Ma’ruza II o‘zbek xalqining etnografiyasi, etnogenezi va etnik tarixi Reja




Download 125,79 Kb.
bet16/23
Sana19.01.2024
Hajmi125,79 Kb.
#140813
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   23
Bog'liq
Ma’ruza II o‘zbek xalqining etnografiyasi, etnogenezi va etnik t-fayllar.org

Taqinchoqlar. An'anaviy taqinchoqlar majmui ham xuddi kiyimlar singari muayyan xalqning, etnosning hamda etnografik va lokal guruhlarning o‘ziga xos etnik xususiyatlarini ma'lum ma'noda aks ettiradi. Taqinchoq, bezaklar qaerda va qachon paydo bo‘lganini aniq aytish qiyin. Lekin miloddan oldingi VI ming yillikning oxiri – III ming yillikda (neolit davrida) xilma-xil tosh va chig‘anoqlardan munchoq va shokilalar tayyorlash keng tarqalgani ma'lum. Taqinchoqlar shaklan turli-tuman ko‘rinishda ishlangan: kungurador doira, astvona (silindr), yassi tuxumsimon, romb, suyri, uch burchak, dumaloq, uchli va hakozo.
Amudaryo xazinasi (miloddan avvalgi III – I asrlar mobaynida butun Markaziy Osiyo yerlarida xukmronlik qilgan Ahmoniylar sulolasi davriga mansub) (bu topilma hozirda Angliyada saqlanmoqda) qadimiy bezak-taqinchoqlari haqida fikr yuritishimizga dalil bo‘ladi.
Ajdodlarimiz juda qadimdan feruza va marmar nus’ha la'ya (oniks)dan dumaloq va uchli munchoqlar yasashgan. Ular asosan hosildorlik, ma'murchilik ramzi sifatida, ins-jinslardan saqlanuvchi tumorlar tariqasida ishlatib kelingan.
Eneolit davrida lojuvard, ohak, haqiq singari qimmatbaho toshlardan ko‘plab va xilma-xil munchoqlar yasash yo‘lga qo‘yiladi. Mis bilaguzuk, uzuklar uchi uchli yupqa xalqa tilla sirg‘alar yasaladi. Naqshsiz, silliq, to‘g‘ri, chiiqlar, xalqalar, naqshlar bilan pardozlangan, bosma naqshlar bilan zeb berilgan to‘qima kamarlar rangli shisha, feruza, haqiq, lojuvard munchoq, shokilalar miloddan olddingi I ming yillik davrida keng miqyosida qo‘llanib kelingan bezak buyumlardan hisoblanadi.
Hayvon tasviri berilgan feruza ko‘zlar qadalgan tilla bilaguzuklar qo‘llariga gul va qush tutib turgan Anahitoz tasvirlangan dumaloq ko‘zli quyma oltin uzuklar, turunj (medalon) va shokilali keng tilla halqalar xanuzgacha barchani lol qoldirmoqda. Milloddan avvalgi I ming yillik oxirlari va milodning dastlabgi asrlariga oid qush ilonbosh brinchga taqiladigan taqinchoqlar, bo‘yinga taqiladigan taqinchoqlar, ko‘krak taqinchoklari, qo‘l-oyoq taqinchoqlari va hakozo.
Ayollar libosini yanada nazokatli, jozibali va chiroyli qilib ko‘rsatadigan bezak taqinchoqlardir. Nodir, qimmatbaho bezak buyumlar taqish odati juda qadim zamonlardan davom etib keladi. Respublikamizning turli yerlarida o‘tkazilgan va hozirda ham olib borilayotgan arxeologik qazishmalar vaqtida topilgan xilma-xil bezak, taqinchoqlar fikrimizning yorqin dalili bo‘la oladi.
Muzeylarda saqlanayotgan topilmalar Respublika hududlarida (Yunon-Baqtriya podsholigi mil. avv. III – II asrlar, qadimgi Xorazm mil. avvgi. I asr o‘rtalaridan mil. VIII asrlargacha) zargarlik rivojlanganligini ko‘rsatadi. Buxoro, Samarqand, Toshkent, Xiva, Qo‘qon, Shahrisabz, Qarshi, Marg‘ilon, Andijon, Namangan va boshqa shaharlarda zargarlik keng rivojlangan.
Taqinchoqlar bosh (tillaqosh, tillabargak, gajak, bodomoy, bibishak, qo‘shduo va b.), bo‘yin-ko‘krakka (turli marjon va marvaridlar, zebigardon, nozigardon, jevak, talgajevak, bo‘yintumor, ko‘kraktumor, qo‘shiktumor, bozuband va b.), soch (sochpopuk, tuf), quloq-burun (buloqi, isirg‘a va b.), qo‘llar (uzuk, bilaguzuklar)ga taqilgan. Arxeologlar tomonidan topilgan juda qadimgi tosh munchoq, to‘g‘nog‘ichlar, jez davriga oid bilaguzuk, to‘g‘nog‘ich va tugmalar ilk ajdodlarning dastlabki bezaklaridan xabar beradi. Keyingi davrda yaratilganlari esa o‘rta asrlarga oid devoriy rasmlar, qo‘lyozma asarlarga ishlangan miniatyuralarda ham aks etgan. Bu taqinchoqlar asta-sekin vaqt o‘tishi bilan bir-birini to‘ldirib, XIX asr oxiri XX asr boshlarida yaxlit majmuani vujudga keltirdi.
Taqinchoqlar ishlab chiqarish xom-ashyo sifatida qimmatbaho va rangli metallar (qalay, oltin, kumush va b.) qotishmalari, qimmatbaho va yarim qimmatbaho toshlar (feruza, fionit, olmos, aqiq, zumrad, yoqut kabi), plastmassa, tabiiy toshlar, suyak, emal, shisha va boshqa ishlatiladi. Taqinchoqlar jimjimador qilib rakxori, kumushni qoraytirib savodkori, panjarali shabaka va boshqa usullarda o‘yma va bo‘rtma naqshli qilib turlicha shokilalar bilan bezatilgan.

Download 125,79 Kb.
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   23




Download 125,79 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ma’ruza II o‘zbek xalqining etnografiyasi, etnogenezi va etnik tarixi Reja

Download 125,79 Kb.