|
ma’ruza: Elektronika va sxemalar fani, maqsadi va vazifalari
|
bet | 2/25 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 70,71 Kb. | | #239465 |
Bog'liq Ma’ruza Elektronika va sxemalar fani, maqsadi va vazifalari Rej-fayllar.orgMiroelekktronika – iste’mol energiyasini kamaytirish, ishonchliligini orttirish, o‘lchamlarini kichraytirishga asoslangan.
Optoelektronika – katta sig‘imga ega bo‘lgan, tez ishlovchi, yuqori xalaqitlardan muhofaza qilingan tolalar optikasi liniyalarini yaratishda izlanishlar qilinmoqda.
Kriogen elektronkia – past (kriogen) temperaturadagi hodisalardan foydalanadi (metall va qotishmalarning o‘ta o‘tkazuvchanligi, izolyatorlarning dielektrik kirituvchanligining elektr maydonga va boshqalarga bog‘liqligi).
Magnitoelektronika – bu juda kichik to‘yingan mangnitlanuvchan materiallarning vujudga kelishi, uning asosida yupqa pardali magnit qurilmalar – magnit pardalar, kommunikatsion qurilmalarlar, magnit yarimo‘tkazgichlar va h.z.larni ishlab chiqarishga imkon beradi.
Bioelektronika – tirik organizmlar tarkibi va hayot faoliyatini insonlar tomonidan o‘rganishidagi ma’lum masalalarni yechishga xizmat qiladi.
Akustoelektronika – aukstik va pezoelektrik effektlarni elektr maydon bilang ta’sirlashishiga asoslangan.
Kvant elektronkiasi - kristall atomidan kogerent nurlarni tarqatish, ko‘rish diapazonida spektroid to‘lqinlar traqatuvchi mikroto‘lqinli kvant generatorlari (lazerlar) yaratilgan.
Xemotronika – elektronikaning kimyo bilan rivojlanishidagi past chastotali elektrokimyoviy o‘zgartgichlar yaratilmoqda.
Informaitson elektronika – hisoblash va informatsion texnikaning avtomatik asoslaridan iborat.
Nanoelektronika - nanotexnologiyalarning ilmiy va texnologik usullaridan foydalanishga asoslanadi.
Nanotexnologiya – alohida atom va molekulalarni boshqarishni (manipulyatsiya), shuningdek buning uchun zarur nazariy va amaliy tekshirishlarni qo‘llash asosida nanoob’ektlarni ishlab chiqish va ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi fan va texnika sohasidir.
Nazorat savollari
1. IMSlarga tarif bering.
2. Mikroelektron qurilmalarga ta’rif bering.
3. Nanoelektronika haqida tushuncha bering.
4. Funktsional elektronika haqida ta’rif bering.
|
| |