|
ma’ruza. Elektronika va sxemalar fani, mazmuni va usullari. Elektr signallari kuchaytirgichlari. Teskari aloqa va uni kuchaytirish qurilmalarining xarakteristikalariga ta’siri. Elektronika va sxemalar fani, mazmuni va usullari
|
bet | 5/9 | Sana | 09.02.2024 | Hajmi | 1,26 Mb. | | #153743 |
Bog'liq 1-maruzaAkustoelektron asboblar. Akustoelektron asboblarning ishlashi elektr signalni ultratovush to‘lqinlarga aylantirib, uni tovush o‘tkazuvchi orqali tarqalishiga va keyinchalik chiqishda yana elektr signallariga aylantirilishiga asoslanadi.
Ultratovush to‘lqinlari pezofaol materiallarda (pezoelektriklarda) hosil qilinadi. Shuning uchun ushbu sinf asboblarda ishchi muhit sifatida pezoelektrik effekt juda yaqqol namayon bo‘ladigan dielektrik va yarimo‘tkazgich kristallar olinadi. Bunda to‘g‘ri pezoeffekt deb mexanik kuchlanish natijasida pezoelektrikning qutblanish hodisasiga aytiladi. Qutblanish natijasida pezoelektrikning qarama - qarshi tomonlarida pezo - EYuK deb ataluvchi potentsiallar farqi hosil bo‘ladi. Teskari pezoeffekt deb berilgan kuchlanish natijasida mexanik kuchlanish natijasida pezoelektrikning qutblanish hodisasiga aytiladi. Ushbu effekt asosida ishlovchi qurilmalar ham funktsional elektronika asboblaridir.
Elektron komponentlarning zamonaviy ishlab chiqarilishi "pezoelektr" atamasi bilan chambarchas bog‘liq. To‘g‘ridan-to‘g‘ri pezoelektrik effekt bu - mexanik kuchlanish ta'sirida kristallda elektr qutblanishning paydo bo‘lish hodisasidir. Bu hodisani birinchi marta 1880 yilda aka-uka frantsuz olimlari Jak Kyuri (fr. Jacques Curie) va Per Kyuri (fr. Pierre Curie) tomonidan kuzatilgan.
1.6-rasm.
Pezoeffektga ega materiallar:
QTS (Qo‘rg‘oshin sirkonat-titanati);
Bariy titanat (BaTiO₃);
litiy niobat (LiTaO₃);
kvarts;
turmalin va b.
1.7-rasm.
Bundan tashqari hozirda funktsional elektronika asboblvaridan magnitoelektron asbobdar ham keng qo‘llanilmoqda. Ularning ishlashi moddalarning magnit hossalariga asoslanadi. Magnitoelektron asboblarda asosan ferromagnit materiallar ishlatiladi. Ular domen tuzilishga ega, ya’ni butun hajmi ko‘p sonli lokal sohalar – domenlardan tashkil topadi.
1.8-rasm.
Magnitoelektronika asboblaru Magnitoelektron asboblarda ferromagnit materiallar ishlatiladi. Ular domen tuzilishga ega, ya’ni butun hajmi ko‘p sonli lokal sohalar - domenlardan tashkil topadi. Domenlar to‘yinguncha spontan magnitlangan. Ular polosali, labirintsimon va silindrik shaklga ega bo‘lishi mumkin. Domenning chiziqli olchamlari millimetrning minglarcha ulushidan o‘nlarcha ulushiga teng. Domenlar o‘zaro chegaradosh devorlar (Blox devorlari) bilan ajralib turadi. Bu devorlarda bitta domen magnitlanganlik vektoriga nisbatan asta o‘zgarishlari sodir bo‘ladi.
Magnitoelektronika asboblarida axborot signalini tashuvchi sifatida quyidagi dinamik bir jinslimasliklarning biridan foydalaniladi:
silindrik shakldagi domenlar;
chiziqli domenlarda vertikal Blox chiziqlar (VBCh). Qo‘shni VBChlar orasidagi masofa yetarli kichik, o‘lchami 0.5 mkm bo‘lgan chiziqli domen devorida 100 bitgacha axborot saqlash mumkin;
ferromagnit materialni chastotasi kvant o‘tishlar chastotasiga teng yorug‘lik bilan yoritilganda hosil bo‘luvchi rezonanslar va to‘lqinlar;
spin to‘lqinlari va boshqalarning kvant tebranishlarini aks ettiruvchi kvazizarrachalar- magnonlar.
