Ma’ruza №14 Favqulodda vaziyatlar, ularning turlari va xususiyatlari Reja




Download 32,13 Kb.
bet2/3
Sana30.01.2024
Hajmi32,13 Kb.
#148655
1   2   3
Bog'liq
14-ma\'ruza Favqulodda vaziyat

Xavfsizlik – bu ob`ektning shunday himoyaki, bunda unga ta`sir etuvchi barcha moddalar oqimlari, energiyalari va informatsiyalari maksimal ruxsat etiladigan miqdordan oshmaydi.
Tabiiy ofatlar butun davlat uchun halokatli hisoblanadi. Tabiiy ofatlar natijasida ko`plab odamlar halok bo`ladi, moddiy boyliklar nobud bo`ladi, aholi turar joylari, sanoat korxonalari va boshqalar vayron bo`ladi. Bunday tashqari tabiiy ofatlar ta`sirida inson yashashi uchun noqulay, antisanitar-gigienik shart-sharoitlar vujudga kelib, ular turli xil yuqumli kasalliklarni kelib chiqishiga sabab bo`ladi.
Favqulodda holatlarning klassifikatsiyasi
YUqoridagilarga bog’liq holda favqulodda holatlarning kompleks belgilarini quyidagi besh turga ajratish mumkin: lokal (ob`ekt bo`yicha), mahalliy, regional, milliy va global (umumiy, dunyo mikyosida).
Lokal favqulodda holatlar xalq xo`jaligining ma`lum bir ob`ekti chegarasida yuzaga kelib ushbu ob`ektlarning kuchi va resurslari yordamida bartaraf etilishi mumkin.
Mahalliy favqulodda holatlar aholi yashash punktlari, shaharlar, ma`muriy raYonlar, bir necha raYonlar va viloyat hududida tarqalib, ushbu viloyatning kuchlari va resurslari asosida bartaraf etiladi.
Hududiy favqulodda holatlar bir necha viloyatlar yoki iqtisodiy raYonlar chegarasida tarqalib, ushbu respublikaning kuchlari va resurslari yordamida bartaraf etiladi.
Milliy favqulodda holatlar bir necha iqtisodiy raYonlar yoki davlat chegarasidagi muxtor respublikalar chegarasida tarqalib ushbu davlatning kuchlari hamda resurslari, ayrim hollarda chet davlatlarining yordami asosida bartaraf etiladi.
Global favqulodda holatlar davlat chegarasidan chiqib boshqa davlatlarga ham tarqaladi. Bunday favqulodda holatlar ushbu davlat chegarasida o`z kuchlari va resurslari hamda xalqaro jamiyatlar ko`magida bartaraf etilishi mumkin.
Favqulodda holatlarning oqibati turli xil ko`rinishda bo`lib, ular favqulodda holatlarning turiga, xarakteriga, tarqalish masshtabiga bog’liq bo`ladi.
Favqulodda holatlar oqibatlarining asosiy turlariga quyidagilarni misol qilish mumkin; o`lim, odamlarni kasallanishlari, buzilishlar, radioaktiv ifloslanishlar, ximiyaviy va biologik zaharlanishlar. Ta`kidlash joizki, favqulodda holatlar vaqtida yuzaga keladigan ekstremal’ sharoitlarda kishilarga ruhiy omillar ham ta`sir etishi va natijada insonlar reaktiv (psixogen) holatga tushib qolishi mumkin. Agar favqulodda holatlarning xavfli va zararli omillarini ta`sir etish radiusi yoki bu darajada taxminiy hisob yo`li aniqlangan bo`lsa, psixologik ta`sir radiusi ushbu chegaradan katta bo`ladi.
Favqulodda holatlar vaqtidagi xavfli va zararli omillar ta`sir etuvchi hudud zararlanish o`chogi (markazi) deb ataladi. Zararlanish o`chog’i oddiy (bir turdagi) va murakkab (kombinatsiyalashgan) turlarga bo`linadi.
Oddiy zararlanish o`chog’i deb bitta zararlovchi omil ta`sirida yuzaga keladigan favqulodda holatlar markazi tushuniladi. Masalan, portlash tufayli buzilish va nurashlar, Yong’in, ximiyaviy yoki bakteriologik zaharlanishlar va boshqa holatlar sodir bo`lishi mumkin.
