|
Kompyuter tarmoqlarining qurilish tamoillari
|
bet | 6/11 | Sana | 15.01.2024 | Hajmi | 1,47 Mb. | | #138081 |
Bog'liq 1-маърузаKompyuter tarmoqlarining qurilish tamoillari. Kompyuter tarmoqlari ko’pgina belgilariga asosan tasniflanadi (klassifikatsiyalanadi). Kompyuter tarmoqlarini tasniflashda asosiy belgilari quyidagilardan iborat: - tarmoqning texnologik xususiyatlari;
- tashkiliy mezonlari;
- funktsional roli va tarmoq tarkibi.
Tarmoqning texnologik xususiyatlari nuqtai nazaridan tarmoq quyidagi belgilarga tasniflanadi: - hududni qoplashi;
- uzatish muhit turi;
- topologiyasi;
- kommutatsiya usuli;
- paketlarni harakatlash usuli.
Protokol – tarmoqda axborotni uzatish qoidalari to’plami, apparat va dasturiy ta’minotni birgalikda ishlashini ta’minlash uchun barcha kompaniyalar bu protokollarga amal qilishlari lozim. Protokol - xabarlar turi va formatini, xabarlarni uzatilish tartibini belgilaydi. - Protokol – tarmoqda axborotni uzatish qoidalari to’plami, apparat va dasturiy ta’minotni birgalikda ishlashini ta’minlash uchun barcha kompaniyalar bu protokollarga amal qilishlari lozim. Protokol - xabarlar turi va formatini, xabarlarni uzatilish tartibini belgilaydi.
Mijoz-server texnologiyasi. Mijozlar va serverlar. Internetda uzoqlashgan kompyuterlar bilan ishlash uchun mijoz/server texnologiyasi qo’llaniladi. Bunda foydalanuvchi bevosita ishlayotgan kompyuter (ishchi stantsiya) mijoz, asosiy ma’lumotlar va resurslar joylashgan uzoqlashgan kompyuter esa server deb qaraladi. Bu texnologiyaga tayanib, Internet resurslariga bemalol kirib, ulardan foydalanish imkoniyati paydo bo’ldi. Bunday texnologiyani qo’llash juda oddiy. Kerak bo’lgan ma’lumot yoki resursga kirish uchun klient programma ishga tushiriladi va u kerakli ma’lumot va resurslarni aniqlashtiradi. So’ngra bu programma kompyuter tarmog’i orqali resurs va ma’lumotlarni boshqaruvchi server programma bilan bog’lanadi. Mijoz va server orasidagi muloqotni qaydnomalar amalga oshiradi. Mijoz programma mijoz va server uchun bir xil bo’lgan amaliy programma qaydnomasiga o’tkazadi va uni uzatishni ta’minlovchi qaydnomalar orqali serverga uzatadi. Server esa mijoz so’rovini qabul qilib, mos qaydnoma orqali tegishli ma’lumot va resurslarni topib, tarmoq qaydnomasi asosida ularni mijoz kompyuterga jo’natadi. WWW bilan bog’liq bo’lgan savollar tahlilida ham ko’pincha ikkita so’z mijoz va server ko’p ishlatiladi. Mijoz server texnologiyasi WWW da ham keng foydalaniladi. Server programmasi Internetning har bir xost kompyuterlaridan olingan hujjatlarni boshqarish uchun xizmat qiladi.
|
| |