Silindrik magnit domen (SMD)lar asosidagi funkisonal elektronika asboblarining tuzilish va ishlash prinsipi bilan tanishamiz.
Barcha magnitoelektron qurilmalarda domenlar ishtirokidagi jarayonlar ishlatiladi, qurilmalarning o‘zi esa ikkilik sanoq tizimida aks ettirilgan axborotni qayta ishlash va saqlash uchun ishlatiladi. SMD ma’lum sharoitda umumiy formulasi RFeO3 bo‘lgan monokristall plastinalar yoki ba’zi ferritlarning yupqa pardalarida hosil bo‘ladi. Agar formuladagi R - yer ishqoriy element bo‘lsa, modda ortoferrit deb. agar ittriy bo‘lsa granat deb ataladi. Qalinligi h = 3* 10-5 – 1*10-3 smli ortoferrit plastina yoki granat pardasi tashqi magnit maydon mavjud bo‘lmagan holda magnitlanganlik vektorlari qarama-qarshi yo‘nalgan chiziqli domenlardan tuziladi. Keltirilgan qalinliklarda domenlar materialning butun ko‘ndalang kesimini egallaydi va turli shaklga ega bo‘ladi. Yettita chiziqli domenga ega parda (kristall)ning bir qismi 1.9a-rasmda ko‘rsatilgan. Parda sirtiga tik yo‘nalgan tashqi magnit maydon NTAsh ta’sir etganda maydon vektori yo‘nalishi tashqi maydonniki bilan bir xil domenlar kattalashadi, maydon vektoriga teskari yo‘nalgan domenlar esa kichiklashadi va tashqi magnit maydonning ma’lum qiymatida SMDlarga aylanadi (1.9b-rasm). Tashqi magnit maydon ortgan sari domenlar diametri ular yo‘qolib ketgunicha kamayadi va parda bir tekis magnitlanadi, ya’ni bitta yaxlit domen hosil bo‘lgandek bo‘ladi.
1.9-rasm. Chiziqli (a) va silindrik (b) domenlaming tuzilishi.
SMDlar diametri ferrit materialiga qarab 50 ÷ 1 mkm bo‘ladi. SMDlarning turg‘un saqlanishi tashqi magnit maydon borligi hisobiga amalga oshadi. SMDlarning borligi (yoki yo‘qligi) lkkilik sanoq tizimida aks ettirilgan axborotning saqlanishiga teng deb qaralishi mumkin. Ushbu holat katta hajmga ega xotira qurilmalarni hosil qilish uchun ishlatiladi, chunki ortoferrit kristallining 1 sm2 yuzasida chamasi 107 bit axborot saqlanishi mumkin.
Boshqa tomondan yondoshilganda, agar kristallning ma’lum pozitsiyalarida SMDlar generatsiyasi ta’minlansa, ular diskret siljitish axborotlarni yozish va o‘qish hamda o‘chirish uchun ishlatilishi mumkin.
SMDning ma’lum nuqtaga (manzilga) siljitilishi quyidagicha amalga oshiriladi. Asosiy yupqa parda sirtida applikatsiyalarga aylanish o‘qi asosiy parda sirtiga tik yo‘nalgan aylanib turuvchi tashqi NboshQ maydon ta’sir etadi. Aylanib turuvchi magnit maydon bir-biriga nisbatan 90° ga burilgan, ikki fazali tok bilan ta’minlanuvchi ikkita g‘altak yordamida hosil qilinadi. Bu holda natijalovchi maydon NboshQ vektori soat strelkasi bo‘ylab w burchak tezlik bilan tekis buraladi. NboshQ maydon SMDga amaliy ta’sir ko‘rsatmaydi, lekin permalloyli appiikatsiyalarda magnit zaryadlar qutblarining davriy qayta taqsimlanishini hosil qiladi. Aytib o‘tilgan qutblarning SMDga ta’siri uni chapdan o‘ngga siljishiga olib keladi.
1.10-rasm. SMD asosidagi xotira qurilmasi: ustidan ko‘rinishi (a) va qirqimi (b)
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
ma’ruza. Elektronika va sxemalar fani, mazmuni va usullari. Elektr signallari kuchaytirgichlari. Teskari aloqa va uni kuchaytirish qurilmalarining xarakteristikalariga ta’siri. Elektronika va sxemalar fani, mazmuni va usullari
|