|
Ma’ruza mavzu: mikrokontrollerni tashkillashtirish Reja
|
bet | 3/8 | Sana | 10.02.2024 | Hajmi | 251,41 Kb. | | #154229 |
Bog'liq 5-MavzuDastur hotirasi. Dastur hotirasining asosiy xususiyati bu uning istemol energiyasiga bog‘liq bo‘lmaganligidir, ya’ni manba bo‘lmagan holda ham dasturlarni saqlash imkoniyatidir. Dastur hotirasi doimiy hotira qurilmasi bo‘lib (DXQ), uning har bir hotira elementi DXQ ga axborot yozilgan vaqtida o‘tkazilgan mantiqiy holatni egallaydi (dasturlash). DXQ ga dasturni ruxsat etilgan yozish davrining soniga bog‘liq holda bir marotaba va ko‘p marotaba dasturlanuvch DXQ ajratish mumkin.
Bir marotaba dasturlanuvchi DXQ matritsaning har bir hotira elementi holatini faqat bir martta o‘zgartirishi mumkin. DXQ ga dasturlarni sanoatda mikrokontroller kristalini ishlab chiqarish davrida (“maska bo‘yicha”) yozish mumkin yoki foydalanuvchi tomonidan dasturlash qurilmasi (programmator) orqali dasturlarni yozish mumkin. Bu turdagi DXQ eng arzon, chunki matritsani har bir hotira element juda ham oddiy.
Yacheykalarni dasturlashda mantiqiy bir holatiga o‘tishi kerak bo‘lgan axborotlar shinasining razryadlariga yuqori kuchlanish beriladi. Chunki shu vaqtda matritsani yacheykani dasturlashni berish qatoriga manzilni shifrdan chiqarish qurilmasidan yuqori qiymat keladi, eruvchang ulash moslamasidan yuqori tok oqib o‘tadi va uni qayta tiklab bo‘lmaydigan darajada uzadi. Mantiqiy nol holatiga dasturlanuvchi elementlarga bundek ta’sir qilinmaydi, shuning uchun o‘z holatida qoladi.
Ko‘p marotaba dasturlanuvchi DXQ da matritsaning har bir hotira elementiga bir necha yuz martta yozishga imkoni berilgan. Shuning uchun hotira elementi murakkablashtirilgan, u suzuvchi zatvorli tranzistordan iborat va shuningdek dasturlash tartibi ham bir necha bosqichdan tashkil topgan.
MK foydalanuvchilari nuqtai nazaridan dasturlarning energiyaga bog‘liq bo‘lmagan hotirasini quyidagi turlarga bo‘lish mumkin:
Maskali DXQ turi – mask-ROM. Bu turdagi DXQ yacheykalariga qiymatlarni uning ishlab chiqarilish jaroyonida maskalar yordamida kiritiladi va keyinchalik qiymatlarni o‘zgartirib yoki qayta dasturlab bo‘lmaydi. Shuning uchun bu turdagi hotirali mikrokontrollerlarda dasturlarni uzoq vaqt sinashdan keyingina foydalanish mumkin. Bu hotiraning asosiy kamchiligi yangi shablonlarning to‘plamini yaratilishidagi va ularni ishlab chiqarishga tatbiqidagi sarf harajatlarning yuqoriligi. Odatda bu jaroyon 1 – 1,5 oyni tashkil etadi va iqtisodiy nuqtaiy nazardan minglab nusxada ishlab chiqarilgandanina o‘zini oqlashi mumkin. Maskali DXQ axborotlarni saqlashda yuqori ishonchlilikni ta’minlashining sababi, zavod sharoitida dasturlanib so‘ng maxsulotni turli nazoratlardan o‘tkazilishidir.
