O’quv maqsadlarini belgilash.va o’quv maqsadlarini nazorat ishlariga o'tkazish




Download 36.78 Kb.
bet6/9
Sana28.04.2023
Hajmi36.78 Kb.
#54595
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Maqsadni aniqlash va tegishli ma’lumotlarni to‘plash
Foydalanuvchilarni ro\'yhanga olish xizmati (1), Boshqaruv maqsadi va funktsiyalari, Fairy tales, Fosforli òģitlar kurs ishi, ELEKTR KESMALASH (LEKTRO PROFILLASH). VERTIKAL ELEKTR ZONDLASH USULI, 11 mavzu Ko’phadning bo’linishi ko’phadlarni ko’paytuvchilarga ajratish, Elektron pochtani tashkil etish 14 m., Kompleks hosil qilishga asoslangan titrlash usullari.....K, Texnologiya ta`limining didaktik tamoyillari va ularning ta`limdagi o`rnini aniqlash, mintaqaviy iqtisodiyot, 2222, File
O’quv maqsadlarini belgilash.va o’quv maqsadlarini nazorat ishlariga o'tkazish.
An'anaviy o’quv jarayonida biz ko'proq o’qituvchining mahoratiga suyanib samaraga erishishga harakat qilamiz. Buning uchun esa pedagog ma'lum tajriba orttirgan bo'lishi talab etiladi. Pedagogik texnologiyaning asosi esa loyihalashtirishdir. Ana shu aniq loyihalashtirilgan dastur pedagogga samarali natijaga erishish imkonini tug’diradi. Bunday loyiha asosida ish olib borayotgan pedagog katta pedagogik tajribaga ega bo'lmasada, yuqori samaraga erisha oladi. Pedagogik texnologiya bu avvalombor aniqlikka ega bo'lgan va qat'iy, ilmiy loyihalashtirilgan jarayondir. O’quv jarayonini tashkil etishdagi birinchi qadam bu o’quv maqsadlarini aniqlash hisoblanadi. Bugungi kunda biz darsning maqsadini qanday belgilaymiz? – degan savol albatta hammani qiziqtiradi. Biz bugungi kunda darsning maqsadini umumiy holga belgilaymiz va shuning uchun ham erishgan natijamizni baholashda qiynalamiz. Bunday umumiy maqsadni belgilash pedagogik texnologiyani qoniqtira olmaydi. Pedagogik texnologiyalar dars maqsadini belgilashda ham aniqlik bo'lishini talab etadi. Aniq maqsadlarni belgilash nazorat va baholash ishini engillashtiradi va bu jarayonga oydinlik kiritadi. Shuning uchun ham pedagogik texnologiyalarni qo’llashdagi birinchi qadam bu aniqlashtirilgan maqsadlarni ishlab chiqishdir degan xulosani beradi.
An'anaviy ta'lim tizimida va o’quv jarayonida umumlashtirilgan o’quv maqsadlari belgilanadi. Masalan: ekologik madaniyatni shakllantirish, suv havzalarini muhofaza qilish haqida tushuncha hosil qilish. Ko'rinib turibdiki, bunday qo'yilgan maqsad mavhum xarakterga ega, chunki tushuncha turli darajada hosil qilinishi mumkin. Bunday maqsadni tekshirish va baholash ham muammoli, maqsadni belgilash esa ishda noaniqlikni vujudga keltiradi. Natijada o'zlashtirish samaradorligi pasayadi. Bunday tizim pedagogik texnologiyani qoniqtira olmaydi (M.V.Klarin tizimi). AQSH va Angliyada o’qituvchi va talabalar uchun alohida aniqlashtirilgan maqsad rejalari tuzish qabul qilingan. O’qituvchilar uchun tushuntirish, ko'rgazmali qurollardan foydalanish, o'rgatish kabilar nazarda tutilsa, talabalar uchun esa, talaba dars oxiriga borib nimani bilishi, ishlay olishi, qo’llay olish kerak degan yo'nalishda tuzilgan. Darsdan oldin bilmagan va dars davomida o'rganib, uni qo’llay oladigan vazifalar belgilangan. Talabalar ushbu mavzuni o'rganishda ulardan nimalarni bilish va bajara olish talab etilayotganini aniq biladilar va dars davomida ana shu momentlarga o'z diqqatlarini ko'proq qaratadilar. Har bir qo'yilgan maqsadni erishganlik darajasini me'yorlarni ishlab chiqish shart. Har bir qo'yilgan maqsad alohida o'z mazmuniga xos ravishda tekshiriladi va natijalar tahlil qilinib xulosalar chihariladi. Buning uchun hozirda aniqlashtirilgan maqsadlarni ishlab chiqish zarur. Umumiy maqsadlarni esa tekshirish qiyin va bunda har bir o’qituvchi o'z tushunchasidan kelib chiqqan holga tekshirish ishlarini tashkil etadi. Umumiy maqsad o’qituvchi nimaga erishmoqchi ekanligini aniq ko'rsata olmaydi, talabada esa umumiy tushunchalar hosil qilishgagina xizmat qiladi.
