|
Mikrokontrollerning umumiy hotirasi
|
bet | 2/8 | Sana | 10.02.2024 | Hajmi | 251,41 Kb. | | #154229 |
Bog'liq 5-Mavzu
Mikrokontrollerlarda asosiy uch turdagi hotira ishlatiladi. Dasturlar hotirasi doimiy hotira qurilmasi (DXQ) bo‘lib, u dasturiy kodlarni (buyruqlarni) va konstantalarni saqlash uchun mo‘ljallangandir. Uning qiymatlari dastur bajarilishi davomida o‘zgarmaydi. Axborotlar hotirasi dastur bajarilish davomida o‘zgaruvchilarni saqlash uchun mo‘ljallangan bo‘lib, u operativ hotirani tashkil etadi. MK registrlari – hotiraning bu turi o‘z tarkibiga protsessorning ichki registrlarini va tashqi qurilmalarni boshqarish uchun mo‘ljallangan registrlarni (mahsus vazifali registrlar) oladi.
Mikrokontroller kristaliga ikkita blok hotira joylashtirilgan: dasturlar hotirasi va axborotlar hotirasi. MK avtonom ish tartibida ishlatilishga yo‘naltirilganligi munosabati bilan dasturlar hotirasi enenrgiya yo‘q bo‘lganda ham saqlanayotgan qiymatlarni hotiralab qolishi kerak (energiyaga bog‘liq bo‘lmagan holda), mikrokontrollerning ichki arxitekturasini soddalashtirish uchun va takt generatorini keng chastota oralig‘ida ishlashi imkoniyatini yaratish uchun axborotlar hotirasi statik arxitekturaga ega bo‘lishi kerak, ya’ni o‘qilgan axborotni qayta yozib tiklashni talab etmasligi kerak. Hotira modulini umumlashtirilgan tarkibiy sxemasi 4.3-chizmada keltirilgan. Hotira moduli hotiralovchi elementlar matritsasidan, ular N m – razryadli qatorlar kabi tashkillashtirilgan, yacheykalar manzilini shifrdan chiqaruvchi va kaskadli buferlardan tashkil topgan.
Манзил шинаси Ахборот шинаси
Бошқариш шинаси
4.3-chizma. Hotira modulining tarkibi
Bundek hotira modulining manzillar shinasining razryadligi n=log2N tashkil etadi, axborotlar shinasining razryaligi esa – m. Yacheykani tanlanishi kerak bo‘lgan nomeri haqidagi axborot manzil kodi ko‘rinishida shifrdan chiqarish qurilmasiga (ShChQ) keladi, hotiralash elementlar matritsasini mantiqiy yuqori qiymat hosil qilib qatorlaridan bittasini faollashtiradi. Shu bilan bir qatorda, boshqarish signallarining kelishiga bog‘liq holda tanlangan qatorning barcha hotira elementlarini mantiqiy qiymati bufer kuchaytiruvchi kaskad orqali axborotlar
shinasiga keladi (yacheyka holatini o‘qish), yoki axborotlar shinasi buferli kuchaytirish kaskadi orqali tanlangan qator hotira elementlariga beriladi (yacheyka holatini yozish). Boshqa qatorlarning hotira elementlarini mantiqiy holati o‘zgarmaydi va chiqishdagi mantiqiy holatga ta’sir etmaydi.
|
| |