Turli qisqa tutashuvlarning sodir bo‘lishini nisbiy ehtimolligi




Download 180.33 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana14.10.2022
Hajmi180.33 Kb.
#27239
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Maruza № 1
Илмий тўгарак йиллик иш режаси, ИТИ билан шугул. иқт. тал. ҳақида маълумот.2015 AT, 122222, 4-amaliy Akustik aloqa kameralari va ularning konstruksiyalari. Reverb ka, 12 талик рўйхат , amaliy, 2eee2, Стартап АРИЗА OXIRGI last, 20-ish. О‘tkаzgichning qаrshiligini о‘zgаrmаs tok kо‘prigi yordаmidа аniqlаsh., Axborot xavfsiziligi, himoyalash usullari, 3-маъруза, Algoritm va algoritlash tushunchalari, Amaliy mashg‘ulot Bulutli texnologiyalar. Google asbob uskun (1), algoritm va uning turlari, аралаштиргич амалий
Turli qisqa tutashuvlarning sodir bo‘lishini nisbiy ehtimolligi 
Qisqa 
tutashu
v turi. 
Tushuntirish sxemasi 
Qisqa tutashuvning 
nisbiy ehtimolligi 

Uch 
fazali 
1-7 
Ikki 
fazali 
2-13 
Bir 
fazali 
60-92 
Yerga 
ikki 
fazali 
5-20 
Bu ma’lumotlar turli kuchlanish pag‘onasidagi elektr qurilmalari – elektr uzatish 
liniyalari, podstansiy jihozlarini tanlashda ham e’tiborga olinadi. 
Odatda, qisqa tutashuv bo‘lganda shikastlangan fazalardagi tok nominal tok 
miqdorlaridan bir necha marta katta bo‘ladi. 
Qisqa tutashuv toklarining o‘tishi o‘tkazgichlarda va kontaklarda elektr 
energiyasining ko‘p isrof bo‘lishiga olib kelib, ularni tez qizishiga sabab bo‘ladi. 
Qizish jarayoni izolyatsiyaning eskirishi bilan bir vaqtda buzilishini tezlashtiradi, 
kontaktlarning payvandlanishi va yonishiga, shina va simlarning mexanik 
mustahkamligini yo‘qolishi kabi noxush hollarga olib keladi. 


O‘tkazgichlar va apparatlar belgilangan hisobiy vaqt davomida qisqa tutashuv 
toki ta’sirida qizib shikastlanmasligi kerak, ya’ni ular termik chidamli bo‘lishi 
lozim. 
Qisqa tutashuv toklarining o‘tishi, shuningdek, o‘tkazgichlar orasida katta 
elektrodinamik kuchlar hosil bo‘lishiga olib keladi. Agar tegishli tadbirlar 
ko‘rilmasa, bunday kuchlar ta’sirida tok o‘tkazuvchi qismlar va ularning 
izolyatsiyasi buzilishi mumkin. Tok o‘tkazuvchi qismlar, apparatlar va elektr 
mashinalari shunday loyihalangan bo‘lishi kerakki, ular qisqa tutashuvda hosil 
bo‘ladigan kuchlar ta’sirida shikastlanmasligi, ya’ni elektrodinamik nuqtai 
nazaridan turg‘un bo‘lishi lozim. Qisqa tutashuv, ko‘pgina hollarda, o‘tish qarshiligi 
orqali, masalan izolyatsiyaning buzilgan joyida hosil bo‘luvchi elektr yoyi qarshiligi 
orqali hosil bo‘ladi. Ayrim xollarda o‘tish qarshiligisiz metalli qisqa tutashuv hosil 
bo‘ladi. Motorli yuklamalarning ish holatlari kuchlanishning pasayishiga kuchli 
darajada bog‘liqdir. Kuchlanishning pasayish miqdori katta bo‘lganda, motorning 
aylanish momenti mexanizmning qarshilik momentidan kichik bo‘ladi. Motor 
tormozlanib, iste’mol qilayotgan tokning oshishiga sabab bo‘ladi. Bunda tarmoqda 
kuchlanish yanada ham ko‘proq pasayadi. Buning natijasida kuchlanish ko‘chkisi 
shakldagi jarayon kuchayib, yanada ko‘proq elektr iste’molchilarini o‘z ta’siriga 
tortadi. 
Qisqa tutashuvda kuchlanishning keskin pasayishi generatorlarining parallel 
ishlash turg‘unligini buzilishi bilan bir qatorda xalq xo‘jaligiga katta zarar 
yetkazuvchi tizimli avariyaga olib kelishi mumkin. 
Bo‘ylama nosimmetriy qisqa tutashuv bo‘lmasa ham yuzaga kelishi mumkin. 
Masalan, kommutatsion apparatining bir fazasi payvandlanib qolganda yoki 
kontaktlari bo‘shab qolishi natijasida bunday holat kuzatilishi mumkin. 
Bu turdagi nosimmetriya bo‘ylama nosimmetriya deyiladi. 
Zanjirning nosimmetrik yuklanishi va nosimetrik qisqa tutashuv hosil 
bo‘ladiganda yuzaga keluvchi nosimmetriya ko‘ndalang nosimmetriya deyiladi.
Amaliyot elektr tizimida sodir bo‘ladigan avariya holatlari ayrim vaziyatlarda 
qisqa muddatli bo‘lishini ko‘rsatadi. Bunday vaziyatlarda shikastlangan joy ajratilib, 
tarmoq qayta ulanganda nominal ish holati tiklanadi. Bunday qayta ulash avtomatik 
qayta ulash (AQU) qurilmasi yordamida amalga oshiriladi. SHunga ko‘ra havodagi 
elektr uzatish liniyalari (HEUL) va elektr tizimida AQU qurilmasi keng qo‘llaniladi. 
HEULda bir fazali qisqa tutashuv ko‘p hosil bo‘lganligi sababli ularda bir fazali 
AQU (BAQU) keng qo‘llaniladi. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra avtomatik qayta 
ulashning samaradorligi 1.2-jadvalda keltirilgan. 
1.2-jadval. 

Download 180.33 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 180.33 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Turli qisqa tutashuvlarning sodir bo‘lishini nisbiy ehtimolligi

Download 180.33 Kb.
Pdf ko'rish