Ma’ruza II o‘zbek xalqining etnografiyasi, etnogenezi va etnik tarixi Reja




Download 125,79 Kb.
bet13/23
Sana19.01.2024
Hajmi125,79 Kb.
#140813
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   23
Bog'liq
Ma’ruza II o‘zbek xalqining etnografiyasi, etnogenezi va etnik t-fayllar.org

Kiyim kechaklar. O‘zbeklarning usti-boshi asrlar davomida ko‘p marta o‘zgarib, yangilanib va takomillashib kelmoqda har-bir davr zamonning o‘ziga xos, milliy, an'anaviy kiyim-kechagi bor.
O‘zbekiston hududida yashagan eng qadimgi ajdodlarimizning kiyimlari ham dunyoning boshqa mintaqalaridagi qadimgi kishilar kiyimlari kabi tabiiy iqlim, turmush sharoitlari va urug‘-qabila an'analari asosida shakllangan.
O‘tmish kiyim-kechagi, ularning shakllari, mahalliy xususiyatlari va ularga ishlatilgan matolar respublika hududidagi arxeologik yodgorliklar (Afrosiyob, Varaxsha, Bolaliktepa, Xolchayon, Ayritom va b.)dan topilgan devoriy rasmlar, haykalchalar, mayda naqshlar, torevtika (metallga ishlangan relef), yozma manbalarda, qo‘lyozma kitoblarga ishlangan mo‘jaz tasvir (miniatyura)larda aks etgan. Kiyimlarning dastlabki shakli taraqqiyoti to‘qimachilikning paydo bo‘lishi bilan bog‘liq. Arxeologik ma'lumotlarga ko‘ra, O‘rta Osiyo hududida to‘qimachilikning vujudga kelishi yangi tosh asri – neolitga borib taqaladi. Asosan, bu davrda Kopettog‘ etaklarida (Joytun madaniyati) to‘quv dastgohlarining qoldiqlari aniqlangan. Mil. av. VI asrda kiyimda jun matolari teri matolarini siqib chiqargan. Mil. av. II asrga oid kiyim qoldiqlari O‘zbekistonning Surxondaryo viloyati hududida joylashgan Sopollitepadan topilgan.
Munchoqtepa (Farg‘ona vodiysi)dan ilk o‘rta asrlarga oid erkak, ayol va bolalar ust-boshlari topilgan. Ayollar ko‘ylagi uzun bo‘lib, ipakdan tayyorlangan va etagi to‘pig‘igacha tushgan, etagining eng quyi qismidan ikki yon to-mondan 10–15 sm qirqib qo‘yilgan, bellariga esa kamar (belbog‘) bog‘lab zeb berilgan. Bolalar kiyimi ham ipakdan kalta qilib tikilgan bo‘lib, belidan sal pastga tushib turgan. Ko‘ylak etagidan, ya'ni beli atrofidan ikki tomondan 10–15 sm qirqib qo‘yilgan. Yoqalari to‘g‘ri va belida maxsus tasma-belbog‘i bo‘lgan. Tashqi choklar ensiz lenta bilan tikib mustahkamlangan. Qiz bolalar ko‘ylagining ko‘krak qismi, yengining uchi va etagi maxsus qadama gullar bilan bezatilgan. O‘ng qo‘l tomonidan esa o‘yma cho‘ntak tikilgan. Kiyimga munchoqdor tikilib zeb berilgan, yengi va ko‘krak qismiga mayda marjondan naqshlar ishlangan.
Toxariston va Sug‘d kiyim-kechaklarini qiyosiy o‘rganish shu narsadan dalolat beradiki, Markaziy Osiyo xalqlarining tarixiy taraqkiyot yo‘llari va taqdirlari mushtarak bo‘lgan, madaniyatlari esa bir-biriga ta'sir ko‘rsatib kelgan. V- VIII asrlarda Toxaristonda yelkasi yopishib turadigan va etagi trapetsiyasimon ko‘rinishdagi kiyimlar kiyilgan. Topilgan yodgorliklarda jamiyatning yuqori tabaqasining hamda xizmatkor va san'at namoyandalarining hayot tarzi aks ettirilgan. Ayniqsa, Afrosiyob, Bolaliktepa devoriga ishlangan tasviriy suratlarda kiyimlarning ijtimoiy va jinsiy tafovutlarini ko‘rish mumkin. O‘zbekiston hududida yashaydigan xalqlarning kiyim-kechaklari uzluksiz o‘zgarishi va rivojlanishi faqat shu hududning ijtimoiy-siyosiy va etnik tarixi bilan bog‘liq bo‘lmay, balki butun Markaziy Osiyo tarixi va ijtimoiy hayoti bilan ham bog‘liqdir.
