• Metallar faolsizligining adsorbsion nazariyasiga
  • -rasm. Metallarning pardali faolsizlanishining sxematik tasviri




    Download 132,43 Kb.
    bet4/6
    Sana10.01.2024
    Hajmi132,43 Kb.
    #134120
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    2023-2024 Kor mar 1

    2-rasm. Metallarning pardali faolsizlanishining sxematik tasviri.
    G.A. Akimov nazariyasiga ko’ra, faolsizlanish hodisasi himoya parda hosil qiluvchi (oksidlovchilar, anodli qutblanish) va pardani buzuvchi (vodorod, golloid ionlari va katod qutblanish) kuchlar o’rtasidagi dinamik muvozanatning vujudga kelishidan iboratdir.
    Metallarning faolsiz holatdagi korroziyaga chidamliligi himoya pardasining etilishiga undagi yoriqlarning miqdori va katta-kichikligiga bog’liq bo’lib, faolsiz holatning barqarorligi esa ayni sharoitda himoya pardasining barqarorligi bilan xarakterlanadi.
    Ko’pchilik tadqiqotchilarning fikriga ko’ra, yaxshi elektron va yomon ion o’tkazish xossasiga ega bo’lgan metallning anodli erishini tanlab to’xtatuvchi himoya pardasi kislorod ajralishi bilan sodir bo’ladigan anod jarayonlari uchun unchalik ma’qul emas.
    Metallar faolsizligining adsorbsion nazariyasiga ko’ra, metallning Yuzasida, uni to’liq yoki ayrim tadqiqotchilar fikricha Yuzaning faol qismlarida (masalan, metall kristall panjarasining burchak va qobirg’alarida) kislorod, oksidlovchilar yoki boshqa moddalarning monomolekulyar adsorbsion qavatini hosil bo’lishi tufayli metallar faolsiz holatga o’tadi deb tushuntiriladi.
    Adsorbsion kislorod metall Yuzasidagi atomlarning hamma (Tamman va Langmyur) yoki ancha faol (Stronskiy fikricha) qismini valentliklarini to’yintiradi.
    A.N.Frumkin, B.V.Ergiler, B.N.Kabanov, Z.A.Iofa, YA.M.Kolotirkin va boshqalarning nazariyasiga ko’ra, metall Yuzasining alohida qismlariga adsorbsiyalangan kislorodning himoya ta’siri, metall erishi anod jarayonining elektrokimyoviy to’xtashi bilan bog’liq bo’lishi mumkin.
    Metallning Yuzasida kislorod atomlarining adsorbsiyasi natijasida ikkilamchi ion elektr qavatining o’rniga vujudga kelgan adsorbsion-ionli ikkilamchi elektr qavati metallni elektrod potensialini musbat qiymat tomonga siljitadi. Bunda metall ionining eritmaga chiqishi ortadi va metallning erish tezligi kamayadi.
    B.V.Ergiler ma’lumotlariga asosan platina Yuzasini 6% adsorbsiyalangan kislorod bilan qoplanishi, uning HCl dagi potensialini 0,12 v musbat tomonga siljitadi va uning anod erish tezligi 10 marta kamayadi.
    Metallarning faolsizlanishi bilan bog’liq bo’lgan jamiki hodisalarda ikkala faolsizlanish nazariyalari ham bir-birini inkor etmasdan, ular bir-birini to’ldiradi va ko’pgina hollarda pardali yoki adsorbsion deb emas, balki metallarning parda-adsorbsion faolsizlanishi deb yuritiladi.
    Shunday qilib, faolsizlanish hodisasi metallarning zaryadi va Yuzasi xossasini unda oksidlar va boshqa birikmalarning adsorbsion, fazali yoki adsorbsion-fazali himoya pardasi hosil bo’lishi tufayli metallni erishi anod jarayonining sekinlashishi bilan xarakterlanadi.

    Download 132,43 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 132,43 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -rasm. Metallarning pardali faolsizlanishining sxematik tasviri

    Download 132,43 Kb.