|
Ma’ruza II o‘zbek xalqining etnografiyasi, etnogenezi va etnik tarixi Reja
|
bet | 10/23 | Sana | 19.01.2024 | Hajmi | 125,79 Kb. | | #140813 |
Bog'liq Ma’ruza II o‘zbek xalqining etnografiyasi, etnogenezi va etnik t-fayllar.orgKulolchilik. O‘zbekistonning turli hududlarida ko‘p yillar davomida olib borilgan va davom ettirilayotgan arxeologik qazilmalar vaqtida kulolchilik namunalari topilgan. Xorazm, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlaridan, Toshkendagi Shoshtepa, Oqtepadan chiqqan sopol buyumlar kulolchilik O‘zbekiston diyoridagi eng qadimiy amaliy san'at turlaridan biri ekanligiga yorqin dalil bo‘la oladi.
Asrlar davomida rivojlanib kelgan bu amaliy san'at turining o‘z milliy hususiyatlari bilan ajralib turgan va mashhur bir qancha maktablari va markazlari bo‘lgan. Zangori kulollik deb atalgan sohalari mavjud edi.
Xorazm zangori kulollikning asosiy markazlaridan biri hisoblangan. Ko‘hna Xorazmda uchta qadimiy zangori kulollik maktabi bo‘lgan: Madir kulollik maktabi, Kattabog‘ maktabi, Ko‘hna Urganch maktabi. Garchi hammasi ham zangori kulollik buyumlari ishlash bilan band bo‘lsa-da, naqsh shakllari uslubi jihatidan bir-biridan ancha farq qilgan.
Urganch shahridan 16 km janubda joylashgan Madir qishlog‘i qadimdan kulolchilik markazlaridan biri hisoblangan.
Kattabog‘ qishlog‘i ham qadimdan kulollik markazlaridan biri bo‘lib kelgan. XX asr boshlarida bu yerda ham 26 ta kulollik ustaxonasi bo‘lib, ularda 200 dan ortiq kulol ishlagan. Shahrisabzda maxsus kulollik mahallasi mavjud edi. 1930 yillarda bu yerda 25 dan ortiq kulollik do‘konlari bo‘lgan. Shahrisabz kulollari Oq saroyni, Amir Temur sag‘anasini qurishda ishtirok etishgan.
Toshkent, Samarqand, Buxoro, Rishton kulolchiligi mahsulotlari ham azaldan juda e'zozlanib kelingan.
Toshkent, Samarqand, Rishtonda laganlari mashhur bo‘lsa, Xorazmda badiya deb ataladigan chuqur sopol tovoq jula qadimdan ishlab kelinayotgan sopol buyumlaridan hisoblanadi.
Qo‘li gul o‘zbek kulollari ishlagan sopol buyumlari xilma-xilligi, nafis va jozibaligi bilan haligacha hammaning diqqat e'tiborini o‘ziga jalb etib kelmoqda.
Kandakorlik. Metall buyumlarga bo‘rtma usulda ishlov berish kasb-hunari ajdodlarimizning azaliy amaliy-san'ati turlariga kiradi. Qadimgi va ilk o‘rta asr davrida asosan xallangan kumush buyumlarga bo‘rtma naqsh solingan.
Milodiy III – VIII asrlarda kandakorlik chinakamiga rivojlana boshlaydi. Qizil misdan ko‘za, degchalar, idish, sariq mis hamda jezdan oaymonalar, shamdonlar, oq mis brinchdan piyolalar, ko‘zalar, kir tog‘oralar yasaladi.
XI asr o‘rtalariga kelib mis va uning qotishmasidan yangi xil buyumlar-to‘g‘ri to‘rt burchakli barkashlar, qorni-yumoloq bo‘yni naqshdor ko‘zalar, yarim doira paymolnlar, xovonchalar, siyohdonlar, brinch ko‘zalar tayyorlanadi. Yozuvli naqshlar keng miqyosda qo‘llana boshlanadi.
Zeb-ziynat badavlat xonadonlar xon, amir, sulton, bek, hokimlarning saroylari, uy ichida o‘zining tanholigi va mo‘l-ko‘lligi bilan hamisha kishilarni hayratga solib kelgan. Ispan elchisi Rui Gonsales de Klavixonning Samarqanddagi Amir Temur saroyiga sayohat kundaligida Sohibquron saroyi ichida ko‘rganlarini quyidagicha tasvirlaydi: Darvozaning ro‘parasida chodir o‘rtasida javonga o‘xshash kichik bir sandiq qo‘yilgan, unda kumush hamda (boshqa) idishlar saqlanardi. Sandiq oltindan yasalgan bo‘lib, sirkor va boshqa bo‘yoqlar bilan sayqallangan. Balanligi odam ko‘kragidan keladigan sandiqning usti silliq, gardishi mayda tishli kunguralar bilan bezalgan. Kunguralari moviy va oq sirli ranglar bilan bo‘yalib, marvarid va (qimmatbaho) toshlar qadalgan. Sirtining bir joyiga marvarid va toshlar orlig‘iga xiraroq tusda, mayda yong‘oq xajmida dum-dumaloq bir don o‘rnatilgan. Sandiqning kichik eshikchasi bor, ichida chinni piyolalar saqlanadi. Ustida zumurrad va marvaridlar qadalgan oltita tilla kuvacha turibdi. Shuningdek,, durli noyob tosh donalari bilan bezatilgan oltita dumaloq oltin piyola ham qo‘yilgan.
Ushbu sandiq yonida balandligi bir qarich keladigan kichik oltin xontaxta turardi. Xontaxta ham (qimmatbaho) toshlar va yirik mavaridlar bilan bezatilgan. Uning ust tarafiga jozibali rangda, taxtaday silliq zumurrad o‘yib o‘rnatilgan. Zumurradning uzunligi qariyb to‘rt qarich, eni bir yarim qarich bo‘lib, butun xotaxta sirtini kesib o‘tgan.
Ushbu xontaxta qarshisida eman daraxti shaklidagi “oltin” daraxt turibdi.
O‘zbeklar hunarmandchiligi, amaliy san'atining qadimiy ko‘hnaligi, rang-barangligi, ravnaq, kamoloti jihatidan ular bilan teng keladigan xalq bo‘lmasa kerak. O‘zbek amaliy san'ati Sharq mamlakatlari tarixida shubhasiz oldingi saflarning birida turadi. U nihoyatda chuqur ildiz otgan, tarixi miloddan oldingi necha ming yilliklarga borib taqaladi. Farg‘ona, Buxoro va Samarqand kandakorligida me'morchilik obidalarining tasvirlari paydo bo‘ladi. Qo‘qon ustalari afsonaviy parrandalar obrazini kandakorlik san'atiga tadqiq etishadi.
|
| |