Devoriy suratlardan ma'lum bo‘ladiki, ilk o‘rta asrlarda mahalliy aholining kiyimlari bichimi, asosan, bir xil bo‘lgan. yengsiz, uzun, ba'zi hollarda yengi keng qilib bichilgan. Kiyimlarning yon tomonida, odatda, yirmoch-qiyiq joyi, yonlama yoqasi bo‘lganki, bu holni o‘zbek xalqining bugungi kundagi kiyim-kechaklarida ham kuzatish mumkin. Maxmud Koshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk” asarida ham juda ko‘plab qadimgi kiyimlar va gazlamalar (30 ga yaqin)ning nomi berilgan.
Shuningdek,, o‘rta asrda yaratilgan miniatyuralarda ham o‘zbek xalqining o‘sha davrdagi kiyimlari aks etgan. XII asr miniatyuralarida tasvirlangan erkak va ayol kiyimlari etagi birmuncha keng, o‘ziga xos bichimda dumaloq shakldagi ko‘ylaklar kiyganini ko‘rish mumkin. Old qismi qisqaroq, orqasi uzunroq bu ko‘ylaklarning astari ko‘pincha yo‘l-yo‘l matodan tikilgan. Erkak va ayollar ko‘ylaklari tashqi jihatdan o‘xshash bo‘lsa-da, ularda ko‘pgina farqli jihatlari bor: ayollar kiyimining yengi pastga qarab kengayib borgan, erkaklarnikida esa bilagiga yopishib turgan. Erkaklar cholvorning poychasini uzun qo‘njli etikka tiqib, boshiga salla o‘rashgan. Askarlar esa kiyim ustidan sovut kiyishgan. Asosan, turli rangdagi silliq matolardan tikilgan kiyimlar urf bo‘lgan. Mo‘g‘ul bosqinchilarining kelishi natijasida zo‘rlik bilan kiritilgan mo‘g‘ul-xitoy an'analari o‘zbek xalqi liboslariga ham o‘z ta'sirini ko‘rsatdi. XV asrga kelib, temuriylar hukmronligi davrida erkak va ayollarning turli rangdagi ichki va tashqi qavatli, ya'ni turli rangdagi avra-astarli ikki uzun libos kiyishi odatga aylangan. O‘z navbatida bu davrda Samarqand, Hirot, Sheroz kabi shahar-larda bashang, rang-barang, sodda va jozibali mahalliy bichimdagi libos-lar shakllangan. Shuningdek,, turli mintaqalar kiyinish uslublari, rang tanlanishi va ayrim bezaklari bilan farqlanib turgan.
XVII – XVIII asrlarda oldingi an'anaviy bichimdagi kiyimlar taraqqiy etgan holda kiyimlarda Buxoro, Samarqand, Xorazm, Farg‘ona, Toshkent kabi shaharlarga xos turlar ham shakllanib bordi. Bu holat kiyimlarda o‘ziga xos qismlarning vujudga kelishi, o‘zgacha poyafzallar, bosh kiyimlar kiyila boshlanganligi, turli matolardan foydalanilganini aniq ko‘rsatib turardi.
XIX – XX asrlar boshida o‘zbek milliy kiyimlari majmui shakllanib ulgurgan edi. Bu davrda O‘rta Osiyoning boshqa mintaqalari, shuningdek, O‘zbekistonda ishlab chiqarish munosabatlarining rivojlanishi, savdo aloqalarining taraqqiy etib kengayishi va Rossiya imperiyasi tomonidan o‘lkani mustamlaka qilib olinishi natijasida mintaqaga fabrika gazlamalarining keng miqyosda kirib kelishi va o‘z navbatida, yangi inoetnik kiyim-boshlar nusxalari paydo bo‘lishiga sabab bo‘ldi. Ayniqsa, tikuv mashinasining kirib kelishi kiyimlar tayyorlash jarayonida o‘ziga xos “inqilobiy” hodisa bo‘ldi.
