|
-ma’ruza: Operatsion kuchaytirgich
|
bet | 14/25 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 70,71 Kb. | | #239465 |
Bog'liq Ma’ruza Elektronika va sxemalar fani, maqsadi va vazifalari Rej-fayllar.org6-ma’ruza: Operatsion kuchaytirgich
Reja:
Operatsion kuchaytirig (OK) ta’rifi.
OK strukturasi va printsipial sxemasi.
Operatsion kuchaytirgich (OK) ta’rifi.
Operatsion kuchaytirgich (OK) deb, analog signallar ustidan turli amallarni bajarishga mo‘ljallangan, differentsial kuchaytirish printsipiga asoslangan, kuchlanish bo‘yicha katta kuchaytirish koeffitsientiga ega bo‘lgan integral o‘zgarmas tok kuchaytirgichiga aytiladi. Bunday amallarga qo‘shish, ayirish, ko‘paytirish, bo‘lish, integrallash, differentsiallash, masshtablash kabi matematik amallar kiradi.
Hozirgi kunda OKlar analog va raqamli qurilmalarda kuchaytirish, cheklash, ko‘paytirish, chastotani filtrlash, generatsiyalash, signallarni barqarorlashda qo‘llanilib kelmoqda. Buning uchun OKlarga musbat va manfiy teskari aloqa (TA) zanjirlari kiritiladi. TA zanjirlari yordamida OKlar yuqorida qayd etilgan amallarni (operatsiyalarni) bajaradilar.
OKga quyiladigan talablar
OK sxemalari ish printsipini tushunish va tahlilini aniqlashtirish maqsadida ideal OK tushunchasi kiritiladi. Ular quyidagi xossalarga ega:
- cheksiz katta kuchlanish bo‘yicha kuchaytirish koeffitsienti KU0=∞ (real OKlarda 1 mingdan 100 mln. gacha);
- siljitish kuchlanishi USIL=0, ya’ni ikkala kirishlarda kuchlanishlar teng bo‘lsa, chiqishdagi kuchlanish ham nolga teng bo‘ladi (real OKlarda
USIL = 5 mkV÷50 mV);
- chiqish toklari nolga teng (real OKlarda nA ulushlaridan birlik mkA gacha);
- chiqish qarshiligi nolga teng (real kam quvvatli OKlarda o‘nlab Omdan birlik kOmlargacha);
- sinfaz signallarni kuchaytirish koeffitsienti nolga teng;
- OK kirishlari potentsiallari doim bir biriga teng.
OKlar o‘z xususiyatlariga ko‘ra ideal kuchaytirgichlarga yaqin.
Ideal kuchaytirgich:
- cheksiz katta kuchaytirish koeffitsientiga;
- cheksiz katta kirish qarshiligi;
- nolga teng bo‘lgan chiqish qarshiligiga;
- inverslaydigan va inverslamaydigan kirishlarga bir xil signal berilganda nolga teng bo‘lgan chiqish kuchlanishiga;
- cheksiz katta keng o‘tkazish polosasiga ega.
8.1.-rasm. OKning shartli va standart grafik belgilanishi
8.2.-rasm. OK strukturasi va printsipial sxemasi
|
| |