|
ma’ruza: IMS tayyorlash texnologiyasi. IMS aktiv va passiv elementlari
|
bet | 3/25 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 70,71 Kb. | | #239465 |
Bog'liq Ma’ruza Elektronika va sxemalar fani, maqsadi va vazifalari Rej-fayllar.org2 ma’ruza: IMS tayyorlash texnologiyasi. IMS aktiv va passiv elementlari.
Reja:
IMS ta’rifi
IMSlar klassifikatsiyasi
IMS passiv elementlari
IMS aktiv elementlari
IMS tayyorlash texnologiyasi
Integral mikrosxema (IMS) o‘ta ixcham, o‘ta pishiq, kichik tannarxga ega bo‘lgan va kam quvvat iste’mol qiladigan radioelement yasash yo‘lidagi urinishlar mahsulidir.
IMS elementi deb, konstruktsiyasi bo‘yicha kristall yoki asosdan ajralmaydigan, ERE funktsiyasini bajaruvchi IMSning qismiga aytiladi.
IMS komponenti deb, diskret element funktsiyasini bajaruvchi, lekin montajdan avval mustaqil mahsulot bo‘lgan IMSning bo‘lagiga aytiladi. Yig‘ish, montaj qilish operatsiyalarini bajarishda komponentlar mikrosxema asosiga o‘rnatiladi. Qobiqsiz diod va tranzistorlar, kondensatorlarning maxsus turlari, kichik o‘lchamli induktivlik g‘altaklari va boshqalar sodda komponentlarga, murakkab komponentlarga esa – bir nechta elementdan tashkil topgan, masalan, diod yoki tranzistorlar yig‘malari kiradi.
IMSlar klassifikatsiyasi
Integratsiya darajasiga ko‘ra: kichik, o‘rta, katta, o‘ta katta, ultra katta va giga katta IMSlar;
Qabul qilinayotgan, saqlanayotgan va ishlov berilayotgan signal turiga ko‘ra: analog va raqamli IMSlar;
Tayyorlanish konstruktiv-texnologik turiga ko‘ra: yarimo‘tkazgichli, pardali va gibrid IMSlar;
Aktiv element turiga ko‘ra: bipolyar tranzistorli va MDYa-tranzistorli IMSlar;
Iste’mol quvvatiga ko‘ra: kam quvvatli, o‘rta quvvatli, katta quvvatli IMSlar;
Ishchi chastotasiga ko‘ra: past chastota, o‘rta chastota va yuqori chastota IMSlari;
Elementlarni bir-biridan izolyatsiyalanish usuliga ko‘ra va x.z.
|
| |