• Xavflar taksonomiyasi
  • Xavflar ro‘yxati
  • HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGINING ASOSIY TUSHUNCHALARI VA TERMINLARI




    Download 114.6 Kb.
    bet2/7
    Sana30.05.2023
    Hajmi114.6 Kb.
    #67127
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    1 ьфкгяф
    gfhfghjngfjf
    2. HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGINING ASOSIY TUSHUNCHALARI VA TERMINLARI
    Xavf-xatar deganda, odam sog‘ligiga bevosita yoki bilvosita zarar yetkazadigan ko‘ngilsiz hodisalar tushuniladi. Xavfning bunday tushunchasi oldingi standart tushunchalar (ishlab chiqarishning xavfli va zararli omillari)ni o‘z ichiga oladi, chunki hayot faoliyat xavfsizligi faoliyatning hamma shakllari va omillarini nazarda tutadi. Hayot faoliyatga to‘g‘ri kelmaydigan elementlar tizimi, kimiyoviy hamda biologik faol moddalar yashirin xavfga egadir.
    Xavflar taksonomiyasi – bu murakkab hodisalarni, tushunchalarni, kishi faoliyatiga qaratilgan narsalarni tasniflash va tizimlash to‘g‘risidagi fandir. U faoliyat xavfsizligi borasida bilimlarni uyushtirishda, xavflarning tartibini yanada chuqurroq o‘rganishda katta ahamiyatga ega.
    Taksonomiya yangi fan bo‘lib, hali to‘la ishlab chiqilmagan. Biroq uning ayrim qismlari quyidagilarni tashkil etadi:
    - kelib chiqishi bo‘yicha xavflar: tabiiy, texnik, ekologik, aralash bo‘ladi;
    - rasmiy standartga asosan fizik, ximiyaviy, biologik va ruhiy turl arga bo‘linadi;
    - salbiy oqibatlarning ro‘y berish vaqti bo‘yicha impul’siy (beixtiyor harakat) va kumulyativ (tusatdan keluvchi) turlarda bo‘ladi;
    - xavflar tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha (lokalizatsiya) – litosfera, gidrosfera, atmosfera va koinot bilan bog‘liq bo‘ladi;
    - kelib chiqadigan oqibatlariga ko‘ra charchash, kasallanish, jarohatlanish, halokatlar, yong‘inlar ko‘rinishida bo‘ladi;
    - keltiradigan zarari bo‘yicha ijtimoiy, texnik, ekologik va boshqa turlarga bo‘linadi;
    - namoyon bo‘lishi bo‘yicha maishiy, sport, yo‘l-transport, ishlab chiqarish va harbiy bo‘ladi;
    - olamga ta’siri bo‘yicha o‘ta ta’sirchan (zaharlar, kislotalar) va sust (narkotik moddalar, arok, sigaret) bo‘ladi. Sust ta’sir deganda odamning o‘zi sababchi bo‘ladigan xavf tushuniladi.
    Xavflar ro‘yxati – bu aniq bir tartiblar bo‘yicha qo‘yilgan nomlar, atamalardir (o‘zgaruvchan harorat, havo harakatining tezligi, havo bosimi, yorug‘lik, havoni ionlash, portlash, gerbitsid, shovqin, tebranish, yon g‘in, zaharli moddalar, lazer nuri, elektr yoyi va boshqalar). Har bir tekshiriladigan ob’ektda o‘tkaziladigan aniq tekshirishlar uchun shu ob’ekt (tsex, ish joyi, texnologik jarayon, kasb) da uchraydigan xavflar ro‘yxati tuziladi.Xavflar kvantifikatsiyasi hayot faoliyat xavfsizligini taminlashga qaratilgan tadbirlar uchun yetarli darajada kerak bo‘lgan miqdoriy, vaqtincha, fazoviy va boshqa xususiyatlarni aniqlab amalga oshirish jarayonidir. Tenglashtirish jarayonida aniq bir masalani hal qilishda xavflar ro‘yxati, zarar va boshqa omillar aniqlanadi.

    Download 114.6 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 114.6 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGINING ASOSIY TUSHUNCHALARI VA TERMINLARI

    Download 114.6 Kb.