|
Chakkaga taqiladigan taqinchoqlar
|
bet | 19/23 | Sana | 19.01.2024 | Hajmi | 125,79 Kb. | | #140813 |
Bog'liq Ma’ruza II o‘zbek xalqining etnografiyasi, etnogenezi va etnik t-fayllar.orgChakkaga taqiladigan taqinchoqlar. Har-xil gajaklar, taqinchoqlardan iborat. Buxoro gajaklaridan “qushduo” gajagi ikki girx shakl bilan bezatilgan to‘g‘riburchakli tumorlardan iborat. Unga turli zulflar qistirilgan.
Gajak taqinchoqlar ichida “butun tirnoq”, “yarim tirnoq”, “naycha” degan taqinchoqlar yirikligi va murakkab ishlangani bilan ajralib turadi. “Butun tirnoq” gajagi “zalvorli” besh burchak g‘ilofdan iborat. Burchaklarida feruza ko‘zli qublari bor. “olma guli” naqshli ko‘zga yaqqol tashlanib turadi.
Quloqqa taqiladigan taqinchoqlar. Quloqqa sirg‘a taqish juda qadim zamonlardan buyon davom etib kelayotgan odat. Sirg‘alar katta-kichikligi, bezagi jihatidan nihoyatda rang-barang xilma-xildir. Mitti sirg‘alardan tortib yelkagacha osilib tushgan sirg‘alar yasalgan, ayniqsa, xalqa sirg‘alar keng tarqalgan, Farg‘ona vodiysida qoshqarbaldoq sirg‘ani yaxshi ko‘rishgan.
Sirg‘alar kumush, asal marjon, dur shisha, qimmatbaho tosh parchalaridan nozik sim to‘qimalar bilan zarxal berib ishlangan.
Sochga taqiladigan taqinchoqlar. O‘rilgan sochga “sochpopuk”, “sochbog‘”, “ruqta do‘mbiroq”, “yumaloq” degan nomlari bilan ma'lum bo‘lgan bezaklar taqilgan. Ularga xilma-xil shokilalar osilgan bo‘lib, shokilalar qubba, yaproq, uchli, tomchinusxa ko‘rinishlarida yasalgan. Sochpopuklar orasida “zarkokil” yoki “chulpa” nomli sochpopuklar kumush yoki tilla tangachalar tizmasidan qilingan. Katta soch o‘ramlarini tutib turish uchun “tufak” deb ataladigan taqinchoq ishlatilgan.
Burunga taqiladigan taqinchoqlar orasida eng ko‘p tarqalgani arabak deb ataladigan sirg‘adir. Arabak taqish juda sharafli ish hisoblangan. Bu odat Arabiston yo Hindistondan kirib kelgan bo‘lsa ajab emas. Arabak taqish uchun burun katagi teshilgan. Samarqanddagi davlat tarix-arxeologik muzey-qo‘riqxonasida XIXasr– XX asr boshida ishlangan arabak (buloqi) sirg‘a saqlanmoqda. U kumush, dur, shisha, qimmatbaho tosh parchalaridan ishlangan.
Bo‘yinga taqiladigan taqinchoqlar. Bo‘yinga turli-tuman marjon, munchoq, dur tumor taqishgan. Jevak deb atalgan taqinchoq ham ishlatilgan. Jevak arpa donlariga o‘xshagan mayda shokilalardan yasalgan. Shokilalarga bosma gul tushirilib, tilla suvi yugurtirilgan. U bir yoki bir necha marjon shodasi, tizimidan tuzilgan bo‘lib, o‘rtaga turli shakldagi turunj joylashtirilgan.
Jevaklar kumush, asl marjon, feruza, la'ldan ishlangan. Bosma usulda, zarhal berib yasalgan.
|
| |