|
Ma’ruza-1 Mavzu: Kompyuter tarmoqlari fanining pridmet va vazifalari. Kompyuter tarmoqlarining qurilish tamoillari, texnologiyalari va protokollari
|
bet | 3/11 | Sana | 15.01.2024 | Hajmi | 1,47 Mb. | | #138081 |
Bog'liq 1-маъруза 1957 yilda Sovet Ittifoqi tomonidan Erning birinchi sun’iy yo’ldoshi fazoga chiqarilganidan so’ng AQSh mudofaa Vazirligi axborot uzatishning ishonchli sistemasiga muhtojligini sezdi. Mudofaa yo’nalishida ilmiy-tekshirish istiqbolli ishlanmalar ustida ish olib boruvchi agentligiga (DARPA) AQSh xukumati tomonidan kompyuterlar tarmog’ini ishlab chiqish vazifasi topshirildi. Shuningdek bunday vazifa Kaliforniya universitetiga (Los-Andjeles), Stenford ilmiy tekshirish markaziga, Yuta Universitetiga, Kaliforniya shtatidagi Universitetga (Santa-Barbara) yuklatildi. Kompyuter to’ri ARPANET (ingl. Advanced Research Projects Agency Network) deb nomlandi va 1969 yilda mazkur tarmoq orqali dastur doirasiga kiruvchi yuqorida sanab o’tilgan 4 ta ilmiy maskan birlashtirildi. Barcha ishlar AQSh Mudofaa Vazirligi tomonidan moliyalashtirildi. Keyinchalik ARPANET tarmog’i rivojlanib kengayib bordi. Bora-bora undan fanning turli sohalarida faoliyat yurituvchi olimlar foydalanishni boshladilar. Barcha ishlar AQSh Mudofaa Vazirligi tomonidan moliyalashtirildi. Keyinchalik ARPANET tarmog’i rivojlanib kengayib bordi. Bora-bora undan fanning turli sohalarida faoliyat yurituvchi olimlar foydalanishni boshladilar. Birinchi server ARPANET 1969 yilning 2 sentyabrida Kaliforniya universitetida (Los-Andjeles) o’rnatildi. 1969 yilning 29 oktyabrida soat 21:00 ARPANET tarmog’ining ikki bo’g’ini - bir biridan 640 km masofada joylashgan Los-Andjeledagi Kaliforniya universiteti (UCLA) va Stenford ilmiy tekshirish instituti (SRI) o’rtasida aloqa seansi o’tkazildi. Charli Klayn (Charley Kline) Los-Andjelesdan turib uzoq masofadagi, ya’ni Stenforddagi kompyuterga ulanmoqchi bo’ldi. Uning xamkasbi Bill Dyuvall (Bill Duvall) Stenforddan telefon orqali har bir kiritilgan belgini tasdiqlab bordi. Internet tarmog’ining birinchi operatorlari Charli Klayn Bill Dyuvall elektron pochta 1971 yilga kelib elektron pochta jo’natishga mo’ljallangan birinchi dastur ishlab chiqildi. Bu dastur tez orada mashhur bo’lib ketdi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Ma’ruza-1 Mavzu: Kompyuter tarmoqlari fanining pridmet va vazifalari. Kompyuter tarmoqlarining qurilish tamoillari, texnologiyalari va protokollari
|