• Kation sirt-aktiv moddalar.
  • Anion sirt-aktiv moddalar.
  • Amfoter sirt-aktiv moddalar.
  • Маъруза o’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi




    Download 1,78 Mb.
    bet66/69
    Sana23.05.2024
    Hajmi1,78 Mb.
    #251021
    1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   69
    Bog'liq
    Маъруза o’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vaz (1)

    SIRT-AKTIV MODDALARNING TURLARI


    Barcha sirt-aktiv moddalar suvdagi eritmalarda dissotsiyalanish qobiliyatiga qarab ionogen va noionogen sirt-aktiv moddalarga bo’linadi.

    Ionogen sirt - aktiv moddalar.


    Kation Anion Amfoter


    sirt-aktiv modda. sirt-aktiv (amfolit)
    modda. sirt-aktiv
    modda
    Kation sirt-aktiv moddalar.
    Kation sirt-aktiv moddalar suvda dissotsiyalansa sirt-aktiv kationlar hosil bo’ladi. Bularga birlamchi, ikkilamchi, uchlamchi, alifatik va aromatik aminlarning tuzlari, alkilga almashingan ammoniy asoslarning tuzlari kiradi. Musbat zaryadli zarrachalarga ega bo’lgan dispers sistemalar hosil qilishda ham kation sirt-aktiv moddalardan ko’p foydalaniladi.
    Ular yaxshi flokulyant-koagulyant sifatida suvni tozalash va qurilish ishlarida qo’llaniladi.
    Anion sirt-aktiv moddalar.
    Ular dissotsiyatsiyaga uchraganda sirt-aktiv anionlar hosil qiladi. Ularga karbon kislotalari va ularning tuzlari, (chunonchi S17H35COONa - natriy steorat (sovun), C17H35COONa - natriy oleat, C15H31COONa - natriy palmitat), alkilsulfatlar (alkilsul’fat kislota tuzlari) - ROSO2OMe, alkilarisulfatlar - RArSO2OMe, fosfatlar, tiofosfatlar va boshqalar kiradi.
    Xozirgi vaqtda, tarkibida S10 dan S17 gacha uglerod atomlari bo’lgan sintetik yog’ kislotalarining tuzlari xo’jalikda qo’p ishlatilmoqda. Ular o’simlik va xayvonlardan olinadigan organik yog’ kislotalarining o’rnini bosmoqda.
    Yana keyingi paytlarda paxta moyidan chiqadigan chiqindi hisoblan­gan difillangan yog’ kislotalari ham ko’p ishlatilmoqda.

    Amfoter sirt-aktiv moddalar.
    Bu moddalar tarkibida ikkita funktsional gruppalar bo’lib, ulardan biri kislota, ikkinchisi asos xarakteriga ega. Shuning uchun tarkibida karboksil va amin gruppalari bo’lgan moddalar amfoter sirt-aktiv moddalar jumlasiga kiradi. Ular muxitning rN qiymatiga qarab kation sirt-aktivlik yoki anion sirt-aktivlik namoyon qiladi:

    RNH(CH2)hCOO- RNH (CH2)nCOOH RNH2(CH2)nCOOH


    anion ishqoriy amfoter kislotali kation
    aktiv muhitda sirt-aktiv muhitda aktiv
    modda

    Demak, muxitning xolatiga qarab (rN ga) sirt-aktiv moddalar anion aktiv yoki kation aktiv bo’lishi mumkin. Masalan, agar muxit kislotali bo’lsa (rN7) kationaktiv bo’ladi, agar asosli bo’lsa (rN7) anion aktiv bo’ladi.



    Download 1,78 Mb.
    1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   69




    Download 1,78 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Маъруза o’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi

    Download 1,78 Mb.