|
Kesh-hotirani tashkillashtirish
|
bet | 5/8 | Sana | 10.02.2024 | Hajmi | 251,41 Kb. | | #154229 |
Bog'liq 5-Mavzu
Kesh-hotira (yoki oddiy qilib kesh deyish mumkin, inglizchadan Cache - ombor, bekitiqchi joy) – vazifasi, tizimli hotiradagi axborotni vaqtincha saqlash uchun ya’ni uning maqsadi saqlangan axborotga ega bo‘lishni osonlashtirish hamda protsessor bilan tizimli hotira o‘rtasidagi axborot almashuv vaqtini tejashdan iborat. Tezlashtirish tezkor hotirani ishlatish va axborotga tez ega bo‘lishni qo‘llash evaziga erishiladi. Kesh-hotirada doimo yangilanib turuvchi asosiy hotiraning bazi xududining nusxasi saqlanadi.
Kesh-xotraning kiritilish sababi quydagidan iborat, shaxsiy kompyuterning tizimli hotirasi dinamik hotira mikrosxemalarida amalga oshirilgan bo‘lib, u arzonligi bilan ajralib turadi, lekin tezligi statik hotiraga qaraganda ancha kam. G‘oya shundan iboratki, tezkor oraliq statik hotira buferini kiritish orqali, sekin ishlaydigan dinamik hotira tezligini oshirish mumkin bo‘lishidir. Ma’no jixatidan, kesh-hotira oldin kiritilib qo‘llanilgan buyruqlar konveyerining ishini ancha yuqori darajada bajaradi. Kesh-hotirada tizimli hotirani bazi xududining nusxasi saqlanadi va protsessor hotiraning bu qismi bilan almashuvni tizimli hotiraga qaraganda ancha tez amalga oshiradi. Kesh-hotirada buyruqlar va shuningdek axborotlar ham saqlanadi.
Kesh-hotirani ishlatilishi tufayli tezlikdan yutilishining sababi, protsessor ko‘pchilik hollarda ketma-ket, biri ikkinchisidan keyin kelgan yoki bir-biriga yaqin bo‘lgan hotira manzillariga murojat qiladi. Shuning uchun uncha katta bo‘lmagan kesh-hotira ichida shu manzillardagi axborotlarning bo‘lish extimoli yuqori. Agarda protsessor oldin murojat qilgan manzillardan uzoqda bo‘lgan manzilga murojat
qilsa, kesh foydasiz bo‘lib qoladi va qayta yuklanish talab etiladi, bunda esa hatto keshsiz tarkibga qaraganda almashuv sekinroq bo‘lishi mumkin.
Shundek qilib, kesh – hotira – bu bufer turidagi tezkor hotira bo‘lib, operativ hotiradan to‘ldiriladi. Kesh-hotira mikroprotsessor tizimilaridagi boshqa hotira turiga qaraganda minimal ega bo‘lish vaqtiga ega va unda protsessor uchun yaqin vaqtda kerak bo‘ladigan axborotlarni saqlash uchun ishlatiladi.
Kesh-hotira ichki (protsessor tarkibiga kirgan) bo‘lishi mumkin va shuningdek tashqi ham bo‘lishi mumkin. Ichki kesh-hotira birinchi bosqich keshi deb ataladi, tashqisi esa – ikkinchi bosqich keshi deb yuritiladi. Ichki kesh hajmi unchalik katta emas. Tashqi keshning sig‘imi bir necha megabaytni tashkil qilishi mumkin. Ammo ularning ishlash tamoili bir hil. Uchinchi bosqich kesh-hotirasi – bu statik operativ hotira qurilmasi (OXQ), uning sig‘imi bir necha megabaytni tashkil etadi va dinamik OXQ nisbattan ancha tez ishlaydi.
Odatda birinchi bosqich kesh-hotirasiga axborotlarni ikkinchi bosqich kesh- hotirasidan chaqirtiriladi, ikkinchi bosqich kesh-hotirasiga esa axborotlarni uchinchi bosqich kesh-hotirasidan chaqirtiriladi.
Kesh-hotiraning barcha turlarida quyidagi model ishlatiladi: hotira ma’lum o‘lchamdagi bloklarga taqsimlanadi, ular kesh-hotira qatorlari deb ataladi. Kesh- hotira qatori bir necha ketma-ketlikdagi baytlardan tashkil topgan (odatda 4 baytdan 64 baytgachan). Kesh-hotiraga murojat bo‘lganda, kesh-hotira kontrolleri ushbu vaqtda kesh-hotirada kerakli so‘z (axborot) borligini tekshiradi. Agarda bor bo‘lsa (kesh-mo‘ljalga oldi holati hosil bo‘ladi), u holda vaqtni tejash mumkin va operativ hotira qurilmasiga murojat qilinmaydi. Agarda ushbu so‘z kesh-hotirada bo‘lmasa (kesh-mo‘ljalga olaolmadi holati hosil bo‘ladi), u holda esa qaysidir qator keshdan olib tashlanadi, uning o‘rniga kerakli qator kesh-hotiraning pastgi bosqichdan olib joylashtiriladi yoki operativ hotiradan olib yoziladi.
|
| |