Maqsadga erishish yo'lini va usullarni tanlash




Download 36.78 Kb.
bet7/9
Sana28.04.2023
Hajmi36.78 Kb.
#54595
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Maqsadni aniqlash va tegishli ma’lumotlarni to‘plash
Foydalanuvchilarni ro\'yhanga olish xizmati (1), Boshqaruv maqsadi va funktsiyalari, Fairy tales, Fosforli òģitlar kurs ishi, ELEKTR KESMALASH (LEKTRO PROFILLASH). VERTIKAL ELEKTR ZONDLASH USULI, 11 mavzu Ko’phadning bo’linishi ko’phadlarni ko’paytuvchilarga ajratish, Elektron pochtani tashkil etish 14 m., Kompleks hosil qilishga asoslangan titrlash usullari.....K, Texnologiya ta`limining didaktik tamoyillari va ularning ta`limdagi o`rnini aniqlash, mintaqaviy iqtisodiyot, 2222, File
3.Maqsadga erishish yo'lini va usullarni tanlash.
Qanday usul bilan o’qitish natijasini talaba hatti-harakatlariga o'tkazish mumkin? Bu o'tkazishda qat'iy bir xil ma'noni qanday saqlab qolish mumkin? Bu kabi muammolar asosan quyidagi ikki xil usul bilan hal etilganligini qayd qilib o'tamiz:
1. O’quv maqsadlarining shunday tizimini yaratish kerakki, uning ichida o’quv maqsadlarining toifalari va darajalari ketma-ketligi aniq belgilangan bo'lsin. O’quv maqsadlarining bunday tizimi pedagogik taksonomiya deb ataladi.
2. O’quv maqsadlarini ifodalash uchun shunday aniq va tushunarli tilni topish kerakki, o’qituvchi bu til orqali maqsadlarni aniq ifodalaydigan bo'lsin.
Demak, o’quv maqsadlarini belgilashga yuqorida qayd qilingan aniqlik kiritish, pedagogik texnologiyaning odatdagi o’qitish usullaridan tubdan farqi kiluvchi dastlabki, eng muhim jihatlaridan biri bo'lib hisoblanadi.
O’quv maqsadlarini o'ta aniq belgilanishi, unga erishganlikni yaqqol nazorat qilishga imkon beradi. Bu esa o'z navbatida talaba shaxsini rivojlanib borayotganlik darajasini hamda o’qituvchi faoliyatidagi kamchiliklarni o'z vaqtida aniqlab, ularni bartaraf qilish demakdir.
Hozirgi kunda respublikamizda test vazifalarini o'rtacha o'tkazish normativlari ishlab chiqilgan. Albatta bu testlar har bir o’quv dargohi maqsadidan kelib chiqqan holga o'tkazilishi ham nazarda tutilgan.
1.Joriy nazorat: 10-15 savoldan iborat bo'lib, unga 10-15 daqiqa ajratiladi.
2.Oraliq nazorat: 25-30 savol, 30-40 daqiqani o'z ichiga oladi.
3.Yakuniy nazorat: 50 savol, 1-1,5 soatni o'z ichiga oladi.
Bundan tashqari fanning yo'nalishidan kelib chiqqan holga va talabalar darajasidan kelib chiqqan holga test turlari, shakllari tanlanishi lozim. Test turlarini quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:
1.Eslash, yodda saqlash, tanish kabi psixik jarayonlarning borishini ta'minlovchi testlar. Bu testlar mustahkamlash va tekshirish vazifasini bajaradi.
2.O'zlashtirishning reproduktiv darajasini o'lchovchi testlar. Bu testda talaba o'z bilimlarini tipovoy ya'ni o'rgangan holatida qo’llay olishi talab etiladi. Bu testlarni ishlashda talaba to'rt xil psixologik operatsiyani bajarishi lozim:
a) formulani eslash;
b) tengliklarni eslash;
v) shunga o'xshash misollarni eslash;
g) misolni eslash.
Bunday test talabalarda bilim, malaka va ko'nikmalarini baholashga yordam beradi. Ammo bu testda ko'proq qo’llay olish nazarda tutiladi. Bunday testlar ijodiy fikrlash darajasiga ta'sir etmaydi va ularni reproduktiv testlar deb atash o'rinli bo'ladi.
3.Produktiv test turi. Bunday testni echishda talabadan ijodiy yondashuv talab etiladi. Bunday testni yechish uchun talaba 5-6 ta operatsiyani bajarishi lozim. Bu test mantiqiy fikr yuritishni va izchillikni talab etadi. Buning uchun o’quv jarayonida echilgan mashqlardan bir oz boshqacharoq (netipovoy) vazifalar tanlab olinishi kerak bo'ladi.
4.Izlanuvchan – ijodiy test turi. Ma'lumki ijod - bu qandaydir yangi yyechimni opishdir. Buning uchun bu testda standart bo'lmagan vazifalar beriladi. Bu murakkab test bo'lib, ijodni rivojlantirishda va iqtidorli talabalarni tanlab olishda ishlatiladi.
Testlarning shakliga ko'ra ham ularni bir qancha guruhlarga ajratish mumkin:
1.Yopiq testlar. Bu test shart yoki so'roq va bir qancha javoblardan tuzilgan bo'lib, bittasi to’g’ri javob hisoblanadi. Uning yopiq test deyilishiga sabab, talaba o'zining to’g’ri javobini bera olmaydi. U faqat mavjud javoblardan bittasini tanlashi mumkin. Bunday testlarni tuzishda yuzakilikdan ehtiyot bo'lish kerak va javoblar tuzayotganda mantiqiylik va tahlilga asoslanishi lozim.
2.Ochiq testlar. Bu testda shart va so'roq beriladi. Javob esa mustaqil talaba tomondan topiladi. Bunda eng muhimi o'zak so'z tushirib qoldirilishi mumkin, ana shu o'zakda esa so'z topilishi lozim.
3.Munosiblikni tanlashga qaratilgan testlar. Bu testlar ajratish va joy – joyiga qo’yish kabi operatsiyalarni bajarishda ishlatiladi.
4.Izchillikni o'rnatishga bag’ishlangan test. Bunda tartibsiz berilgan elementlar izchil ketma–ketlikda joylashtirilib chiqishi kerak.

Download 36.78 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 36.78 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Maqsadga erishish yo'lini va usullarni tanlash

Download 36.78 Kb.