O‘zbeklarning an'anaviy kiyim-boshlari ichida erkaklarning milliy liboslari alohida ajralib turgan. Kiyimlari (to‘n, ko‘ylak, yaktak, ish-ton va b.) yaxlit bichimli, bichimi to‘g‘ri, keng va uzun bo‘lib, eni buzilmagan bir bo‘lak mato yarmidan bir-biriga ulab uzunasiga tikilgan, yon qismi esa etagiga qarab kengayib borgan. Dastlab erkaklar ko‘ylagi uzun, tizzadan pastga, keyinroq esa belning yarmisiga tushadigan qilib tikilgan. Umuman, O‘zbekiston hududida erkaklar orasida bir nusxadagi to‘n, ko‘ylak-yaktak, ish-ton, do‘ppi, salla, telpak, kavush-mahsi, etik, choriq, turli yordamchi kiyim-lar kiyilgan. Erkaklar ko‘ylagi Farg‘ona vodiysida uzun, tik yirmoch-qiyiq joyi uzunroq mato bo‘lagidan bichilib, burchak-burchak qilib, 2 qiyiq kesilgan hamda uchlari keng olinib tikilgan. Boshqa xil bichimdagi ko‘ylak-larda yirmoch yotiq, u yelkadan bu yelkagacha olingan. Bunday ko‘ylaklar “mullavachcha” ko‘ylak deyilgan. XIX asr oxiri XX asr boshlarida mamlakatning turli mintaqalarida kalta, tik yoqali “no‘g‘oy yoqa ko‘ylak”, “bo‘g‘ma yoqa” ko‘ylaklar kiyish ommalashgan bo‘lib, bu ko‘ylakni dastlab shahar aholisi, ayniqsa, savdo ahli kiygan. O‘zbeklar orasida bo‘z, ipak, ip gazlamalardan tikilgan oldi ochiq yaktak ko‘ylaklarni yoshlar va qarilar birdek yoqtirib kiyishgan. Erkaklar ishtoni yuqori qismi keng, poychalari torroq tikilib, to‘piqqacha tushib turadi, yuqori qismiga ishtonbog‘ o‘tkazish uchun milkiga gir aylana baya-chok qilingan. Sovuq fasllarda ishton ustidan astarli yoxud astarsiz shim kiyilgan, u asosan, ip gazlama va jun gazmollardan tikilgan. Chavandozlar, ovchilar namat-kigizdan, jun-mo‘ynadan, oshlangan teridan tikilgan cholvor kiyishgan. Chopon (to‘n), jomakor, kamzul, jelak, chakmon erkaklarning mavsumiy kiyimlari qatoriga kirgan. To‘n (chopon)lar avra-astarli holda paxta solib qavilgan. Oldi ochiq uzun bo‘lgan. Yurganda, otga minganda, yerda chordona qurib o‘tirganida qulay, ix-cham bo‘lishi uchun yon tomonlariga kesik-yirmoch qo‘yilgan, belbog‘ bog‘langan. To‘nlar avrasi beqasam, kimxob, baxmal, shoyi, satin, chit va boshqa matolardan tikiladi.
To‘nlar mahalliy xususiyatlarga ko‘ra ham farqlangan. Farg‘ona vodiysi, Toshkent va Xorazmda gavdaga yopishib turadigan sirma-qavima choponlar ko‘proq rasm bo‘lgan bo‘lsa, Buxoro, Samarqand, Shahrisabz va boshqa joylarda qimmatbaho matolardan zardo‘z to‘nlar tikilib, yoqasi, etagi va yeng uchlariga turli rangdagi zar iplarda kashta tikib, atrofiga gavhar toshlar qadab bezatilgan. Bunday to‘nlarni xon va amaldorlarga sovg‘a qilishgan. Umuman, xalqimiz orasida hurmatli kishilarga, ustozlarga, quda va kuyovlar, aziz mehmonlar va boshqalarga to‘n kiygizish udumi saqlanib qolgan.
