisi I.Xo`jayev, a`zolari J.Achilov, N.Qurbonova, Sh.Eshmonov va M.Ahmadovlar ham ishtirok etishdi. Ushbu mavzu yuzasidan Itimoiy fanlar uslubiy birlashma rahbari B.Nusratov ma`ruza qilar ekan,avvalo ta`limda STEAM yondashuvi qanday paydo bo`lganligi haqida ma`lumot berib o`tdi
Bu nazariya va amaliyotni birlashtirishning mantiqiy natijasidir. STEAM Amerikada ishlab chiqilgan. Ba’zi maktablar bitiruvchilarning martabalarini e’tiborga olishdi va fan, texnologiya, muhandislik va matematika kabi fanlarni birlashtirishga qaror qilishdi va STEM tizimi shu tarzda shakllandi. (Fan, texnika, muhandislik va matematika). Keyinchalik bu erda Art qo’shildi va endi STEAM oxirigacha shakllandi. O’qituvchilar ushbu mavzular, aniqrog’i ushbu fanlardan bilimlar kelajakda talabalarning yuqori malakali mutaxassis bo’lib etishishiga yordam beradi, deb hisoblashadi. Oxir oqibat, bolalar yaxshi bilim olishga intilishadi va uni darhol amalda qo’llashadi. Dars jarayonida ayrim mavzularni o`tishda STEAM yondashuvini tatbiq etish yaxshi samara beradi. Jumladan adabiyot darslarida asar tahlilida tabiat hodisalari,elektr toki bilan bog`liq hodisalar, yoki hayvonlar bilan bog`liq epizodlarda ,ayniqsa, tabiiy fanlar (kimyo,biologiya,fizika) bilan uyg`unlikda, inte-gratsiyalashgan holda tashkil qilinsa maqsadga muvofiq bo`ladi. Shu jumladan ,navbatdagi 4-chorakda o`tiladigan 6-sinfdagi O`.Hoshimovning “Urushning so`nggi qurboni” hikoyasini o`rganishda Umri xolaning elektr tokidan vafot etish sahnasini tushunish uchun fizika faniga oid tayanch bilimlarni bilish lozimligi muhokama qilindi.Undan tashqari 7-sinfda o`tiladigan Ernest Seton Tompsonning “Yovvoyi yo`rg`a” hikoyasini o`rganishda zoologiya faniga oid bilimlarimiz asqotishi muhim ahamiyatga ega. Bu yuzasidan tabiiy fanlar metodbirlashmasi rahbari, biologiya fani o`qituvchisi Sh.Eshmonov o`z fikr-mulohazalarini bildirdi. Darslarda STEAM yondashu-vini tatbiq etib borish o`quvchilar bilimini mustahkamlab, fikrlash doirasini kengaytiradi, yangi g`oyalar sari boshlaydi.
Itimoiy fanlar uslubiy birlashma rahbari: B.Nusratov


MA`LUMOTNOMA
Narpay tumanidagi 44-umumiy o`rta ta`lim maktabining Itimoiy fanlar metodbirlashmasi rahbari B.Nusratov tomonidan metodbirlashma a`zolari uchun “Amaliy fanlar (tasviriy san`at,chizmachilik, texnologiya, musiqa, jismoniy tarbiya) metodbirlashmasi bilan birga-likda STEAM yondashuvini samarali tatbiq etish masalalari” mavzusida davra suhbati tash-kil qilindi. Ushbu mavzu yuzasidan Itimoiy fanlar uslubiy birlashma rahbari B.Nusratov ma`ruzasi tinglandi. Davra suhbatida tabiiy fanlar metodbirlashmasi a`zolaridan I.Xo`jayev, N.Qurbonova, amaliy fanlar metodbirlashmasi a`zolaridan S.Sa`dinov, N.Mustafoyev, G.Muhurova ham ishtirok etishdi. Ushbu mavzu yuzasidan uslubiy birlashma rahbari B.Nusratov ma`ruza qilar ekan, avvalo ta`limda STEAM yondashuvi qanday paydo bo`l-ganligi haqida ma`lumot berib o`tdi. STEAM-bu nazariya va amaliyotni birlashtirishning mantiqiy natijasidir. STEAM Amerikada ishlab chiqilgan. Ba`zi maktablar bitiruvchilarning martabalarini e`tiborga olishdi va fan, texnologiya, muhandislik va matematika kabi fanlarni birlashtirishga qaror qilishdi va STEAM tizimi shu tarzda shakllandi. (Fan, texnika, muhan-dislik va matematika). Keyinchalik bu yerda Art qo`shildi va endi STEAM oxirigacha shakl-landi. Mutaxassislar ushbu mavzular, aniqrog`i ushbu fanlardan olingan bilimlar o`quvchi-larning kelajakda o`z o`rnini topishiga yordam beradi deb hisoblashadi. Oxir-oqibat bolalar yaxshi bilim olishga intilishadi va uni darhol amalda qo`llashga intilishadi.Ushbu davra suh-batida ona tili va adabiyot fanlarini texnologiya,tasviiy san`at, musiqa fanlari bilan bog`lab o`tish masalalari muhokama qilindi. Jumladan,adabiyot fanidan shoir va shoiralar g`azallari o`tilganda o`quv-chilarga g`azalni kuyga solib hirgoyi qilishlariga imkon berish kerak.Hatto bularga raqs tushib berishlari ham mumkin. (Masalan, Bobur “Lola” g`azali, Navoiy “Ko`-zing ne balo qaro bo`libdur” g`azali, S.Zunnunova she`ri asosida Z.Boyxonovaning “Shun-cha bo`lurmi hay-hay” qo`shig`i). Bu borada estetik fanlar metodbirlashmasi a`zosi,musiqa fani o`qituvchisi N.Mustafoyev ham o`z fikr-mulohazalarini bildirar ekan, o`rganilgan bilimlarni amalda qo`llash nafaqat o`quvchilarni olgan bilimlarini mustah-kamlashi, balki ularda bajarib ko`rish zavq uyg`otishini ta`kidlab o`tdi. Agar biz an`anaviy ta`limning asosiy maqsadi bilimlarni o`rgatish va bilimlardan fikrlash va ijod qilish uchun foydalanish deb aytsak, STEAM yondashuvi bizni olgan bilimlarni haqiqiy ko`nikmalar bilan bir-lashtirishga o`rgatadi .Bu maktab o`quvchilarga nafaqat ba`zi bir g`oyalarga ega bo`lish, balki ularni amalda qo`llash va amalga oshirish imkonini beradi.


