ma’ruza. Elektronika va sxemalar fani, mazmuni va usullari. Elektr signallari kuchaytirgichlari. Teskari aloqa va uni kuchaytirish qurilmalarining xarakteristikalariga ta’siri. Elektronika va sxemalar fani, mazmuni va usullari




Download 1,26 Mb.
bet3/9
Sana09.02.2024
Hajmi1,26 Mb.
#153743
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1-maruza

Nanoelektronika bu o‘lchamlari 0,1 dan 100 nm gacha intervalda bo‘lgan yarimo‘tkazgichlar elektronikasi bo‘lib, mikroelektronikaning mikrominiatyurlash yo‘lidagi mantiqiy davomi, ya’ni fizik va texnologik asoslarni ishlab chiqadigan elektronika sohasi hisoblanadi. U kvant elektronikasi, qattiq jism fizikasi, fizikaviy – kimyo va yarimo‘tkazgichlar elektronikasining so‘nggi yutuqlari negizidagi qattiq jismli texnologiyaning bir qismini tashkil etadi.
“Nanoelektronika” atamasi elementlarning o‘lchamlari mikrometrlarda o‘lchanadigan zamonaviy yarimo‘tkazgichlarning mikroelektronikasidan ko‘ra kichikroq o‘lchamli elementlarga, ya’ni bir nech 10 nanometrlarga o‘tishni aks ettiradi.
Keyingi yillarda nanoelektronika muhim amaliy natijalarga erishildi, jumladan zamonaviy telekommunikatsiya va axborot tizimlarning negiz elementlarini tashkil etuvchi: geterotuzilmalar asosida yuqori samaradorlikka ega lazerlar qurilmalari, nurlanuvchi diodlar yaratildi, fotoqabulqilgichlar, o‘ta yuqori chastotali tranzistorlar, bir elektronli tranzistorlar, turli xil sensorlar yaratildi. Nanoelektronka asosida O‘YuIS va GYuIS li mikroprosessorlar va boshqa shu kabi qurilmalar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.
Nobel mukofotini beruvchi jamiyat yuqori tezlikli tranzistorlar, lazerlar va integral mikrosxemalar yaratganligi va ularni zamonaviy axborot texnologiyalarining asosini ekanligi, ya’ni yuqori chastotali texnologiya va optoelektronika uchun yarimo‘tkazgich geterostrukturalari fizikasini ishlab chiqqanligi uchun J. Alferov va G. Kremerlarga hamda integral mikrosxemani kashf etishga qoʻshgan hissasi uchun D. Kilbiga fizika bo‘yicha 2000 - yil uchun Nobel mukofotini topshirdi.
Nano o‘lchamlarga o‘tganda sxema elementlarida kvant effektlar asosiy rol o‘ynay boshlaydi, shuningdek ko‘plab yangi xususiyatlarni va shunga mos ravishda ulardan samarali foydalanish istiqbollarini ochib beradi. Mikroelektronika uchun kvant effektlari ko‘pincha zararli, chunki, masalan, tranzistor hajmining pasayishi bilan tunnel effekti uning ishlashiga xalaqit bera boshlaydi. Nanoelektronikada esa aksincha, bunday effektlardan amalda samarali foydalaniladi.

Download 1,26 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 1,26 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



ma’ruza. Elektronika va sxemalar fani, mazmuni va usullari. Elektr signallari kuchaytirgichlari. Teskari aloqa va uni kuchaytirish qurilmalarining xarakteristikalariga ta’siri. Elektronika va sxemalar fani, mazmuni va usullari

Download 1,26 Mb.