Маъруза o’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi




Download 1,78 Mb.
bet67/69
Sana23.05.2024
Hajmi1,78 Mb.
#251021
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   69
Bog'liq
Маъруза o’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vaz (1)

NOIONOGEN SIRT-AKTIV MODDALAR


Noionogen moddalar suvda eriganda ionlarga ajralmaydi, dissotsiatsiyaga uchramaydi. Noionogen moddalarining molekulalari ham difil ravishda bo’lib, ular etilen oksidining yuqori spirtlariga, fenolga, karbon kislotalarga ta’sir ettirib olinadi.
Bu erda etilen oksidining zanjiri qancha uzun bo’lsa olinayotgan modda shuncha gidrofil bo’ladi. Noionogen sirt-aktiv moddalarning eruvchanligi uning qutbli gruppalarining suvga nisbatan moyilligiga (srodstvo) bog’liq.
Alkilfenollarning polioksietillangan efirlari kir yuvish protsesslarida juda keng qo’llaniladi.
P.A.Rebinder barcha difil sirt-aktiv moddalarni haqiqiy eruvchan sirt-aktiv moddalar va kolloid sirt-aktiv moddalar degan ikki gruppaga bo’ldi.
Xaqiqiy eruvchan sirt-aktiv moddalar qatoriga - kichik radikalga ega bo’lgan difil eruvchan organik birikmalar (quyi spirtlar, fenollar, organik kislotalar, ularning tuzlari, aminlar va xakazolar) kiradi. Bu moddalar molekulyar-dispers eritmalar hosil qila oladi. Lekin ular sirt-aktiv modda sifatida kam ishlatiladi.
Kolloid sirt-aktiv moddalar alohida diqqatga sazovordir. Kolloid sirt-aktiv moddalarning asosiy hususiyatlardan biri ular termodinamik jihatdan barqaror kolloid (liofil) dispers geterogen sistemalar hosil qila oladi.
S irt-aktiv moddalarning xususiyatlarini tushuntirishda, ularning sirt-aktivliklaridan tashqari, yana bir muhim tushuncha kiritilgan. U ham bo’lsa gidrofil-lipofil balans (GLB) - tushunchasidir. Gidrofil- lipofil balansning asli ma’nosi shuki, har qanday sirt-aktiv moddaning molekulasida ma’lum nisbatda, ya’ni balansda gidrofil va gidrofob gruppalari bo’ladi. Shu nisbatga qarab bunday sirt-aktiv moddalarni qaysi soxada ishlatish mumkinligini aniqlab olish mumkin.

Atom gruppalarining gruppa sonlari.




Gidrofil gruppalar



Gruppa soni

Gidrofob(lipofob) gruppalar

Gruppa soni

-

38,7

- SN2 -

- 0,475

-

19,1

- SN3 -

- 0,475

- SOON

2,1

- SN 

- 0,47

- ON

1,9

- (SN2-SN2-O)

- 0,15

GLB - ning gruppa soniga qarab sirt-aktiv moddalarning qaerda ishlatish mumkinligini aniqlash mumkin.


Masalan: gruppa soni; 1-4 - ko’pik o’chiruvchilar; 3-6-emulgatorlar; 6-8 - xo’llovchilar; 13-20 - solyubilizatorlar


Sirt-aktiv moddalarning mitsellyar eritmalari. Mitsella hosil qilishning kritik kontsentratsiyasi (MXQKK). Solyubilizatsiya.

Ko’p sirt-aktiv moddalar, misol uchun sovun, yuvishda ishlatiladigan moddalar (detergentlar), tannidlar (oshlovchi moddalar) bo’yoq moddalar, alkoloidlar - chin eritma hosil qiladigan moddalar bo’lib, ba’zi paytlarda mitsellyar kolloid eritma ham hosil qilishlari mumkin. Sirt-aktiv moddani juda ko’p suyultirsak u eritmada molekula yoki ion xolida bo’lib, uning eritmasi chin eritma bo’ladi. Sirt-aktiv moddaning kontsentratsiyasini oshirgan sari uning difil molekulalari yoki ionlari bir-biri bilan birlashib, assotsiatsiyalar yoki agregatlar hosil qiladi, buni mitsellalar deb ataladi.


Eritmalarda mitsellalarni hosil bo’lishi molekulaning difilligiga bog’liq bo’lib, mitsella hosil bo’lishi uchun molekula zanjirida kamida 4-5 uglerod atomi bo’lishi shart.
Suvsiz (qutbsiz) eritmalarda esa molekulani agressiyaga uchratib mitsellani hosil qilishda qutbsiz gruppalarning bir-biriga ta’siri natijasida hosil bo’ladi. Bunda teskari mitsellalar xosil bo’ladi, natijada sirt-aktiv modda molekulalarining gidrofob qismlari erituvchiga qaragan bo’ladi.
Eritmalarda sirt-aktiv moddalarning kon­tsen­tratsiyasi oshganda mitsellalar xosil bo’­lish nuqtasi va eritmaning xususiyatini o’zga­ri­shi mitsella xosil bo’lishining kon­tsen­tra­tsiya­si deb ataladi (MXQKK).
Mitsella xosil bo’lishining kritik kontsentratsiyasi juda katta ahamiyatga ega, uning qiymatiga qarab eritmaning xossalari o’zgarib boraveradi. MXQKK har xil faktorlarga ta’sir qiladi. Masalan, sirt-aktiv moddaning molekulyar massasi oshishi bilan MXQKK qiymati kamayib boradi va sirt aktivlikka teskari proportsional bo’ladi. MXQKK 1Gm.
Sirt-aktiv moddaning molekulyar massasi bitta gomolog qatorga
(- CH2 -) ga oshsa, Dyuklo-Traube qoidasiga bo’ysunadi.
(MXQKK)p  (MXQKK)p1 3,2
Sirt-aktiv moddalarning eritmalariga noorganik tuzlarni qo’shish yo’li bilan MXQKK-ni o’zgartirish mumkin. Ionogen sirt-aktiv moddalarning eritmalariga noorganik tuzlarning qo’shilishi MXQKK ni keskin pasaytiradi. Pasayishi qo’shilgan noorganik tuzlarning gidratlanish qobiliyatiga qarab quyidagi qatorni hosil qiladi:

Zi  Na  NH4  

Noionogen sirt-aktiv moddalar uchun qo’shilayotgan noorganik tuzlarning ta’siri kamroq bo’ladi.
Ko’pgina organik moddalar ham MXQKKga ta’sir qiladi. Yuqori molekulaga ega bo’lgan organik moddalar MXQKKni kamaytiradi, quyida molekulalar (sirt-aktiv) erituvchi muhitini kuchaytirishi natijasida MXQKK oshiradi. Uzun zanjirli spirtlar MXQKKni kamaytiradi.


Download 1,78 Mb.
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   69




Download 1,78 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Маъруза o’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi

Download 1,78 Mb.