Foydalanuvchi tomonidan dasturlanuvchi va ultra binafsha nurlar bilan o‘chiruvchi DXQ – EPROM (Erasable Programmable ROM). Bu turdagi DXQ elektr signallari bilan dasturlanadi va ultra binafsha nurlash orqali o‘chiriladi. EPROM hotira yacheykasi “suzuvchi” zatvorli metal oksid yarimo‘tkazgichli (MOYa) – tranzistorlarda hosil qilingan va ularga zaryad boshqaruvchi zatvordan kerakli elektr signali berilganida o‘tadi. Yacheyka qiymatini o‘chirish uchun uni ultra binafsha nurlar bilan nurlantiriladi. Bu jaroyon bir necha sekunddan bir necha minutgachan davom etishi mumkin. EPROM hotirali MK ko‘p marotaba qayta dasturlanishi mumkin va u turdagi hotiralar keramik g‘ilofda kvarsli darcha bilan ishlab chiqariladi. Darcha ultra binafsha nurlarni hotira yacheykasiga tushishi uchun mo‘ljallangan. Bundek g‘ilof ancha qimmat turgani uchun MK narxi ham qimmatlashadi albatta. EPROM hotirali MK narxini arzonlatish uchun hotirani darchasiz ishlab chiqariladi (EPROM bir marotaba dasturlanuvchi versiyasi).
Foydalanuvchi tomonidan bir marotaba dasturlanuvchi DXQ - OTPROM (One – Time Programmable ROM). Bu turdagi hotira, MK narxini arzonlatish uchun hotirani darchasiz ishlab chiqarilgan EPROM versiyasidan iborat. Bu kabi g‘iloflarda ishlab chiqarilishi natijasida narxini kamaytirish shunchalik etiborliki, oxirgi vaqtda EPROM versiyasiyalari ko‘pincha maskali DXQ hotira turi o‘rniga ishlatilmoqda.
Elektr o‘chirishli foydalanuvchi tomonidan dasturlanuvchi DXQ – EEPROM (Electrically Erasable Programmable ROM). Bu turdagi DXQ ni EPROM ning yangi avlodi deb hisoblash mumkin, ularda hotira yacheykasi shuningdek elektr signali orqali o‘chirish amalga oshiriladi. EEPROM qo‘llanilishi MK platasini yechib olmasdan o‘chirish va dasturlash imkonini beradi. Shu usulda sozlashni amalga oshirish va dasturiy ta’minotni yangi variantlarini yozish ham mumkin. Bu esa mikrokontrollerli tizimlarni yaratishning boshlang‘ich bosqichlarida yoki ularni o‘rganish jaroyonida, qachonki tizimning ishlamaslik sababini topishga va dasturlar hotirasini o‘chirish-dasturlash sikllarini bajarishga ko‘p vaqt ketqazilganda juda katta yuutuq beradi. EEPROM narxi bo‘yicha OTPROM va EPROM larning o‘rtasidagi o‘rinni egallaydi. EEPROM hotirasini dasturlash texnologiyasini qo‘llanganda yacheykalarni baytlab o‘chirish va dasturlash imkoniyati mavjut. EEPROM yaqqol avfzalliklariga qaramay MK faqat kam modellarida bundek hotira dasturlarni saqlashga ishlatiladi. Buning sababi, birinchidan EEPROM chegaralangan hotira sig‘imiga ega. Ikkinchidan, deyarli EEPROM bilan bir vaqtda Flash-DXQ ishlab chiqarildi, ular texnik ko‘rsatgichlari jixatidan bir hil bo‘lishi bilan bir qatorda, lekin Flash-DXQ narxi ancha arzon.
Flash turidagi elektr o‘chirishli DXQ - Flash – ROM. Vazifasi jixatidan Flash- hotira EEPROM dan kam farq qiladi. Asosiy farqi yozilgan axborotni o‘chirish usulidadir. EEPROM hotirasida har bir yacheyka alohida o‘chiriladi, Flash-hotirada esa faqat bloklab o‘chirish mumkin. Agarda Flash-hotiraning bitta yacheykasining qiymatini o‘zgartirish kerak bo‘lib qolsa, butun blokni boshqattan dasturlash kerak bo‘ladi. EEPROM hotirasiga nisbatan dekoderlovchi sxemalarining soddalashishi, Flash-hotirali MK lar nafaqat bir marotaba dasturlanuvchi DXQ li MK bilan raqobatbardoshlik qilmaqda, maskali DXQ bilan ham raqobat qilmoqda.
|
| |