Metall
|
VMe 0,5 n NaCl da volьt hisobida
| Korroziya mahsulotlari |
Sa
|
Ag
Cd
Cu
Mn
Zn
Pb
Fe
Sn
Co
Ni
MG
Mo
Be
Cr
Al
Ti
|
+0,228
-0,531
+0,058
-1,000
-0,782
+0,312
-0,300
+0,205
-0,144
-0,007
-1,401
+0,105
-0,764
-0,109
-0,571
-0,070
|
AgCl
Cd(OH)2
Cu2O
Mn(OH)2
Zn(OH)2
PbCl2
Fe(OH)2
Sn(OH)2
Co(OH)2
Ni(OH)2
MG(OH)2
MoCl3
Be(OH)2
Cr(OH)3
Al(OH)3
Ti2O3
|
0,00
0,00
0,01
0,02
0,03
0,06
0,13
0,20
0,21
0,23
0,29
0,32
0,41
0,46
0,49
0,63
|
Potensialning siljishi shundan dalolat beradiki, faolsizlanishning boshlanishida elektrokimyoviy korroziya anod jarayonining sodir bo’lishi sekinlashadi.
Shundan qilib, metallar faolsizligiga korroziya jarayoni anod nazoratining yuqori darajasi mos keladi.
1-jadvalda NaCl ning 0,5n eritmasidagi metallar korroziyasini anod nazorati darajasining qiymatlari keltirilgan.
Metallarni faolsizlantiruvchi va faollashtiruvchi omillar.
Ayni sharoitda metallarning faolsiz holatini boshlanishiga sabab bo’luvchi modda yoki jarayonlar faolsizlantiruvchi omillar deyiladi.
Faolsizlantiruvchilarga:
Oksidlovchilar HNO3, NaNO3, NaNO2, K2Cr2O7, O2 lar.
Anod qutblanishi (elektrolitga tegib turgan metall Yuzasining doimiy tok ta’sirida oksidlanishi).
1-rasmda potensiostatik usul bilan o’lchangan 1n H2SO4 eritmasidagi temirning statsionar anod qutblanish egri chizigi berilgan bo’lib, u tajribaning quyidagi shartlarini ta’minlaydi, ya’ni elektrod holatining o’zgarishi va u bilan bog’liq holda tok kuchining o’zgarishi natijasida elektrod potensiali o’zgarmaydi. VFen bo’lganda temir faol bo’lib, Fe2+ mH2O ionlari holida eritmaga o’tsa, VFe>Vn bo’lganda esa temir faolsiz va eritmaga Fe3+ mH2O holida (ia=7 10-6 A/sm2) bo’lgan faol holatdagiga nisbatan ancha kichik tezlikda o’tadi.
Tok zichligining ortib boruvchi sohalarida potensialning ancha yuqori qiymatlarida
4OH—4e=O2+2H2O
reaksiyasi bo’yicha kislorodning elektrolitik ajralishi sodir bo’ladi.
Metalning faolsiz holati tashqi faolsizlantiruvchi sharoitlarning o’zgarishi bilan ko’p yoki kam miqdorda saqlanib qoladi. Masalan, konsentrlangan nitrat kislotasida faolsizlangan temir ma’lum vaqtgacha o’ta suyultirilgan faolsizlantirmaydigan nitrat kislotasida suv turadi. Shundan so’ng ohistalik bilan yuvilib va quritilgandan keyin quruq havoda faolsizligini saqlab turadi. Tashqi sharoitning o’zgarishi bilan faolsiz metall yana faol holatga o’tishi mumkin. Bu jarayon faollanish holatini buzadigan yoki qiyinlashtiradigan moddalar yoki jarayonlar faollashtiruvchilar deyiladi. Faollashtiruvchilarga:
Qaytaruvchilar, masalan vodorod, vodorod sulfid, Na2SO3, Na2S2O3 va boshqalar;
Katod qutblantiruvchilar (elektrolitga tegib turgan metall Yuzasini doimiy elektr toki bilan qaytarish);
Ayrim ionlar masalan vodorod, galloid ionlar (xlor, brom, yod), va boshqalar;
Haroratning ko’tarilishi;
Metall Yuzasining mexanik eyilishi, masalan faolsiz metall faolsizlantirmaydigan muhitda bo’lgandagi tirnalish. Bunda metallning Yuzasida tirnalgan joy anod, tirnalmagan joy katod o’rtasida galvanik juft hosil bo’lib, natijada katod qaytarilish jarayoni faolsiz sohalarda faolsizlantirmaydigan ta’sir ko’rsatadi.
|