Ideal tok generatori
Ideal tok generatorining yuklamaga uzatayotgan tok qiymati yuklama qiymatiga bog‘liq bo‘lmaydi.
3.1.-rasm. Ideal tok generatori sxemasi va VAXi.
BTning UE ulanish sxemasidagi chiqish xarakteristikalar oilasi real tok generatori VAXsiga aynan o‘xshaydi.
Shu sababli tok generatorlarini yasashda BTlar qo‘llaniladi.
3.2.-rasm. BTning UE ulanish sxemasidagi chiqish xarakteristikalar oilasi
BTG ta’rifi
Ixtiyoriy zanjirdan avvaldan belgilangan qiymatli tok oqishini ta’minlovchi elektron qurilma barqaror tok generatori (BTG) deb ataladi. Yuklamadan oqayotgan tokning qiymati kuchlanish manbai, zanjir parametrlari va temperatura o‘zgarishlariga bog‘liq bo‘lmaydi.
BTGning vazifasi kirish kuchlanishi va yuklama qiymati o‘zgarganda chiqish toki qiymatini o‘zgarmas saqlashdan iborat bo‘lib, ular turli funktsional vazifalarni bajaruvchi analog va raqamli mikrosxemalarda ishlatiladilar.
3.3.-rasm. Sodda BTG sxemasi
Sxemada I1 tok zanjiriga to‘g‘ri siljitilgan diod ulanishli VT1 tranzistor ulangan (tayanch tranzistor). U juda kichik qarshilikka ega. Shuning uchun VT1 kuchlanish generatori vazifasini o‘taydi. U RYu boshqariluvchi zanjir bilan ketma – ket ulangan VT2 tranzistorning emitter – baza o‘tishini kuchlanish bilan ta’minlaydi.
VT2 tranzistor emitter – baza kuchlanishi bilan boshqarilgani uchun uning xususiyatlari UB sxemaning xususiyatlariga mos keladi. Ma’lumki, UB ulangan sxemada aktiv rejimda kollektor toki kollektordagi kuchlanishga deyarli bog‘liq bo‘lmaydi. Shuning uchun ixtiyoriy RYu dan o‘tayotgan tok I2 tayanch kuchlanish UEB2 bilan aniqlanadi. Amalda I2 = I1.
(1)
ifoda bilan approksimatsiyalanadi, bu yerda I0 – teskari siljitilgan EO’ning to‘yinish toki.
(2)
Sxemadan va kelib chiqadi.
(2)ni e’tiborga olgan holda (3) yozish mumkin.
Baza toki kollektor tokidan 50÷100 marta kichik bo‘ladi. Shuning uchun, hisoblashlarda I2 = I1 deb olish mumkin. Bundagi xatolik 1÷2% dan oshmaydi.
Demak, RYu yuklama zanjiridagi chiqish toki, zanjir qanday bo‘lishidan qat’iy nazar, kirish tokini ham qiymat, ham yo‘nalish bo‘yicha takrorlaydi. Kirish toki qiymatiga kelsak, u yetarli aniqlik bilan
(4) ga teng.
|