|
To‘g‘ri aks ettiruvchi kesh – hotira
|
bet | 6/8 | Sana | 10.02.2024 | Hajmi | 251,41 Kb. | | #154229 |
Bog'liq 5-MavzuTo‘g‘ri aks ettiruvchi kesh – hotira. To‘g‘ri aks ettiruvchi kesh – hotira kesh-hotira turining eng oddiy turiga tegishli. 4.4-chizmada 32 baytli 1024 bloqdan iborat bo‘lgan bir bosqichli kesh-hotiraga misol qeltirilgan.
Kesh-hotiraning har bir elementi uch qismdan tashkil topgan:
Tag (tasma) maydonida manzil hotirasining katta 17 razryadi joylashadi, u bo‘yicha axborotlar bloki keladi (blok manzili).
Valid maydoni (xaqiqiy) axborotlarni haqiqiyligi haqidagi ma’lumotlar saqlaydi. 3.Block maydoni hotiradagi axborotlar blokining nusxasini saqlaydi.
4.4-chizma. To‘g‘ri aks ettiruvchi kesh
To‘g‘ri aks ettiruvchi kesh-hotirada ushbu blok faqat bir joyda blok nomeri bo‘yicha saqlanishi mumkin. Protsessor hotira manzilini berganda, kesh-hotira kontrolleri bu manzildan 10 bitli blok nomerini beradi va ularni kesh-hotiradan 1024 elementdan birini qidirish uchun ishlatadi. Agarda bu element xaqiqiy bo‘lsa, u holda Tag maydon manzili va kesh-hotira Tag maydoni solishtirish amalga oshiriladi. Agarda maydonlar teng bo‘lsa, u holda kesh-mo‘ljalga oldi holati hosil bo‘ladi, razryadlari mos kelmaganda esa – kesh-mo‘ljalga olaolmadi holati hosil bo‘ladi. Kesh-mo‘ljalga oldi holati bo‘lganda kesh-hotiradan so‘z o‘qiladi. Kesh- mo‘ljalga olaolmadi holatida yoki xaqiqiy emaslikda hotiradan blok chaqiriladi va kesh hotirada saqlanadi, ya’ni u joyda bo‘lgan blokni o‘rniga o‘zgartiriladi.
To‘g‘ri aks ettiruvchi kesh-hotirada bir hil nomli axborotlar bloki kesh- hotiradagi bir xududni egallash xuquqi uchun raqobatlashadilar. Bu muammoni hal qilish uchun quyidagi tadbirni amalga oshirish kerak bo‘ladi, bir hil nomli bloklar kesh-hotiraning bir necha joyiga (ko‘plik) joylashtirilishi kerak. Bundek hotira
oldingisiga nisbattan murakkabroq, chunki kerakli blok borligini bilish uchun
barcha ko‘plikni tekshirish talab etiladi. Manzillar teglarini saqlash uchun hotira assotsiativ hotira kabi joriy etiladi, bu esa blok joylashgan joyni qidirishda ko‘p takrorlanishni yo‘q qilish imkonini beradi.
|
| |