• Kashtado‘zlik
  • Ma’ruza II o‘zbek xalqining etnografiyasi, etnogenezi va etnik tarixi Reja




    Download 125,79 Kb.
    bet11/23
    Sana19.01.2024
    Hajmi125,79 Kb.
    #140813
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   23
    Bog'liq
    Ma’ruza II o‘zbek xalqining etnografiyasi, etnogenezi va etnik t-fayllar.org

    Misgarlik san'ati ham kandokorlik san'ati an'analariga yaqin turadi. Misdan ishlangan buyumlar qadimdan o‘zbek xonadonlarida keng qo‘llanib kelingan. Bu buyumlar Buxoro, Qarshi, Shahrisabz, Qo‘qon, Toshkent singari yirik hunarmandchilik markazlarida keng miqyosda, har biri o‘z milliy an'analariga mos uslubda ko‘plab miqdorda tayyorlangan.
    Buxoroda asosan choy idishlar, oftobalar, chilimlar, dastsho‘ylar tufdonlar, har xil shakldagi oziq-ovqat saqlash idishlari yasalgan. Bu buyumlar “islimiy” hamda “chashmi bulbul” naqshlar bilan ziynatlangan.
    Qarshi, Shahrisabz misgarlik buyumlari Buxoro mis buyumlariga qaraganda oddiyligi va bir hilligi bilan ajralib turadi.
    Toshkentda misdan kashkul, barkash, obdasta, satil, suv tashiydigan, ovqat saqlaydigan idishlar, Qo‘qonda choy idish, choynak, ko‘za, oftoba, lagan, dastsho‘ylar yasalgan.
    Qurol-aslahalar ishlash san'ati ham juda qadimiy bo‘lib, o‘z milliy uslubini saqlab qolgan hunarlardan biridir. O‘zbek ustalari ishlagan qinli hanjar va qilichlar, sovut, qalqon, dubulg‘a, yugan, bo‘yin bog‘ich, oyboltalar naqsh bezaklariga juda boy nafis buyumlardir.

    O‘ymakorlik. Yog‘och, ganch va boshqa narsalarni o‘yib, naqsh solish san'ati borasida ham o‘zbek eli juda qadimdan shuhrat qozongan. O‘tmishda Qo‘qon hamda Xiva o‘ymakorlik maktablari butun Markaziy Osiyo hududida ma'lum va mashhur bo‘lgan. Buxoro va Samarqand o‘ymakor ustalari ishlagan namunalar rang-barangligi, ganchning nimran, ko‘kish, to‘q sarg‘ish, qizil lojuvard ranglar bilan hamohangligi bilan ajralib turadi. Qo‘qon, Xiva ustalari yong‘oq, chinor, qayrog‘ochga o‘yib solgan naqshlari kishini diqqatini o‘ziga tortadi.
    Toshkent naqqoshlari qo‘lidan chiqqan bir tavaqali va qo‘sh tavaqali eshiklar, darvozalardagi naqshlar o‘ymakorlik san'atining kamolotidan dalolat beradi.
    O‘zbekiston Fanlar akademiyasining faxriy a'zosi Respublikada xizmat ko‘rsatgan san'at arbobi buxorolik marhum usta Shirin Murodov qo‘li bilan bunyod etilgan ajoyib o‘ymakorlik namunalari respublikamiz o‘ymakorlik san'ati tarixida o‘chmas iz qoldirdi. Iste'dodli ustalar T. Arslonqulov, Sh. G‘ofurov, K. Jalilov va ularning qobilyatli shogirdlarining nomlari ko‘hna elimiz tarixida doimo minnatdorchilik bilan tilga olinadi.

    Kashtado‘zlik. O‘zbek xalqi amaliy san'atining eng nafis, eng jozibali turlaridan biri kashtado‘zlik. Kundalik hayotimiz, ro‘zg‘orimizni kashtado‘zlik buyumlarisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Mehmonxonaga osiladigan palaklar, taxmon, dokcha, ko‘rpa-yostiqlar, krovat ustiga yopiladigan, devorga osiladigan rangba-rang, bejirim, serjilo kashtalar xonadonimizda o‘zgacha tus, ko‘rk bag‘ishlaydi. Turli gazlama ayollar sarpolariga tikilgan gul, bezaklar ularning yanada yorqin va go‘zal bo‘lib ko‘rinishiga olib keladi. Kashtado‘zlik asosan o‘simliklar tasviri, ya'ni islimiy naqshlar hisobiga boyidi, ayniqsa shoyi iplar bilan gul chizish uslubi kashtado‘zlikda muhim o‘rin egallaydi.
    Kashtado‘zlik nafaqat respublikamiz, ayni paytda butun Markaziy Osiyo hududiga keng tarqalgan amaliy san'at turidir. U bilan deyarli har bir xonadonda shug‘ullanishadi. O‘zbek chevarlari kashtado‘zlikda xilma-xil choklarni qo‘llashadi: bosma chok, qanda-xayol, iroqi yo‘rma. Kashta, gul tikib bezatilgan buyumlarning turi ko‘p: shohi so‘zana, darpech, palak va boshqalar.
    O‘zbek xalqi necha asrlar davomida taraqqiy etib kelgan amaliy san'ati tarixi an'analariga nihoyatda boy, bitmas tuganmas noyob xazinadir.

    Download 125,79 Kb.
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   23




    Download 125,79 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ma’ruza II o‘zbek xalqining etnografiyasi, etnogenezi va etnik tarixi Reja

    Download 125,79 Kb.