Murakkab zararlanish o`chog’i favqulodda holatlarning bir necha omillarini birgalikdagi ta`siri natijasida yuzaga keladi. Masalan, ximiyaviy korxonadagi portlash, Yong’inni, buzilishlarni, atrof muhitini ximiyaviy zaharlanishini va boshqa turli xil kungi lsiz oqibatlarni keltirib chiqaradi.
Zararlanish o`chog’i formasi (shakli) xavfli omillar manbasining tabiatiga mos holda aylanmasimon (er qimirlashlar, portlashlar vaqtida); yo`lsimon-,,polosali"(bo`ronlar, suv bosishlar, sel oqimlari va boshqa shu kabilar vaqtida); noaniq formada (Yong’inlar, tsunamlar, ko`chishlar vaqtida) bo`lishi mumkin.
Favqulodda holatlarni oldindan bilish va bartaraf etish bo`yicha davlat sistemalari
Hozirgi zamonda fan va texnika taraqqiyoti ishlab chiqarishning hamma tarmoqlarida misli ko`rilmagan darajada o`zgarishlarga sabab bo`lmoqda. Ushbu o`zgarishlar bir tomondan ishlab chiqarishda yuqori iqtisodiy va sifat ko`rsatkichlarning rivojiga olib kelsa, ikkinchi tomondan esa inson hayoti uchun o`ta xavfli bo`lgan turli xil qirg’in qurollarini, turli xil avariyalar, katastrofalarni vujudga keltirib tabiiy ofatlar bilan bir qatorda inson hayotiga xavf tug’dirmoqda.
Insonlarning oddiy hayot tarzini o`zgarishiga va ularning sog’ligiga zarar keltiruvchi, moddiy boyliklarga talofat etkazuvchi voqea hodisalar yuz bergan holatga favqulodda vaziyatlar deyiladi.
Favqulodda vaziyatlarda ob`ektlarga turli darajada zarar etib, ishlab chiqarish jaraYonini qisman yoki butunlay o`zgarishiga sabab bo`lishi mumkin.
Favqulodda vaziyatlar quyidagi holatlarda yuzaga kelishi ehtimoli bor. 1.Tinchlik holatida:
a) tabiiy ofatlar natijasida;
b) ishlab chiqarishda avariya, katastrofalar yuz berganda;
v) tez tarqaluvchi yuqumli kasalliklar yuzaga kelganda.
2.Urush holatida:
a) mamlakatlararo kelishmovchiliklar;
b) mamlakatlar ichidagi kelishmovchiliklar natijasida.
Z.Murakkab holatda:
yuqoridagi holatlardan bir nechasi bir-biriga bog’liq ravishda yuz berishi natijasida.
Favqulodda holatlarga insonlar hayotiga zomin bo`luvchi yoki ularga xavf soluvchi, binolarni buzuvchi, moddiy boyliklarni yo`qotuvchi katta maydonlarni egallagan Yong’inlar, suv bosishi, suv toshqini, qor ko`chishi, er qimirlash, er ko`chishlari, qo`lashi, bo`ron va boshqa tabiat hodisalari kiradi.
Ishlab chiqarish avariyalari favqulodda vaziyat yoki ishlab chiqarish texnologiyalarini buzilishi, ularning xavfsiz ishlatish texnologiyalarini buzilishi natijasida sodir bo`lishi mumkin.
Katta ishlab chiqarish avariyalari favqulodda vaziyatlar sifatida odamlarni halok bo`lishiga xalq xo`jaligi moddiy boyligini yo`qolishiga, ishlab chiqarish jaraYonini buzilishiga olib keladi.
Favqulodda vaziyatlar ko`p hollarda kutilmaganda tusatdan sodir bo`ladi va ularni to`lik oldini olish mumkin bo`lmaydi. SHu sababli bunday xavf sodir bo`lishi mumkin bo`lgan hududlar aholisi unga qarshi himoya tadbirlariga va ularni asoratlarini tugatishga tayyor bo`lib turishi kerak.
Bunda asosiy kuch birinchi o`rinda favqulodda vaziyat hududidagi odamlarni qutqarishga so`ng moddiy boyliklarni asrashga qaratilgan bo`lishi kerak.