Chakmonlarning bosma chakmon, boqoti chakmon, qoqma, tivit chakmon kabi turlari mavjud bo‘lib, ularni rangiga qarab ko‘k chakmon, malla chakmon, oq chakmon deb atashgan. Chakmon bichimiga ko‘ra to‘nga o‘xshash bo‘lib, asosan qo‘y va tuya terisidan faqat avrada tikilgan va chopon ustidan kiyilgan. Qishda qo‘tonlari kevanak kiyishgan.
Chopon ustidan bog‘lanadigan belbog‘ bo‘z, chit, satin, beqasam kabi matolardan tikilgan.
Erkaklarning milliy oyoq kiyimlaridan etik, kavush-mahsi, choriq, takaki etik, mukki, toshtovon, choriq-poypush kabi oyoq kiyimlari mavsumiy hisoblangan. Qo‘nji tizzagacha bo‘lgan poshnali etiklar no‘g‘oy etik, qora etik deb yuritilgan.
XX asrning 1- choragida ayollar kiyimlarining yoqalari asosan vertikal va gorizontal ko‘rinishda bo‘lgan. Ko‘ylak yoqalari etnogenetik emas, balki funksional ahamiyat kasb etgan: vertikal yoqali ko‘ylaklar chaqaloqlarni emizishda qulay bo‘lgani uchun, asosan, ona bo‘lgan ayollar kiygan. Bunday ko‘ylaklar “onalik ko‘ylagi” yoki “ayol ko‘ylak” deyilgan. 20–30- yillarga kelib, “ko‘krak burma” ko‘ylaklar ommaviy urf bo‘lgan. “Ko‘krak burma” kuylaklar dastlab Toshkentda paydo bo‘lgan. 50- yillarga kelib, ayollar va qizlar ko‘ylagi orasidagi farq yo‘qolib vertikal ko‘rinishdagi kuylaklar rasm bo‘la boshlagan. 80- yillarda “ko‘krak burma”, yoqali, yengi kalta atlas ko‘ylaklarni kiyish rasm bo‘ldi.
XX asrning 20–70- yillarida sodir bo‘lgan ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy o‘zgarishlar natijasida an'anaviy milliy kiyimlar tarkibiga yevropacha rusumdagi kiyimlar kirib kelgan. Buni milliy kuylaklar bilan birga yevropacha shim bilan kiyiladigan kiyimlarda ko‘rish mumkin. Ayniqsa, bu davrda erkaklarning oyoq kiyimlarida yevropacha bichimdagi poyafzallar keng rasm bo‘lishiga qaramay mahsi, etik kabi oyoq kiyimlar o‘zining an'anaviy ko‘rinishini saqlab qolgan va asosan keksalar orasida ko‘proq tarqalgan. Bu davrda erkaklarning maxsus ish kiyimi yaratildi, o‘g‘il bolalar kiyimlarida ham evolyusion jarayon sodir bo‘lgan bo‘lib, milliy kiyimlar yevropa kiyimlari bilan uyg‘unlashgan holda kiyilgan. 60–70 yillarga kelib poyafzal fabrikalarda ishlab chiqarilgan turli shakldagi ayol va erkaklarning yozgi tuflilari, qishki etiklar ommaviy rasm bo‘lgan.
Ayollarning an'anaviy kiyim-boshlari ko‘ylak, lozim, chopon, mursak, peshmat, kamzul, nimcha, paranji-chachvonlardan hamda xilma-xil ro‘mollar, rang-barang do‘ppilardan iborat bo‘lgan. Mahsi, kavush, boshmoq kabi poyafzallar charmdan tikilgan, kalishlar rezinadan quyilgan.
Ayollar kiyimlarining nafisligi, xilma-xil go‘zal bo‘lishiga mohir o‘zbek zargarlari tayyorlagan taqinchoq va zeb-ziynatlar yanada ko‘rk qo‘shgan.