Aniqlashtirilgan o’quv maqsadlarini albatta birinchi galda qanday nazorat ishi orqali tekshirilishi aniqlanishi kerak. Maqsaddan kelib chiqqan holga test va nazorat ishlari tanlanadi. Tanlangan nazorat har bir maqsad uchun alohida qo’llaniladi. Masalan, birinchi qo'yilgan maqsad uchun alohida, keyingi maqsadga erishish uchun alohida nazorat ishi topilishi kerak. Barcha nazorat ishlari umumlashtirilib oxirgi baholash ma'lum qilinadi.
Masalan: 1-maqsad ta'rifni yoddan bilish deb belgilangan bo'lsa, uni yoddan aytib berish talab etiladi. 2-maqsad formulani amalda qo’llashiga o'rgatish bo'lsa, uni amalda masala ishlab qo’llashi talab etiladi. 3-maqsad formulani noan'anaviy holatda qo’llashi bo'lsa, unga mos misol tanlanadi va uni ishlash talab etiladi. Demak, nechta maqsad aniqlashtirilgan bo'lsa, shuncha nazorat ishi ham ishlab chiqilishi kerak bo'ladi. Shunday qilib, maqsad va nazorat ishi o'rtasida uyg’unlik hosil qilinadi. Nazorat ishlarini tanlashda albatta maqsadning xarakteri hisobga olinadi. Aniq belgilangan maqsadlar esa tekshirishni osonlashtiradi. Nazorat ishlarida turli xil test turlaridan foydalanish mumkin.
Talabalar bilimini baholashda har doim «nimani baholash kerak?”- degan savol ko‘ndalang turadi. Pedagogik texnologiya “Predmetni o’qitish va o‘rganishh maqsadi va vazifalariga erishish darajasini” degan javobni beradi. Bunda maqsadni o‘qituvchi faoliyati bilan bog‘lash (o‘rgatish, tushuntirish, aytib berish, namoyish etishh kabilar), vazifalarni esa talabaning faoliyati, ya‘ngi ta‘lim natijasi bilan bog‘lab ifodalash ma‘qul. Chunki, vazifa - talaba ilgari bilmagan narsasini shu mashg‘ulotda bilib olishi yoki bajara olishi kerak bo‘lgan o‘quv elementidir.
Talaba oldiga qo‘yilgan vazifa ta‘limning natijasi hisoblanadi. Demak, tekshiriladigan va baholanadigan narsa, bu - ta‘limning natijasidir.
O‘quv vazifalarini aniqroq ifodalash uchun quyidagilarga amal qilish lozim:
har bir muhim masala - vazifalar guruhini ifodalashni: “mashg‘ulot oxirigacha talabalarni bilishi kerak” iborasi bilan boshlash;
har bir vazifani tartib raqami bilan belgilang;
har bir vazifani «sanab ko‘rsating, ayting, eslang, namoyish eting, bajarib ko‘rsating, tanlang, xisoblab chiqing” fe‘llari vositasida ifodalash;
har bir vazifani talabaning faoliyati atamasi bilan qo‘yish;
har bir vazifa ta‘limning aynan bir natijasini ko‘zda tutsin (bir savolga ikki-uchta javob berish mumkin bo‘lmasin);
har bir vazifani o‘zlashtirish natijasini, maqsadga erishilganini o‘lchash mumkin bo‘lsin;
o‘quv vazifalari biror o‘quv masalasini: mavzu, bo‘lim yoki predmetni o‘rganib chiqilgach, talabaning bilim va ko‘nikmalarini ob‘ektiv baholash (og‘zaki, yozma yoki test usulida)ga imkon yaratish lozim.
O‘quv vazifalarini aniqlab ifolagach, ta‘lim natijasini tekshirish uchun nazorat vazifalari tuziladi. Nazorat vazifalari og‘zaki so‘rash, yozma ish olish yoki test o‘tkazish uchun savollar, topshiriqlardan iborat bo‘lishi mumkin.
O‘quv vazifalarini ifodalash uchun fe‘l shaklini to‘g‘ri tanlash muxim, chunki u, talaba shu o‘quv vazifasini o‘zlashtirgach bajara oladigan harakatni bildirishi zarur. Masalan, og‘zaki va yozma nutq sohasida o‘quv vazifalarini ifodalash uchun: gapirib bering, yozing, xulosa qiling, ayting, o‘qing, bo‘g‘inlarga ajrating kabi.

Download 36.78 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 36.78 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’quv maqsadlarini belgilash.va o’quv maqsadlarini nazorat ishlariga o'tkazish

Download 36.78 Kb.