Favqulodda holatlardan himoyalanishga qaratilgan tadbirlar sistemasi asosan quyidagilarni o`z ichiga oladi:
-favqulodda holatlarni retrospektiv tahlil qilish;
-tayyorgarlik ishlarini olib borish;
-favqulodda holatlar davrida harakatga tayyorlanish;
-favqulodda holatlar oqibatlarini bartaraf etish va h.k.;
Avariyalarda halokatlar va tabiiy ofatlar oqibatlarini bartaraf etish, mamlakatning avariya-qutqaruv xizmatini doimiy tayyor holatini taminlash hamda ishlab chiqarish korxonalarida avariyalar va halokatlarni oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni bajarilishi ustidan nazorat qilish maqsadida O`zbekiston Respublikasida favqulodda holatlar qo`mitasi tuzilgan.
Favqulodda holatlar oqibatlarini bartaraf etishga qaratilgan barcha vazifalar bosqichma-bosqich, aniq ketma-ketlik asosida maksimal qisqa muddatlar ichida bajarilishi lozim.
Birinchi bosqichda aholini tezkor himoyalash masalalari, favqulodda holatlar xavfli omillarini tarqalishini cheklash va uning ta`sir darajasini kamaytirish chora-tadbirlari hamda qutqaruv ishlari kabi vazifalar amalga oshiriladi.
Aholini tezkor himoyalashning asosiy tadbirlariga xavf to`g’risida xabar berish; himoya vositalaridan foydalanish; favqulodda holatlardagi rejimga rioya qilishni taminlash; xavfli zonalardan evakuatsiya qilish; tibbiy va boshqa turdagi yordamlar ko`rsatish kabi ishlar kiradi.
Favqulodda holatlar ta`sir doirasini cheklash va uning oqibatlarini susaytirishga qaratilgan tadbirlar asosan: avariyalarni lokalizatsiyalash, ishlab chiqarish texnologik jaraYonlarini to`xtatish yoki o`zgartirish, Yong’inni oldini olish yoki uni o`chirish kabi vazifalarni o`z ichiga oladi.
Qutqarish va boshqa turdagi kechiktirib bo`lmaydigan tadbirlar jumlasiga boshqarish organlarini, kuch va vositalarni tayyor holatga keltirish, zararlanish o`chog’ini razvedka qilish va mavjud holatni baholash kabi vazifalar kiradi.
Ikkinchi bosqich vazifalariga favqulodda holatlar oqibatlarini bartaraf etish bo`yicha qutqaruv hamda boshqa kechiktirib bo`lmaydigan ishlarni amalga oshirish kiradi. Bu ishlar uzluksiz ravishda, qutqaruvchilar va bartaraf etuvchilar smenalarini almashtirgan holda xavfsizlik texnikasi va ehtiyot choralariga to`liq amal qilib bajarilishi shart.
Qutqaruv ishlari jarohatlanganlarni qidirib topish, ularni Yonadigan binolar, xarobalar, transport vositalari ichidan olib chiqish, odamlarni xavfli xonalardan evakuatsiya qilish, jarohatlanganlarga birinchi yordam ko`rsatish va shu kabi boshqa yordamlarni amalga oshirish ishlarini o`z ichiga oladi.
Kechiktirib bo`lmaydigan ishlar jumlasiga esa Yong’inni lokalizatsiyalash va o`chirish, konstruktsiyalarni mustahkamlash, qutqaruv ishlarini amalga oshirish maqsadida kommunal-energetik setlarni, aloqa va yo`llarni tiklash, odamlarga sanitar ishlov berish, dezaktivatsiyalash va degazatsiyalash ishlarini amalga oshirish kabi vazifalar kiradi.
Qutqaruv va boshqa kechiktirib bo`lmaydigan ishlar jumlasiga aholini barcha turdagi vositalar bilan taminlash, jumladan, ularni xavfsiz joylarga joylashtirish, oziq-ovqat va suv bilan taminlash, tibbiy yordam ko`rsatish hamda moddiy va moliyaviy yordamlar berishni amalga oshirish kabi vazifalar ham kiradi.
