|
Ishlab chiqarish funktsiyasi doirasida quyidagi vazifalar hal qilinadi
|
bet | 2/3 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 396,67 Kb. | | #236178 |
Ishlab chiqarish funktsiyasi doirasida quyidagi vazifalar hal qilinadi: - Ishlab chiqarish funktsiyasi doirasida quyidagi vazifalar hal qilinadi:
- yangi tovarlar ishlab chiqarishni tashkil etish;
- yanada mukammal texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy qilish;
- ishlab chiqarishni moddiy-texnika resurslari bilan ta’minlash;
- mahsulot sifati va uning raqobatbardoshligini baholash.
- Sotuv funktsiyasiga quyidagilar kiradi:
- tovarni harakatlantirish tizimini tashkil etish;
- servisni tashkil qilish;
- talabni shakllantirish va sotuvni rag’batlantirish tizimin tashkil etish;
- maqsadli yo’naltirilgan tovar siyosatini amalga oshirish;
- baho siyosatini yurgazish.
Marketingda boshqaruv va nazorat funktsiyasi ham katta ahamiyatga ega bo’lib, u quyidagilarni nazarda tutadi: - Marketingda boshqaruv va nazorat funktsiyasi ham katta ahamiyatga ega bo’lib, u quyidagilarni nazarda tutadi:
- korxonada strategik va tezkor rejalashtirishni amalga oshirish;
- jamoani boshqarishning axborot ta’minoti;
- korxonada kommunikatsiya tizimini tashkil qilish;
- marketing nazoratini tashkil qilish (teskari aloqa, vaziyat tahlili).
Marketingning bu va boshqa funktsiyalari uning asosiy vazifasi – tadbirkorlik muhiti dinamikasini kuzatish, ya’ni atrof-muhitning rejalashtirish xarakteri va tendentsiyalari biznesni yuritishga ijobiy ta’sir ko’rsatishi yoki uning oldiga to’siqlar qo’yishini kuzatishni ta’minlashi lozim. Tadbirkorlik muhitini tahlil qilish va baholashda avvalo quyidagi omillar hisobga olinishi lozim: - Marketingning bu va boshqa funktsiyalari uning asosiy vazifasi – tadbirkorlik muhiti dinamikasini kuzatish, ya’ni atrof-muhitning rejalashtirish xarakteri va tendentsiyalari biznesni yuritishga ijobiy ta’sir ko’rsatishi yoki uning oldiga to’siqlar qo’yishini kuzatishni ta’minlashi lozim. Tadbirkorlik muhitini tahlil qilish va baholashda avvalo quyidagi omillar hisobga olinishi lozim:
- iqtisodiy reallik – ichki milliy mahsulot, dispersion daromad, ya’ni ayni paytda erishilgan turmush darajasi;
- ijtimoiy omillar – aholi tarkibi, qadriyatlar, raqobat, tendentsiyalar;
- texnik rivojlanish darajasi – texnik taraqqiyot, bozorning texnik taraqqiyotni sezuvchanligi;
- huquqiy-normativ muhit – qonunchilik, normativ hujjatlar.
|
| |