Маъруза o’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi




Download 1,78 Mb.
bet59/69
Sana23.05.2024
Hajmi1,78 Mb.
#251021
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   69
Bog'liq
Маъруза o’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vaz (1)

GUI VA ChEPMEN NAZARIYaSI


Bu nazariyaga ko’ra, qo’sh elektr qavat hosil bo’lishida bir tomondan qarama-qarshi zaryadlarni ikki qavat shaklida yig’ishga intilgan elektrostatik tortishuv kuchi va ikkinchi tomondan, ionlarni suyuqlik ichida tarqatuvchi Broun (issiqlik) harakat kuchi borligi nazarda tutilgan.
Gui va Chepmen, Gelmgolts - Perren nazariyasiga qarama -qarshi o’laroq, qo’sh elektr qavat tarkibidagi qarshi ionlar diffuz (yoyiq) tuzilishga ega deb faraz qildilar.
Gui va Chepmen nazariyasi Gelm­golts nazariya­si­ning bir necha kam­chiliklarini bartaraf qildi.
Jumladan, Gui va Chepmen nazariya­si­ga muvofiq, qat­tiq faza sirtidagi hosil bo’lgan elektr qavat o’ziga teng ekvivalent miqdorida eritmadan qarama-qarishi ishorali zaryadlarni tortib olib, monoion qavat hosil qilishga intiladi, lekin suyuqlik ichidagi issiqlik (Broun) harakati bu ionlarni hajmga tarqatib turadi. Shu sababli qattiq fazaga bevosita yaqin joyda qarama-qarshi ionlar kontsentratsiyasi eng yuqori qiymatga ega bo’ladi, qattiq faza sirtidan uzoqlashgan sari haligi issiqlik harakati natijasida qarshi ionlar kontsentratsiyasi kamayib boradi. Eritma bilan qattiq faza chegarasida qattiq fazadagi zaryadlar qavatining elektr maydoni nihoyatda kuchli bo’ladi: qattiq faza sirtidan zaryadlarning uzoqlashgani sari elektr maydonning kuchi asta-sekin zaiflasha boradi, qo’sh qavatning qarshi ionlari issiqlik harakati ta’siridan ko’proq yoyila boshlaydi va nihoyat, ularning kontsentratsiyasi eritma ichidagi kontsentratsiyaga tenglashib qoladi. Shunday qilib qattiq faza bilan bog’langan qarshi ionlarning muvozanat holatda turuvchi dinamik diffuz-yoyiq qavat vujudga keladi. Bu diffuz qavatining qalinligi ionlarning kinetik energiyalariga bog’liq bo’lib, absalyut nolga yaqin temperaturada qarshi ionlarning hammasi qattiq faza sirtiga yaqin joylashadi.
Shunday qilib, absolyut nolga teng temperaturada qo’sh elektr qavat, oldingi nazariyalarga o’xshab, yassi kondensator tuzilishiga ega bo’ladi.
B u rasmda ko’rsatilgandek Gui va Chepmen nazariyasiga muvofiq potentsial Gelmgolts-Per­ren nazariyasidagi kabi tik chiziq bo’y­lab emas, aksincha egri chiziq bo’ylab pasayadi.

rasm. Gui-Chepmenning qo’sh elektr qavat sxemasi:
l - adsorbtsion qavat qalinligi.
AV - siyqalash qavat qalinligi.
x - masofa.
Gui-Chepmen nazariyasi elektrokinetik hodisalarni yaxshi izoh qilishga imkon beradi. Lekin u kolloidlarning qayta zaryadlanish hodisasini, valentligi bir xil bo’lsada, tabiatlari har-xil bo’lgan anionlar ta’sirini tushintirib bera olmadi; u suyultirilgan kolloid eritmalar uchungina qo’llanilishi mumkin.
Gui-Chepmen tenglamasini kontsentrlangan kolloid sistemalar uchun qo’llab bo’lmadi. Bu qiyinchiliklar hammasi O. Shtern nazariyasida bartaraf qilingan.

Download 1,78 Mb.
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   69




Download 1,78 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Маъруза o’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi

Download 1,78 Mb.