Uchinchi bosqich vazifalariga avariyalar, halokatlar va tabiiy ofatlar yuz bergan raYonlardagi aholi faoliyatini taminlash masalalari kiradi. Bu maqsadda turar joylarni tiklash yoki vaqtinchalik turar joylar barpo etish, energiya va suv ta`minotini, aloqa tarmoqlarini, kommunal xizmat ob`ektlarini tiklash, zararlanish o`chog’iga sanitar ishlov berish, aholiga oziq-ovqat mahsulotlari hamda birlamchi ehtiyoj buyumlari bilan yordam ko`rsatish ishlari amalga oshiriladi. Ushbu bosqich nihoyasida evakuatsiya qilingan aholi o`z joylariga qaytariladi va xalq xo`jalik ob`ektlarining ishlashi tiklanadi.
Ayrim favqulodda holatlarning sodir bo`lishi oldindan aniqlanishi mumkin. Bunday holatlarda amalga oshirilishi lozim bo`lgan barcha ishlar oldindan ishlab chiqilgan reja asosida amalga oshiriladi. Rejada asosan ikki xil ko`rinishdagi tadbirlar belgilanadi.
Birinchi guruhdagi tadbirlar aholini himoyalash maqsadida amalga oshiriladi. Bu tadbirlarga - aholiga xavf to`g’risida ma`lumot berish va xabar berish; himoya vositalarini tayyor holga keltirish; boshqarish sistemalari va vositalarining tayyorligini tekshirib ko`rish; shaxsiy himoya vositalarini aholiga tarqatishga tayyorlash va tarqatish; tibbiy profilaktika, sanitar va epidemiyaga qarshi tadbirlarni o`tkazish; evakuatsiyaga tayyorlanish va talab etilgan sharoitlarga xavf tahdid soladigan raYonlarda aholini evakuatsiya qilish kabi vazifalar kiradi.
Ikkinchi guruh tadbirlariga favqulodda holatlarning xavfli va zararli omillarini bartaraf etishga qaratilgan vazifalar kiradi. Bu tadbirlarga-xalq xo`jaligi ob`ektlari ishini to`xtatish yoki ish rejimini o`zgartirish; energiya, suv, gaz sistemasi ish rejimini o`zgartirish yoki vaqtincha to`xtatish; mavjud muhandislik inshootlarini mustahkamlash yoki qo`shimcha qurish; Yong’inga qarshi tadbirlar o`tkazish; xavfli raYonlardan moddiy boyliklar va chorva mollarini olib chiqish; oziq-ovqat, oziqa xom ashyosi va suv manbalarini himoyalash kabi ishlar kiradi.
Favqulodda holatlar sodir bo`lganligi to`g’risida xabar olingach, birinchi navbatda berilgan ma`lumotlarni to`g’riligi tekshirilib, qo`shimcha axborot va ma`lumotlar olish bo`yicha tadbirlar amalga oshiriladi. Chunki, turli xil favqulodda holatlarning har xil sharoitlardagi oqibatlari turlicha bo`lishi mumkin. SHu sababli dastlab favqulodda holatlar ta`sirida yuzaga kelishi mumkin bo`lgan ikkilamchi, uchlamchi va boshqa xavfli omillar aniqlanib, keyingina kompleks tadbirlar amalga oshiriladi.
Texnogen xarakterdagi favqulodda holatlarning sodir bo`lishi
Texnogen tusdagi favkulodda vaziyatlarga 7 xil turdagi vaziyatlarkiradi:
1) Transportlardagi avariyalar va xalokatlar — ekipaj a`zolari va yulovchilarning ulimiga, xavo kemalarining tulik parchalanishiga yoki kattik shikastlanishiga xamda kidiruv va avariyakiliruv ishlarini talab kiladigan avia xalokatlar;
Yonginga, portlashga, xarakatlanuvchi tarkibining buzilishiga sabab bulgan va temir yul xodimlarining xalokat xududidagi temir yul platformalarida, vokzal binolarida va shaxar imoratlarila bulgan odamlar ulimiga, shuningdek, tashilangan kuchli ta`sir kursatuvchi zaxarli modtsa (KTZM)lar bilan xalokat joyiga tutash xududning zaxarlanishiga olib kelgan temir yul transportvdagi xalokat va falokatlar;
Portlashlarga, Yonginlarga, transport vosigalarining parchalanishiga, tashilayotgan mexanizmlarning zararli xossalari namoYon bulishiga va odamlar ulimi (jaroxatlanishi, zaxarlanishi)ga sabab buladigan avtomobil transportining xalokati va avariyalari, shu jumladan, yultransport xodisalari;
Odamlarning ulimiga, shikastlanishiga va zaxarlanishiga, metropoliten poezdlari parchalanishiga olib keladigan metropoliten bekatlaridagi va tunellaridagi xalokatlar, avariyalar, Yonginlar;
Gaz, neft maxsulotlarining otilib chikishiga, ochik neft va gaz favvoralarining Yonib ketishiga sabab buladigan magistral kuvurlardagi avariyalar.
