• MK registrlari
  • Ma’ruza mavzu: mikrokontrollerni tashkillashtirish Reja




    Download 251,41 Kb.
    bet4/8
    Sana10.02.2024
    Hajmi251,41 Kb.
    #154229
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    5-Mavzu

    Axborotlar hotirasi. Mikrokontrollerning axborotlar hotirasi odatda, statik OXQ bajariladi. Hotira qurilmasiga nisbatan “statik” atamasining tatbiq etilishi OXQ yacheykasining qiymatlari MK takt chastotasining xoxlagancha qiymatga kamayishidan qatiy nazar (energiya’ning istemolini kamaytirish uchun) saqlanishi
    tufaylidir. Ko‘pchilik MK “axborotni saqlash kuchlanishi” - 𝑈𝑆𝑇𝐴𝑁𝐷𝐵𝑌 deb
    nomlanuvchi ko‘rsatgichli bo‘ladilar. Manba kuchlanishini ruxsat etilgan minimal qiymatdan past 𝑈𝐷𝐷𝑀𝐼𝑁 , ammo 𝑈𝑆𝑇𝐴𝑁𝐷𝐵𝑌 qiymatidan yuqori bo‘lganda MK dasturlari bajarilmaydi, lekin OXQ axborot saqlanib qoladi. Manba kuchlanishi tiklangach esa MK nolga o‘tqizgach axborotni yo‘qotmasdan dasturni bajarilishini
    davom ettirish mumkin bo‘ladi. Axborotni saqlash kuchlanishining qiymati 1V tashkil etadi, bu esa zarurat bo‘lgan hollarda mikrokontrollerni batareydan ishlatish imkonini berada, shu bilan bir qatorda bu ish tartibida OXQ axborotlar saqlanib qoladi.
    MK axborotlar hotirasining sig‘imi odatda, katta emas va u o‘nlab va yuzlab baytni tashkil etadi. Bu vaziyatni MK uchun dastur loyihalashtirilayotganda etiborga olish kerak bo‘ladi albatta. Shundek qilib, MK ni dasturlashda agar mumkin bo‘lsa konstantalar o‘zgaruvchilar kabi saqlanmay, dasturlar DXQ ga kiritiladi. MK apparat imkoniyatlari maksimal ravishda ishlatiladi, hususan taymerlar. Amaliy dasturlar katta axborot massivlarini ishlatmaslikka mo‘ljallangan bo‘lishi kerak bo‘ladi.
    MK registrlari. Har qandek mikroprotsessorli tizimlari kabi mikrokontroller ham registrlar to‘plamiga egadir va ular MK resurslarini boshqarish uchun ishlatiladi. Bu registrlar guruxiga odatda protsessor registrlari (akkumulator, holat registrlari, indeks registrlari), boshqarish registrlari (taymerlarni, uzulishlarni boshqarish registri), axborotlarni kiritish/chiqarishni ta’minlovchi registrlar (axborotlar prort registri, parallel, ketma-ket yoki analogli kiritish/chiqarishni boshqarish registrlari) kiradi. Bu registrlarga murojat etish turlicha bo‘lishi mumkin. RISC – protsessorli MK barcha registrlari (ko‘pincha akkumulator ham) aniq beriladigan manzilda joylashadi. Bu esa protsessorning ishlashida ancha yuqori
    moslashuvchanlikni ta’minlaydi.
    Muhim masalalardan biri MK mazillar maydonida registrlarni joylashtirish bo‘lib hisoblanadi. Bazi MK da barcha registrlar va axborotlar hotirasi bir manzillar maydonida joylashgan bo‘ladi. Bu bildiradiki, axborotlar hotirasi registrlar bilan bir o‘rinda ishlatiladi. Bundek yondoshuv “MK resurslarini hotirada akslantirish” deb nomlanadi.
    Boshqa MK kiritish/chiqarish qurilmalarining manzillar maydoni hotiraning umumiy maydonidan alohida bo‘ladi. Kiritish/chiqarish qurilmalarining manzillar maydonining alohida bo‘lishi garvard arxitekturali protsessorlarga bazi bir ustunliklarni beradi, kiritish/chiqarish registriga murojat qilingan vaqtda buyruqni o‘qish imkoniyatini beradi.


      1. Download 251,41 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 251,41 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ma’ruza mavzu: mikrokontrollerni tashkillashtirish Reja

    Download 251,41 Kb.