Peshonaga taqiladigan taqinchoqlar




Download 125,79 Kb.
bet18/23
Sana19.01.2024
Hajmi125,79 Kb.
#140813
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Bog'liq
Ma’ruza II o‘zbek xalqining etnografiyasi, etnogenezi va etnik t-fayllar.org

Peshonaga taqiladigan taqinchoqlar. Peshonaga taqiladigan ziynat buyumlarining turi juda ko‘p bo‘gan. Ularning hammasini bir umumiy nom bilan manglayduzi deb atashgan.
Bibishoh ham ba'zi joylarda peshonaga taqilgan. Ayrim hollarda peshonaga taqish uchun tilla yoki zulfizar ishlatilgan. Bu bezak o‘rtada bosma naqshlari ustiga rangli toshlar va shishalardan donachalar qadab bezatilgan tillakori turinjdan iborat bo‘lib, atroflariga ko‘pdan-ko‘p tilla qubbachalar popukchalar, oynachalar bilan bezatilgan ikkita ilgak ip ham taqib qo‘yilgan. Turunj manglayga yo bosh orqasiga taqilgan, uchlarida katta-katta popiklari bo‘lgan ipni esa boshga ikki-uch o‘rab, chakkalaridan yelkaga tegar-tegmas qilib osiltirib qo‘ygan. Yurganda ziynatlarning hammasi silkillab, yoqimli jiringlagan ovoz bergan, tilla va ochiq feruza ranglarda tovlanib turgan.
O‘zbekistonning bir qator muzeylarida ana shunga o‘xshash manglaydo‘zilarining bir qancha turi saqlanmoqda. Bular orasida Xorazmda XIX asrda yasalgan manglaydo‘zilarni ko‘rsatib o‘tish mumkin. Ularni biri kumush, asl marjon, feruza va shishadan yasalgan bo‘lib, zarhal berilgan, nozik sim to‘qimasi bor. (Xivadagi “ichan qal'a” davlat muzey qo‘riqxonasida saqlanmoqda). Ikkinchi bir xili XIX asr o‘rtalarida kumush, fitillaqosh, tillabargak, silsila, qush ini, qanoti osma buyumlarni aytib o‘tish mumkin. Ayniqsa, tilla-osh deb ataluvchi bezak nihoyatda qadrlangan. Uni odatda kelinning nikoh libosida yoki raqqosalarda uchratish mumkin edi. Uni turli joylarda turlicha nomlashgan. Masalan, Buxoroda boloobro‘, deyishgan. Uning shokilalar osilgan ostki qismi qoshga o‘xshaydi. Xivada qo‘llanilgan xilini osmado‘zi deb yuritilgan. Tillaqoshga o‘xshagan bezaklardan boshqa bir xili bargak yoki taxtacha bargak deb atalgan.
Toshkent tillabargagi bir-biri bilan oshiq-moshiq yordamida biriktirilgan o‘n beshta to‘rtburchak yupqa tangachalaridan iborat bo‘lgan. Bosma naqshli tangachaning o‘rtasida tevaragi feruza toshchalar bilan aylantirilgan qizil shisha gul bor. Ba'zi tangachalarning tepa qismida ham xuddi shunday gul bo‘lib, orqa tomonda urg‘ochi va erkak o‘rdaklarning “urma” patlarini qistirib qo‘yish uchun kichkina-kichkina bog‘ichlar qilingan. Pastda esa manglayni qoshgacha berkitib turadigan ikki qat shildiroq shokila biriktirilgan. Xorazmda oshiq-moshiqlar deb nom olgan bunday taqinchoqning dastlabki nusxasi odam qiyofasini eslatuvchi yupqa taxtachadan iborat bo‘lgan.



Download 125,79 Kb.
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Download 125,79 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Peshonaga taqiladigan taqinchoqlar

Download 125,79 Kb.