|
Analog kuchaytirgich qurilmalarning asosiy xususiyatlari
|
bet | 6/9 | Sana | 09.02.2024 | Hajmi | 1,26 Mb. | | #153743 |
Bog'liq 1-maruzaAnalog kuchaytirgich qurilmalarning asosiy xususiyatlari
Umumiy ma’lumotlar. Signal manbai quvvati yetarli bo‘lmaganda yuklama RYu deb ataluvchi bajaruvchi qurilma normal ishlashi uchun kuchaytirgich qurilmalardan foydalanish zarurati tug‘iladi. Akustik tizimlar, elektron — nur trubkalar, keyingi kuchaytirgich kaskadning kirishi va boshqalar yuklama bo‘lib xizmat qilishi mumkin.
Kirish signali manbai yoki datchik turli noelektr kattaliklarni elektr signalga birlamchi o‘zgartiradi. Mikrofon, detektor, fotoqabulqilgich, avvalgi kuchaytirgich qurilma chiqishi va boshqalar kirish signallari manbai bo‘lib xizmat qiladi. Yuklamada hosil qilinishi zarur quvvat yordamchi kuchlanish manbaidan (to‘g‘rilagich, akkumulator, batareya) olinadi. Energiyani kuchlanish manbaidan yuklamaga uzatishda kuchaytirgich qurilma yoki kuchaytirgich vositachilik qiladi.
Ideal kuchaytirgichning eng umumiy xususiyati kirish quvvati Pkir ni Pchiq ga quyidagicha ko‘rinishda o‘zgartirishdan iborat:
Pchiq =K* Pkir
Ya’ni chiqish kuchlanishi qiymati kuchaytirgich ishlayotgan sharoitga, xususan, yuklama qarshiligi va kirish signali manbaining ichki qarshiligiga bog‘liq bo‘lmasligi kerak.
Bu shart ideal kuchaytiirgichlardagina bajariladi. Ularning chiqishida cheksiz quvvat ajraladi va kirishda mutlaqo energiya sarflanmaydi. Real kuchaytirgich xususiyatlari esa ideal kuchaytirgich xususiyatlariga biroz yaqinlashadi.
|
| |