• (φ) – ekvatorial tekislikda ) To‘g‘riburchakli koordinatalar tizimi 6 . 2-r asm.
  • 6 . 3 -rasm. Koordinatalar tizimida yo‘nalganlik diagrammasining kengligini aniqlash
  • Maydoniy yo‘nalish diagrammasi




    Download 0,59 Mb.
    bet2/4
    Sana08.10.2024
    Hajmi0,59 Mb.
    #273995
    1   2   3   4
    Bog'liq
    8-маъруза

    Maydoniy yo‘nalish diagrammasi


    FE(θ) = sinθ

    6.1-rasm. Qutbiy koordinatalar tizimida yo‘nalganlik diagrammasi (FE(θ) – meridional tekislikda, FH(φ) – ekvatorial tekislikda)
    To‘g‘riburchakli koordinatalar tizimi

    6.2-rasm. To‘g‘ri burchakli koordinatalar tizimida yo‘nalganlik diagrammasi

    Me’yorlangan yo‘nalish tavsifi maksimal qiymati F(θ ) = 1 ga teng.


    0-chi nurlatishdagi yo‘nalish diagramma kengligi deb-maydon kuchlanganligi 0 gacha tushgan oralikdagi burchakka aytiladi.

    6.3-rasm. Koordinatalar tizimida yo‘nalganlik diagrammasining kengligini aniqlash
    YArim quvvat bo‘yicha yo‘nalish diagramma kengligi deb quvvat zichligi marta kamaygan oraliqqa aytiladi.
    YOn bargchalarning sathi quyidagi formula orqali ifodalanadi
    ζn = |EN| /|Emax| = f (θ11) / fmax00) = F (θ11)
    Ba’zi xollarda yon bargchalarning sathi dB o‘lchanadi ζN,dB =20lN.
    Yo‘nalganlik koeffitsienti deb (YK) - berilgan yo‘nalishdagi Poynting vektorining utracha qiymatini barcha yo‘nalishdagi Poynting vektorining o‘rtacha qiymatlari nisbatiga aytiladi
    D =Po‘r11) / Pizot,
    bu erda Pizot - yo‘naltirilmagan nurlatgich.
    Bunda antennalarga beriladigan quvvat teng va izotrop antennaning YK 1 ga teng deb hisoblanadi
    G izot = 1.
    G izot - izotrop antennali yo‘naltirilgan antennaga almashtirish uchun sochiluvchi quvvatni necha martaga kamaytirish kerakligini ko‘rsatadi.
    KK - izotrop antennali yo‘naltirilgan antennaga almashtirish uchun beriladigan quvvatni necha martaga kamaytirish kerakligini ko‘rsatadi.
    Ular foydali ish koeffitsienti bilan farq qiladi
    G=Dη,
    bu erda G - kuchaytirish koeffitsienti
    η – foydali ish koeffitsienti
    D - yo‘nalishning ta’sir etuvchi koeffitsienti
    Qutblanish turlari yuqori chastotaning bir davrida E vektorning oxiri xosil qilgan shaklga qarab aniqlanadi agar to‘g‘ri chiziq bo‘lsa,chiziqli qutblanish agar ellips bo‘lsa, ellipsli qutblanish agar aylana bo‘lsa, doiraviy qutblanish deb ataladi.
    Qutblanish tekisligi deb-to‘lqinning tarqalish yo‘nalishiga nisbatan elektr maydonning vektor kuchlanganligi E ning yo‘nalishi orqali o‘tuvchi tekislikka aytiladi. Agar E vektor er sirtiga nisbatan vertikal ravishda tarqalsa, qutblanish vertikal deb ataladi. Agar E vektor er sirtiga nisbatan gorizantal ravishda tarqalsa, qutblanish gorizontal deb ataladi. Antennaning ta’sir etuvchi uzunligi (lt) deb, butun antenna bo‘ylab tok taqsimoti bir xil bo‘lgan va qabul nuqtasida xam xuddi shunday maydon sathini hosil qiluvchi antenna uzunligiga aytiladi.
    Antennalarning ishlash prinsiplarini o‘rganishdan oldin, oddiy tebrantiruvchi tizim yordamida elektromagnit to‘lqinlarning xosil qilinish jarayoninin ko‘rib chiqish lozim. Bunda, elektromagnit to‘lqinning o‘z xossalari bo‘yicha materiyaning aloxida ko‘rinishi sifatida namoyon bo‘lishini unutmaslik lozim. Oddiy qilib aytganda, elektromagnit maydon modda kabixossalarga ega bo‘lib, massasi, tezligi va miqdori bilan tavsiflanadi. SHunga ko‘ra, elektromagnit maydonni ish bajarish qobiliyatiga ega deyish mumkin. Buni elektromagnit to‘lqinlar yordamida axborot uzatilishi bilan ifodalasa bo‘ladi. Bunday to‘lqinlar oddiy tebrantiruvchi tizim, ya’ni Gers dipoli, yoki elementar elektr nurlatgich yordamida ko‘rib chiqilishi mumkin. Quyida shu xaqdap biroz ma’lumot ergach, antennalarning turlari va ularning ishlash prinsiplari to‘g‘risida to‘xtalib o‘tamiz.



    Download 0,59 Mb.
    1   2   3   4




    Download 0,59 Mb.