Itimoiy fanlar uslubiy birlashma rahbari: B.Nusratov


MA`LUMOTNOMA
Ijtimoiy fanlar metod birlashma rahbari Nusratov Bektosh 2022-2023- o’quv yili davomida jismoniy tarbiya, musiqa, texnologiya tasviriy san’at chizmachilik fani o’qituvchilari bilan birgalikda faoliyat olib bordi. Shuningdek, maktabda faoliyat olib borayotgan barcha metod birlashma rahbarlarining metod birlashma ishlarini samarali olib borishida asosiy metodik yordam ko’rsatuvchi yetakchi metod birlashma rahbari yangiliklarni tez o’rganib hayotga tatbiq qilishda barchaga yo’l-yo’riq ko’rsatuvchi ustoz sanaladi. Nusratov Bektosh ta’lim jarayonida o’z vaqtida metodik yordamni tashkil etish, ular-ning kasbiy va metodik mahoratini hamda malakasini oshirishdagi faolligini kuchaytirish maqsadida bir qancha metodik tadbirlarni tashkil etib keldi. Jumladan, o’quv-seminar, mahorat darslari va ma’lumotlar, yangiliklar muhokamasi yuzasidan davra suhbatlari o’tkazib keldi. Shunday davra suhbatlaridan biri “Amaliy fanlarni o’qitishdagi ilg’or pedagogik texnologiyalar va internetdan foydalanishning ahamiyati” nomli ma’ruzasi asosidagi davra suhbati bo’lib, unda o’quvchilarning dars jarayonlariga qanday jalb qilish yo’llari bo’yicha yo’l- yo’riq berib o’tdi.Dars jarayonlarida fanlararo bog’lanish bo’lishi kerakligini turli fan o’qituvchilarining dars jarayonlarini kuzatib 8-fevral kuni maktabdagi ijtimoiy fanlar, tarbiya va amaliy fanlar, xorijiy til, matematika, biologiya, boshlang’ich ta’lim ustozlarining o’tkazgan ochiq darslari bo’yicha “Hamkorlik-katta qudrat, o’rganish va o’ rgatish samarasi” mavzusida o’quv seminar tashkil qildi. Bu seminarda, avvalo, tarbiyaning ahamiyati tarix faniga qiziqish yanada kuchli bo’layotgani haqida aytdi.Ijtimoiy fanlarni o’rganish bilan birga shu davlatning madaniyati,urf-odatlari, bayramlari va xalqimizning mashhur qomusiy olimlari haqida chuqur bilimga ega bo’lish kerakligini aytdi. Ayrim ustozlar mavzuni yozishdagi xatoliklarning bo’lishi o’quvchilarning imlo qoidalarini mukammal bilishiga zarar keltirishini ta’kidlab o‘tdi.24-fevral kuni “STEAM nima? Uni qanday amalga oshiramiz” mavzusida davra suhbati tashkil qilindi. Unda STEAM bu:S-fan, T-texnologiya, E-muhandislik,A-sanat,M-matematika-ya’ni fanlararo yondashuv bo’-lib uni samarali tatbiq etishda nima-larga e’tibor qilish kerakligi bo’yicha gapirib berdi. Xalqaro baholash dasturini o’rganish va amaliyotda qo’llashda STEAMning ro’li katta. Chunki matematika bo’yicha baholashda qatnashayotgan o’quvchida, albatta,o’qish savodxonligi bo’lishi, yoki o’qish savodxonligi bo’yicha baholash dasturida qatna-shayotgan o’quvchida, albatta, chizmalar,jadvallar asosida ishlash ko’nikmasi bo’lishi kerakligini aytib o’tdi. San’atsiz insoni-yatni tasavvur qilish qiyin.San’at turlari ko’p.Biz ishtirok etadigan baholash dasturida barcha sohalardan materiallar olinishini inobatga olsak, o’quvchilarga barcha fanlarni bog’lab ma’lumotlar berib borishimiz zarurligini ta’kidlab o’tdi. Yangi o’quv yilida ham bu ishlarni, albatta, ettirish lozimligi ham aytib o‘tildi.


Itimoiy fanlar uslubiy birlashma rahbari: B.Nusratov
Download 17.75 Kb.




Download 17.75 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mamlakatimizda ta`lim tizimini xalqaro andozalar qatoriga ko`tarish, o`quvchilar fikr-lashini, olingan bilimlarni amalda qo`llay olishlari uchun imkoniyat yaratish borasida bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda

Download 17.75 Kb.