|
Ma’ruza №14 Favqulodda vaziyatlar, ularning turlari va xususiyatlari Reja
|
bet | 3/3 | Sana | 30.01.2024 | Hajmi | 32,13 Kb. | | #148655 |
Bog'liq 14-ma\'ruza Favqulodda vaziyat6) Radioaktiv va boshka xavfli xamda ekologik jixatdan zararli moddalardan foydalanshi yoki ularni saklash bilan boglik avariyalar:
Sanitariyaximoya xududi tashkariga chikarib tashlanishi natijasida paydo buladigan yukori darajadagi radioaktivlik odamlarning yul kuyiladigan kup mikdorda nurlanishini keltirib chikaradigan texnologik jaraYonda radioaktiv moddalardan foydalanadigan ob`ektlardagi avariyalar; radioaktiv materiallarni tashish vakgidagi avariyalar; radioizotop buyumlarning yukotilishi; biologik vositalarni va ulardan olinadigan preparatlarni tayyorlash, saklash va tashishni amalga oshiruvchi ilmiytadkikot va boshka muassasalarda biologik vositalarning atrof-muxitga chikib ketishi yoki yukotilishi bilan boglik vaziyatlar. 7) Gidrotexnik inshootlardagi xalokatlar va avariyapar: Suv omborlarida, daryo va kanallardagi buzilishlar, baland toglardagi yullardan suv urib ketishi natijasida vujudga keladigan xamda suv bosgan xududlarda odamlar ulimiga, sanoat va kishlok xujapigi ob`ektlari ishining, axoli xayot faoliyatiningbuzilishiga olib keladigan va shoshilinch kuchirish tadbirlarini talab kiladigan xalokatli suv bosishlari.
Texnogen halokatlar. Katta hududlarda portlash, Yong’in, radioaktiv, ximiyaviy va biologik zararlanishlarni hamda insonlar hayotiga xavf solib, guruhli o`limlarga olib keluvchi, ishlab chiqarish jaraYonining keskin ishdan chiqishi bilan kechadigan hodisalar, ya`ni mashina va mexanizmlarni qo`qqisdan, kutilmaganda foydalanish davrida ishdan chiqib avariya hamda halokatlarga olib kelishi texnogen halokatlar deb ataladi.
Texnogen halokatlarga sanoat ob`ekglaridagi, qurilish, temir yo`l, havo va avtomobil transporti, suv transportidagi quvurlar, gaz-neft’ quvurlari va boshqa shu kabi ob`ektlardagi avariyalar misol bo`ladi. Bunday avariyalar natijasida Yong’inlar va portlashlar kelib chiqishi, aholi yashash va sanoat binolarining buzilishi, radiatsion, ximiyaviy va biologik zaharlanishlar vujudga kelishi, har xil avariyalar oqibatida neft’ mahsulotlari va zaharli moddalarni oqishi bilan er, suv va havoning ifloslanishi, aholi hayotiga va atrof-muhitga katta xavf tug’ilishi ro`y beradi.
Texnogen halokatlar tashqi tabiiy omillar ta`sirida, jumladan, tabiiy ofatlar oqibatida, bino va inshootlarni loyihaviy va ishlab chiqarish nuqsonlari, kamchiliklari va ishlab chiqarish texnologiyasini buzilishi natijasida ro`y berishi mumkin.
Antropogen halokatlar - insoniyatning xo`jalik faoliyati tufayli yuzaga keluvchi antropogen omillar ta`sirida biosferaning sifat jihatidan o`zgarishi va natijada insonlar hayotiga, o`simlik va hayvonot dunyosiga hamda atrof-muhitga tahdid soluvchi va katta xavf tug’diruvchi hodisalardir.
Bunday ekologik harakaterdagi antropogen halokatlarga tuproqni intensiv ravishda degradatsiyalanishi va og’ir metallar (kadmiy, qo`rg’oshin, simob, xrom va boshqalar) hamda boshqa zararli moddalar bilan ifloslanishi, atmosferani zararli ximiyaviy moddalar, shovqin, elektr magnit maydoni va ionli nurlanishlar bilan ifloslanishi, kislotali yomg’irlar, ozon qatlamini emirilishi, yirik sanoat shaharlarida harorat inversiyasining yuzaga kelishi, suv resurslarini ifloslanishi va shu kabi insonning turmush tarzi sifatiga ta`sir etuvchi, ularning hayotiga tahdid soluvchi hodisalar kiradi.
Ijtimoiy-siyosiy va harbiy-siyosiy mojarolar, ikki davlatning o`zaro qarama-qarshiligi natijasida urushlarning kelib chiqishi, urushda ommaviy qirg’in qurollaridan foydalanish xavfining tug’ilishi va shunga bog’liq holda boshqa turdagi muammolar, masalan, harbiy mojarolar vaqtidagi qochoqlar muammosi, yuqumli kasalliklarni kelib chiqishi va ularni katta hududlarda tarqalish xavflarini ortishi hamda milliy krizislar, mintaqaviy mojarolarni yuzaga kelish holatlaridir.
Favqulodda holatlar xavfi tarqalish tezligiga ko`ra quyidagi turlarga bo`linadi: kutilmaganda (er qimirlashlar, portlashlar, transport avariyalar va boshqalar), shiddatli (Yong’inlar, gidrodinamik avariyalar va boshqalar), o`rtacha (suv bosishlar, vulqonlar otilishi, radioaktiv moddalar chiqishi bilan kechadigan avariyalar va shu kabilar), asta-sekin tarqaluvchi xavflar (qurg’oqchilik epidemiya, sanoattozalash inshootlarining avariyalari, tuproqlarni ifloslanishi va suvlarni zararli ximiyaviy moddalar bilan ifloslanishi va boshqalar).
Favqulodda holatlar tarqalish masshtabining ko`rsatkichlariga uning tarqalish hududi o`lchamidan tashqari, xavfli omillarni tashkiliy, ijtiomiy, iqtisodiy va shu kabi muhim bog’lanishlarga bevosita ta`sir etishi ham kiradi. Bundan tashqari ta`riflash belgilariga favqulodda holatlar oqibatlarining darajasi, ya`ni, uning asoratlari ham muhim ko`rsatkichlardan hisoblanadi. CHunki favqulodda holatlar kichik hududlarda, kichik masshtabda sodir bo`lsada, uning oqibati juda ayanchli va tragediyali bo`lishi mumkin. SHu sababli, favqulodda holatlar kategoriyasini aniqlashda favqulodda holatlar yuz bergan maydon (hudud) holatini va favqulodda holatlarning oqibatlarini baholash talab etiladi. Favqulodda holatlar oqibatlarini o`rganish va baholash, uni bartaraf etishga qancha kuch va resurs ajratish lozimligini aniqlashga asos bo`ladi.
Nazorat savollari
1. Favqo`lodda holat nima?
2. Favqulodda holatlar qanday ko`rinishlarga bo`linadi?
3. Tabiiy favqulodda holatlarga misollar keltiring?
4. Texnogen halokatlar nima?
5. ekologik favqulodda holat nima?
6. Xavf nima va ular qanday ko`rinishlarda bo`ladi?
7. Qanday favqulodda holatlar regional bo`ladi?
8. Global favqulodda holatlarni tushuntiring?
9. Urush holati qanday favqulodda holatlarni keltirib chiqarishi mumkin?
10. Favqulodda holatlardan himoyalanishga qaratilgan tadbirlar sistemasiga nimalar kiradi?
|
| |