|
Marketingda kommunikatsiya siyosati
|
Sana | 22.11.2023 | Hajmi | 72,36 Kb. | | #103613 |
Bog'liq QobiljonM MARKETING MAVZU: Marketingda Kommunikatsiya Siyosati. Qobiljon Soatillayev Reja: Kirish. - Kommunikatsiya siyosatining mohiyati, mazmuni va maqsadlari.
- Talabni shakllantirish va sotishni rag‘batlantirishning mohiyati.
- Xaridorlarga va sotuvchilarga ta’sir etish uslublari.
- Marketing kommunikatsiyasi kompleksi va unda reklamaningo‘rni.
Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar. KOMMUNIKATSIYA SIYOSATINING MOHIYAT,MAZMUN VA MAQSADLARI - Marketing kommunikatsiyasi - firmadan turli ommaga, mijozlar, xaridorlar, sotuvchilar, yetkazib beruvchilar, aksionerlar, boshqaruv organlari hamda firmaning o‘z xodimlariga mo‘ljallangan signallar majmuasidir. Reklama, shaxsiy savdo, savdoni rag`batlantirish va jamoat bilan aloqalar kabi asosiy vositalar kommunikatsiya majmuasi hisoblanadi.
Kommunikatsiya quyidagicha klassifikatsiyalanadi: - Kommunikatsiya quyidagicha klassifikatsiyalanadi:
- 1.Kontakt turi bo‘yicha: shaxsli va shaxssiz.
- 2.Jadalligi bo‘yicha: jadal va bo‘sh.
- 3.Qo‘llash chastotasi bo‘yicha: yagona va ko‘p marotabalik.
- 4.Ta’sir natijasiga ko‘ra: samarali va samarasiz.
- 5.Kommunikatsiya tashuvchilari sifatida: menejment (firma boshqaruvi), xodimlar, mijozlar, jamoat, biznes bo‘yicha sheriklar va boshqalar.
Talabni shakllantirish va sotuvni rag’batlantirish - Sotuvni rag‘batlantirishning mohiyati, maqsadi va uslublari
Mahsulot o‘tkazish va sotish siyosati (ingl. Sales management)— «mahsulot sotish bo‘yicha kompaniya faoliyatini, shuningdek, joylarda mehnat qilayotgan savdo agentlari faoliyatini boshqarish siyosati bo‘lib, korxona tomonidan o‘tkazilayotgan maqsadli tadbirlar majmui. Mahsulot o‘tkazish va sotish siyosatiga muhim jihatlar, masalan, chegirmalar va kafolat ham kirishi mumkin. Savdoni rag‘batlantirish – marketing kompaniyasining asosiy unsuri bo‘lib, iste’molchilarni va vositachilar tomonidan alohida tovar yoki xizmat xaridini tezlashtirish yoki kengaytirishga chaqiruvchi, undovchi usullar kompleksi hisoblanadi. Agar reklama tovarni sotib olish uchun sabab bo‘lsa, savdo rag‘bati uni taqdirlaydi - Savdoni rag‘batlantirish – marketing kompaniyasining asosiy unsuri bo‘lib, iste’molchilarni va vositachilar tomonidan alohida tovar yoki xizmat xaridini tezlashtirish yoki kengaytirishga chaqiruvchi, undovchi usullar kompleksi hisoblanadi. Agar reklama tovarni sotib olish uchun sabab bo‘lsa, savdo rag‘bati uni taqdirlaydi
Sotishni rag‘batlantirish, deganda mahsulotning sotilishiga undovchi qisqa muddatli tadbirlar tushuniladi. Agar reklamaning chaqirig‘i: «Bizning mahsulotni sotib oling» bo‘lsa, sotishni rag‘batlantirishning chaqirig‘i esa: «Uni hoziroq sotib oling» dan iboratdir. - Sotishni rag‘batlantirish, deganda mahsulotning sotilishiga undovchi qisqa muddatli tadbirlar tushuniladi. Agar reklamaning chaqirig‘i: «Bizning mahsulotni sotib oling» bo‘lsa, sotishni rag‘batlantirishning chaqirig‘i esa: «Uni hoziroq sotib oling» dan iboratdir.
- Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, agar marketing xarajatlarida reklama xarajatlari birinchi o‘rinda tursa, ikkinchi o‘rinda sotishni rag‘batlantirish bilan bog‘liq xarajatlar turadi. Keyingi yillarda esa sotishni rag‘batlantirish bilan bog‘liq xarajatlarning tobora ortib borishi kuzatilmoqda.
- Xaridorlarni rag‘batlantirish asosan xaridorlarning ko‘proq miqdordagi tovar sotib olishlariga qaratiladi. Xaridorlarni rag‘batlantirishning quyidagi usullari qo‘llaniladi: kuponlardan foydalanish, pasaytirilgan narx bilan sotish, tovar narxining ma’lum bir qismini qaytarib berish, mukofotlar berish, lotoreya, konkurs va o‘yinlar o‘tkazish, tovar namunalarini bepul berish, tovar namunalarini bepul sinab ko‘rish va boshqalar
Mahsulot o‘tkazish va sotishni rag‘batlantirish – bu terminning bir qancha tariflari mavjud, masalan: - Mahsulot o‘tkazish va sotishni rag‘batlantirish – bu terminning bir qancha tariflari mavjud, masalan:
- − yangi mijozlar tomonidan tovar xarid qilinishini oshirish va mavjud mijozlar iste’mol hissasini ko‘paytirish maqsadiga qaratilgan ichki faoliyat;
- − tovar harakatlanishidagi marketing texnologiyasi bo‘lib, bunda mijozlarga odatda qoidaga ko‘ra vaqtinchalik tartibda bir qator bevosita va bilvosita afzallik va ustunliklar havola etiladi.
- − bu ish tovarlar va xizmatlarni xaridorlar uchun yanada jozibali ko‘rinishda havola etish maqsadida amalga oshiriladi;
- − savdo joylarida amalga oshiriladigan reklama tadbirlari, maxsus rejalari odatda cheklangan vaqt doirasida mo‘ljallab ishlab chiqiladi;
- − tovarlar yoki xizmatlarni sotish uchun reklamadan foydalangan holda yoki foydalanmasdan ishlab chiqilgan maxsus marketing texnologiyasi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: - O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi. T.: Davlat ilmiy nashriyoti, 2003.
- Jalolov J. Marketingni boshqarish strategiyalari: O‘quv qo‘llanma. T.: Fan va texnologiyalar, 2012.
- Qosimova M.S., Yusupov M. A., Ergashxo‘jayeva Sh. Z. Marketing: Darslik. 2010.
- Jalolov J., Ahmedov I.A., Xotamov I.S., Ergashev A.O. Marketing tadqiqotlari: O‘quv qo‘llanma. 2005.
- Soliyev A.. Buzrukxonov S. Marketing: O‘quv qo‘llanma. 2010.
- Багиев Г.Л., Taрасевич В.M. Маркетинг. СПб.: Питер, 2012. 4-изд.
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT !
|
| |