• 2016 yil 14 sentyabrda
  • 2017 yil 12 yanvarda
  • Ma’naviy-axloqiy tarbiya reja




    Download 488.39 Kb.
    bet3/9
    Sana17.05.2023
    Hajmi488.39 Kb.
    #60919
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    280 15 МАВЗУ ОЧИК ДАРС та димоти
    8-ma’ruza Gen muxandisligi asoslari-fayllar.org, mehriniso\'s work, HEALTHY FOOD2, Представление положительных и отрицательных чисел в памяти компьютера, etnomadiyat, Tojiboyeva Gulyora metrologiya , Oila tarbiyasi asoslari, Algaritm, 43080-1, file (1), Mavzu Jamg`arma va uning hajmiga ta`sir etuvchi omillar-fayllar.org (1), Mavzu Jamg`arma va uning hajmiga ta`sir etuvchi omillar-fayllar.org (1), Mavzu Jamg`arma va uning hajmiga ta`sir etuvchi omillar-fayllar.org (1), 15786 2- kurs kurs ishi banki (1)
    2015 yil 12 iyunda O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidentining “Oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida” gi PF-4732 sonli farmonining maqsadi oliy o’quv yurtlari professor-o’qituvchilarining kasb darajasi va malakasini muttasil oshirib borish, ularni zamonaviy talablarga muvofiq muntazam qayta tayyorlashning takomillashtirilgan tizimini joriy etish asosida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan oshirishdan iborat. Ta’lim berayotgan mutaxassislarning o’zlarida ma’naviy-axloqiy sifatlar tarkib topgan, yuqori samarali zamonaviy ta’lim va pedagogik texnologiyalar, ilg’or xorijiy tajribalardan keng foydalana oladigan, global Internet tarmog’i, mulьtimedia tizimlari va masofadan o’qitish usullaridan foydalangan holda, zamonaviy innovatsion pedagogika, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini egallashi va ularni o’quv jarayoniga faol tatbiq etishi o’z kasb mahorati, pedagogik va ilmiy faoliyatini muttasil oshirib borishlari uchun yo’naltirilgan bo’lishi g’oyasi ilgari surilgan.
    2016 yil 14 sentyabrda “Yoshlarga oid davlat siyosati to’g’risida” gi Qonun qabul qilindi. Ushbu Qonunning maqsadi yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat bo’lib, 5-modda Yoshlarga oid davlat siyosatining asosiy yo’nalishlariga bag’ishlangan. Yoshlarni ma’naviy, intellektual, jismoniy va axloqiy jihatdan kamol topishiga ko’maklashish mazkur Qonunda alohida yo’nalish sifatida e’tirof etilgan.
    2016 yil O’zbekiston Respublikasining saylangan Prezidenti SHavkat Mirziyoevning O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingani­ning 24 yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasi. “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” dasturidan yoshlarimizni sog’lom va barkamol etib tarbiyalash masalasi alohida o’rin egallashi, bu borada farzandlarimiz uchun zarur sharoitlar yaratish, yangi-yangi ta’lim-tarbiya, madaniyat, san’at va sport maskanlarini barpo etish, yosh oilalar uchun uy-joylar qurish, yoshlarni ish bilan ta’minlash, ularni tadbirkorlik sohasiga keng jalb etish bo’yicha boshlagan ishlarimizni yangi, yuksak bosqichga ko’tarib, faoliyatini bugungi zamon talablari asosida takomillashtirilishi ta’kidlandi. 2017 yil 12 yanvarda “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ’ibot qilish bo’yicha komissiya tuzish to’g’risi”da O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoevning farmoyishi.
    Farmoish mustaqillik yillarida mamlakatimizda ta’lim muassasalari uchun o’quv adabiyotlari yaratish va o’quvchilarga yetkazishning mustahkam tizimi yaratilganligi, bunda O’zbekistonda ta’lim berilayotgan yettita tilda darslik va o’quv qo’llanmalari nashr etilayotganligi, axborot-resurs va axborot-kutubxona markazlarining moddiy-texnika bazasi yangilanib, zamonaviy elektron kutubxonalar tizimlari faoliyat ko’rsatayotganligi haqidagi fikrlardan iborat. Kitob mutolaasi borasida ma’lum kamchiliklar mavjudligi ham aytib o’tildi.

    Download 488.39 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 488.39 Kb.