2) Kimyoviy xavfli ob`ektlardagi avariyalar:
Tevarakatrof tabiiy muxitga ta`sir kiluvchi zaxarli moddalarning (avariya xolatida) odamlar, xayvonlar va usimliklarning kuplab shikastlanishiga olib kelishi mumkin bulgan yoki olib kelgan taktsirda, yul kuyiladigan chegaraviy kontsentratsiyalardan ancha ortik mikdorda sanitariya — ximoya xududidan chetga chikishiga sabab buladigan kimyoviy xavfli ob`ektlardagi avariyalar, Yongin va portlashlar.
3) Yoneinportlashxavfimavjudbulgan ob`ektlardagi avariyalar: Texnologik jaraYonda portlaydigan, oson Yonib ketadigan xamtsa boshka Yongin uchun xavfli moddalar va materiallar ishlatiladigan yoki saklanadigan ob`ektlardagi odamlarning mexanik va termik shikastlanishlariga, zaxarlanishlariga va ulimiga, asosiy ishlab chikarish zaxiralarining nobud bulishiga, favkulodda vaziyatlar xududlarida ishlab chikarish maromining va odamlar xayotfaoliyatining buzilishiga olib keladigan Yonganlar va portlashlar;
Odamlarning shikastlanishiga, zaxarlanishiga va ulimiga olib keladigan xamda kidiruvkutkarish ishlarini utkazishni, nafas olish organlarini muxofaza kilishning maxsus anjomlarini va vositalarini kullashni talab kiluvchi kumir shaxtaparidagi xamda konruda sanoatidagi gaz va chang portlashi bilan boglikavariyalar, Yonginlar va jinslarning kuporilishi.
4) energetika va kommunal tizimlardagi avariyalar: Sanoat va kishlokxujaligi maxsulotlari iste`molchilarining avariya tufayli energiya ta`minotisiz kolishiga xamda axoli xayot faoliyatining buzilishiga olib keladigan GES, GRES, IESlardagi, tuman issiklik markazlaridagi elektr tarmoklartsdagi bugkozon kurilmalaridagi, kopressor, gaz taksimlash shaxobchalaridagi va boshka energiya ta`minoti ob`ektlaridagi avariyalar, Yonginlar, axoli xayotfaoliyatining buzilishiga va salomatligiga xavf tugilishiga olib keladigan gaz kuvurlartsdagi, suv chikarish inshootlaridagi, suv kuvurlaridagi, kanalizatsiya va boshka kommunal ob`ektlardagi avariyalar;
Atmosfera, tuprok, er osti va er usti suvlarining odamlar salomatligiga xavf tugdiruvchi darajada kontsentratsiyadagi zararli moddalar bilan ifloslanishiga sabab buladigan gaz tozalash kurilmalaridagi, biologik va boshka tozalash inshootlaridagi avariyalar.
5) Bino va inshootlarning birdan kulab tushishi bilan boglik avariyalar:
Odamlar ulimi bilan boglik bulgan va zudlik bilan avariyakutkaruv utkazilishini xamda zarar kurganlarga shoshshshnch tibbiy yordam kursatilishini talab kiladigan maktablar, kasalxonalar, kinoteatrlar va boshka ijtimoiy yunalishdagi ob`ektlar, shuningdek, uyjoy sektori binolari konstruktsiyalarining tusatdan buzilishi, Yonginlar, gaz portlashi va boshka xodisalar.

Download 32,13 Kb.
1   2   3




Download 32,13 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ma’ruza №14 Favqulodda vaziyatlar, ularning turlari va xususiyatlari Reja

Download 32,13 Kb.