|
ma’ruza. Elektronika va sxemalar fani, mazmuni va usullari. Elektr signallari kuchaytirgichlari. Teskari aloqa va uni kuchaytirish qurilmalarining xarakteristikalariga ta’siri. Elektronika va sxemalar fani, mazmuni va usullari
| bet | 7/9 | Sana | 09.02.2024 | Hajmi | 1,26 Mb. | | #153743 |
Bog'liq 1-maruzaKuchaytirgich deb manba energiyasini kirish signali qonuniyatiga mos ravishda chiqish signali energiyasiga o‘zgartiruvchi qurilmaga aytiladi.
Kuchaytirishni ta’minlash uchun ideal kuchaytirgich o‘z tarkibida kirish signali ta’sirida qarshiligini chiziqli o‘zgartuvchi elementga ega bo‘lishi zarur. Lekin hozirgi kungacha qarshiligini chiziqli o‘zgartuvchi kuchaytirgich elementlar mavjud emas. Shuning uchun kuchaytirishni amalga oshirishi mumkin bo‘lgan boshqariluvchi element sifatida ВТ va MTlar ishlatiladi. Nochiziqli VAXga ega bo‘lgan holda, tranzistor amalda boshqariladigan qarshilikni ifodalaydi. Qarshilik qiymati tranzistorning ulanish usuli, boshqaruvchi signal qiymati va ishorasiga bog‘liq bo‘ladi. Tranzistorlarning asosiy kamchiliklari bo‘lib VAXining nochiziqligi va temperaturaga bog‘liqligi hisoblanadi.
Kuchaytirgichning tuzilish sxemasi 1.11-rasmda ko‘rsatilgan bo‘lib, u kirish RKIR va chiqish Rchiq qarshiliklari hamda kuchlanish manbaidan tashkil topgan. Kuchaytirish kaskadi, ko‘p kaskadli kuchaytirgich yoki OK kuchaytirgich bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Kuchaytirgichning 1 va 2 kirish elektrodlariga kuchaytirilishi zarur bo‘lgan signal manbai (datchik) ulanadi. Datchik EYUK generatorli EG ekvivalent ikki qutblilik (1.11a-rasm) yoki ichki qarshiligi RG bo‘lgan tok generatori IG (1.11b-rasm) sifatida ko‘rsatiladi.
Agar Rkir>>Rg bo‘lsa, kuchaytirgichni boshqarish kuchlanish bilan amalga oshiriladi. Bu holda kirish toki e’tiborga olmasa bo‘ladigan darajada kam va kuchaytirgich kirishida UKIR signal EG ga yaqin bo‘ladi. Rkir << Rg bo‘lganda esa, EC/RG ga yaqin kirish toki IKIR bilan ifodalanadi, bu vaqtda kirish kuchlanishini e’tiborga olmasa ham bo‘ladi. Bu holda kuchaytirgichni boshqarish tok bilan, Rkir ≈ Rg bo‘lganda esa boshqarish quvvat bilan amalga oshiriladi.
1.11-rasm. Kuchaytirgichning tuzilishi sxemasi.
Yuklama 3 va 4 elektrodlarga ulanadi. Agar Ryu >>Rchiq bo‘lsa, kuchaytirgich yuklamada kuchlanish manbai EYUK EG ga qadar Uchiq kuchlanish hosil qiladi, bunda chiqish toki e’tiborga olmaydigan darajada kam bo‘ladi. Bunday rejim potensial chiqish deb ataladi. Ryu << Rchiq bajarilganda esa chiqishda kuchaytirgich qisqa tutashuvga yaqin rejimda ishlaydi va chiqish toki EG/Rchiq ga qadar, chiqish kuchlanishi esa e’tiborga olmasa bo‘ladigan darajada kichik bo‘ladi. Bu rejim tokli chiqish deb ataladi.
Kuchaytirgichlarning tasniflanishu Kuchaytirgichlar turli belgilariga ko‘ra tasniflanadi: kuchaytirish koeffitsiyentlari, kirish va chiqish qarshiliklari, o‘tkazish polosasi (ishchi chastotalar diapazoni), kuchaytirilgan signal buzilish darajasi va boshqalar.
Наr qanday kuchaytirgich piravordida quvvat kuchaytirgich bo‘lishiga qaramasdan, kuchaytiriladigan kattaliklari turiga qarab, ularni kuchlanish, tok va quvvat kuchaytirgichlarga ajratiladi,
Kuchaytiriladigan kattaliklari turiga muvofiq kuchaytirish koeffitsiyentlari:
kuchlanish bo‘yicha
tok bo‘yicha
quvvat bo‘yicha
Har bir kuchaytirgich o‘zining kirish va chiqish differensial qarshiligi
, bilan ifodaianadi.
Kirish qarshiligi signal manbaiga nisbatan yuklama vazifasini bajaradi. Shuning uchun RKIR qanchalik katta bo‘lsa, signal manbai shunchalik kam yuklatilgan bo‘ladi va uning kuchlanishi kuchaytirgich kirishiga yaxshiroq uzatiladi.
Chiqish qarshiligi kuchaytirgichning yuklatilishga qodirligini ifodalaydi: u qanchalik kichik bo‘lsa, tashqi yuklama shunchalik katta tok olishi va uning qarshiligi shunchalik kichik bo‘lishi mumkin.
Yuqoridagi ifodalarda kirish va chiqish toklar, kuchlanishlar o‘zlarining o‘zgaruvchan tashkil etuvchilari bilan ko‘rsatilgan, signallar sinusoidal ko‘rinishida bo‘lgan holda ularning ta’sir etuvchi qiymatlari , ga teng bo‘ladi, bu yerda, Um va Im – ularning amplitudalari.
Agar kaskad kuchlanish bilan boshqarilsa va potensial chiqishga ega bo‘lsa, kuchaytirgich kuchlanish kuchaytirgich deb ataladi va u kuchlanish bo‘yicha kuchaytirish koeffitsiyenti KU bilan ifodalanadi.
Agar kaskad tok bilan boshqarilsa va tokli chiqishga ega bo‘lsa, kuchaytirgich tok kuchaytirgich deb ataladi va u tok kuchaytirish koeffitsiyenti KI bilan ifodalanadi.
Agar Rkir=Rg, Rchiq= Ryu bo‘lsa, kuchaytirgich quvvat kuchaytirgich deb ataladi va u quvvat bo‘yicha kuchaytirish koeffitsiyenti КP bilan ifodalanadi. Bu holda kirish signali manbai
ga teng maksimal quvvat uzatadi, kuchaytirgich esa yuklamada bo‘lishi mumkin maksimal quvvatni hosil qiladi
Bundan maksimal quvvat kuchaytirish koeffitsiyenti
Amalda ushbu kattaliklarning logarifmlari bilan ishlash qulay. Detsibellarda ifodalangan kuchaytirish koeffitsiyenti KP uchun quyidagi yozuv o‘rinli:
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
ma’ruza. Elektronika va sxemalar fani, mazmuni va usullari. Elektr signallari kuchaytirgichlari. Teskari aloqa va uni kuchaytirish qurilmalarining xarakteristikalariga ta’siri. Elektronika va sxemalar fani, mazmuni va usullari
|