Ko‘ylaklarning yirmochi ko‘ndalang yoki “yelka yoqa”, “qozoqi yoqa”, “vaqvaqa yoqa”, “qaytarma yoqa” turlarini ko‘proq qariyalar va kelinlar kiyganlar. yelka yoqa kuylaklar yirmochining chekkalariga turli xil jiyak, chiroz, tasma yoki turli rangdagi ipak iplardan yo‘rma usulda kashta tikib chiqilgan. Kiyim shakllari milliy yo‘l-yo‘l, sidirg‘a va gulli matolar bilan moslashgan, old etagi, yeng uchi, yoqasi gulli jiyak bilan hoshiyalangan. Ayollar ust-boshining ikkinchi asosiy bo‘lagi lozim bo‘lib, poychasi torayib kelib, yuqori qismi qayrilib-baxyalanib orasidan ishtonbog‘ o‘tkazilgan. Odatda lozimning ko‘ylak ostidan ko‘rinadigan qismi qimmat va chiroyliroq matodan, ko‘rinmaydigan tepa qismi arzonroq matodan tikilishi bilan erkaklar ishtonidan ajralib turadi. Uyda kiyiladigani oddiy, arzon matodan, ko‘chalik esa shoyi, atlas, parcha ipakli, qimmatbaho matolardan tikiladi. Ayollarning ustki kiyimlari paxta solib qavilgan ayollar to‘ni va paxtasiz avra-astardan iborat yengil xalat ko‘rinishida bo‘lib, turlicha nomlangan: Toshkentda – peshvo, mursak, Xorazmda - misak, Samarqandda – mulisak, kaltacha, Farg‘onada – munisak, munsak, Buxoro, Shahrisabzda kaltacha deb atalgan. Mursak 3 qismdan - bo‘y, yon va yenglardan iborat bo‘lib, yon qismi to‘g‘ri, uzun, qo‘ltiq, ostiga to‘plangan, to‘plangan qism “cho‘chcha” deb atalgan.
XIX asr oxiridan o‘zbeklar orasida kamzul va nimcha kiyish odat tusiga kiradi. Kamzul yoqalari tik, bo‘g‘iq, badanga yopishib turadigan uzun, belburma syurtukni eslatib, ortida qiyiq joyi–yirmochi, qaytarma yoqasi bo‘lmagan. Qora rang matodan, asosan, satindan yoki kostyum-bop qalin ip gazlamalardan tikilgan, ular ko‘ylak ustidan kiyilgan.
Samarqandda kamzulning rumcha turini kiyishgan. Rumcha kamzul Toshkent atrofidagi qishloqlarda ham keng tarqalgani ma'lum. Odatdagi kamzullarda kesma cho‘ntaklari bo‘lmagan va tugmalanmagan. Rumcha kamzul esa bichishi, tikilishi jihatidan butunlay boshqacha bo‘ltikma, yoqasi buklama bo‘lgan. Yoqasi ko‘krak oldigacha buklab tushirilgan. yelkasi kesma bo‘lib, yeng tomoni sal qiyshaytirib tikilgan, yenglari kamzular ham uchraydi. Qulfi-kalit yoqali, qaytarma yoqali, qaychi yoqali kamzullar keng tarqalgan edi.
Kamzullar avvallari kosibalar to‘qigan matolardan tikilgan. XIX asr oxirgi yillaridan boshlab Turkistonda Rossiyaning markaziy tumanlaridagi fabrikalarda ishlab chiqarilgan baxmal va duxobalardan tikila boshlanadi.
XXasr boshidan nimcha, kamzulcha kiyish sekin-asta odat tusiga kiradi. Kamzulcha kiyish odati tez orada yo‘qoladi, lekin nimcha asosiy usti bosh kiyimlardan biriga aylanib qoladi, xususan xotin-qizlar orasida keng tarqaladi.
Nimcha bichish va tikilishi jihatidan har xil bo‘lgan. Dastlabki yillarda belidan pastroqqa tushib turadigan uzunlikda, bo‘yinni yopib turadigan tik yoqali qilib tikilgan. Keyinchalik qaddi qomatiga yopishib turadigan qilib, kaltaroq tikilgan.



Download 125,79 Kb.
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   23




Download 125,79 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ma’ruza II o‘zbek xalqining etnografiyasi, etnogenezi va etnik tarixi Reja

Download 125,79 Kb.