|
Ma’ruza matnlari 1-mavzu: Shaxsiy kompyuterlarning ta’minoti va uning turlari. Reja
| bet | 14/56 | Sana | 10.01.2024 | Hajmi | 178,89 Kb. | | #133838 |
Bog'liq Ma’ruza matnlari 1-mavzu Shaxsiy kompyuterlarning ta’minoti va -www.fayllar.org (1)protsessor – asosiy mikrosxema bo`lib, matematik va mantiqiy operatsiyalarni (amallarni) bajaradi;
chipset (mikroprotsessorli komplekt) – mikrosxemalar majmuyi bo`lib, ShK ning ichki qurilmalarining ishini boshqaradi va sistema blokining asosiy funktsional imkoniyatlarini aniqlaydi;
shinalar – qurilmalarni bog`lovchi simlar bo`lib, ulardan kompyuterning ichki qurilmalari orasidagi berilganlarni ayriboshlovchi signallar o`tadi;
tezkor xotira qurilmasi – mikrosxemalar majmuyi bo`lib, ma’lumotlarni vaqtincha saqlash uchun mo`ljallangan;
doimiy xotira qurilmasi – uzoq vaqtgacha ma’lumotni o`zida saqlovchi mikrosxema;
slot – qo`shimcha qurilmalarni ulash qurilmasi.
Protsessor – bu kompyuterning asosiy mikrosxemasidir yoki boshqacha aytganda kompyuterning “miyasi”. U xotirada joylashgan dasturiy kodlarni bajarishni va barcha qurilmalar ishini boshqaradi.
Uning ishni bajarish tezligi kompyuterning tezligini anqlaydi. Protsessor maxsus yacheykalardan tashkil topgan bo`lib, ular registrlar deb ataladi.
Shu registrlarda buyruqlar joylashgan bo`lib, protsessor tomonidan boshqariladi. Protsessorning ishi shundan iboratki xotiradan ma’lum bir buyruqlar ketma – ketligi va ma’lumotlarni tanlanib bajariladi.
ShK larda albatta, markaziy protsessor (Central Processing Unit - CPU ) bo`lishi shart. U barcha asosiy operatsiyalarni (amallarni) bajaradi. Ko`pincha ShK qo`shimcha soprotsessorlardan tuzilgan bo`lib, ular ma’lum bir maxsus funktsiyalarni effektiv bajarish uchun mo`ljallangan bo`ladi. Masalan, matematik soprotsessor raqamli berilganlarni qayta ishlaydi, grafik soprotsessorlar grafik tasvirlarni qayta ishlaydi va h.z. Birinchi mikroprotsessorlar 1971 yilda amerikaning Intel firmasi tomonidan ishlab chiqilgan.
Nazorat uchun savol va topshiriqlar
-
Birinchi mexanik dasturlashtiriladigan kompyuter qachon va kim tomonidan yaratilgan va u qanday nomlangan?
-
1-avlod kompyuterlari qaysi davrni o`z ichiga oladi? Ularni tavsiflang va misollar keltiring.
-
2-avlod kompyuterlari qaysi davrni o`z ichiga oladi? Ularni tavsiflang va misollar keltiring.
-
3-avlod kompyuterlari qaysi davrni o`z ichiga oladi? Ularni tavsiflang va misollar keltiring.
-
4-avlod kompyuterlari qaysi davrni o`z ichiga oladi? Ularni tavsiflang va misollar keltiring.
-
5-avlod kompyuterlari qaysi davrni o`z ichiga oladi? Ularni tavsiflang va misollar keltiring.
-
Kompyuterlarning qanday turlarini bilasiz?
-
Mainfreymlar haqida nimalarni bilasiz? Misollar keltiring.
-
Kompyuterning tizimli bloki qanday qurilmalardan tashkil topadi?
-
Protsessor nima va u qanday vazifani bajaradi?
|
| |