• Qo„lda baholash
  • Kompyuterlardan foydalanishda texnika xavfsizligi.
  • Natijalar vkladkasini tanlaydi. Bundan to„rtta havola paydo bo„ladi: Ko„rish




    Download 273,01 Kb.
    bet54/95
    Sana17.11.2023
    Hajmi273,01 Kb.
    #100531
    1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   95
    Bog'liq
    Ma’ruza ta’lim jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari

    Natijalar vkladkasini tanlaydi.
    Bundan to„rtta havola paydo bo„ladi:
    Ko„rish – testdan o„tkazilgan talabalarning natijalarini ko„rish uchun
    xizmat qiladi.
    Oshirib baho qo„yish – agar test parametrlariga talabalar test topshirib
    bo„lgandan keyin o„zgartirishlar kiritgan bo„lsa, o„qituvchi testga oshirib baho
    qo„yishi mumkin.
    Qo„lda baholash – o„qituvchi shaxsan o„zi test savollariga javoblarni
    baholashi lozim bo„lgan hollarda ishlatiladi (Esse tipli javoblarda).
    Savollarning tahlili – o„qituvchiga test savollarini tahlil etishga va har bir test
    savolini yechgan, ya‟ni fanning mos bo„limlarini o„zlashtirgan talabalarning foizini
    aniqlashga ruxsat beradi [8,21].
    “Axborot-tanuvchi tizimlar” fanidan 9 ta amaliy va laboratoriya ishi
    mavzulari hamda dasturiy vositalari ham bu o„quv kursidan o„rin olgan. Mavzular
    ma‟ruza mavzulariga mos ravishda joylashtirilgan. Avvaliga mashg„ulotning
    nazariy qism materiallari keltiriladi, unda algoritm tushuntiriladi:
    Shundan so„ng mavzudagi ko„rsatilgan algoritm asosida ishlovchi dasturni
    ishga tushirib mashg„ulotda ko„rsatilgan topshiriqlarni bajarib natijalarni olish
    mumukin:
    Kompyuterlardan foydalanishda texnika xavfsizligi.
    Ma‟lumki kundalik hayotimizni shaxsiy kompyutersiz tasavvur qilish qiyin.
    Shaxsiy kompyuterlar hozirgi kunda hayotimizning barcha taromoqlariga kirib
    kelgan va muvaffaqiyatli qo„llanilmoqda. Ammo har bir qurilmadan foydalanishda
    xavfsizlik talablariga rioya qilish bu hayot talabi. Shaxsiy kompyuterlardan
    foydalanishda ham xavfsizlik qoidalariga rioya qilish bu kishi organizmini turli
    xavfli omillardan zarar topishi yoki jarohatlanishi oldini oladi.
    Eng avvalo kompyuterlardan foydalanishda ular uchun sanitariya va
    gigiyena talablariga mos holda bino tanlash va ularni yong„in xavfsizligi vositalari,
    birinchi tibbiy yordam qutichalari bilan jixozlash maqsadga muvofiqdir.
    Kompyuterlarni belgilangan masofada joylashtirish, ularda hosil bo„ladigan
    elektrostatik va elektromagnit maydonlarini foydalanuvchilarga ta‟siri xavfini
    kamaytiradi. Binolarda kompyuterlarni joylashtirishda gigiyena talablarga asosan
    har bir foydalanuvchi shaxs uchun eng qulay ish xududini ta‟minlanish talabi
    hisobga olinishi shart, ya‟ni bir kishi uchun ish joyining hajmi elektron-nurlanishli
    monitorli kompyuterlar uchun 20 m3 (ish joyi maydoni 6m2 dan kam bo„lmagan
    holda) va suyuq kiristal monitorli Kompyuterlar uchun (ish joyi maydoni 4,5 m2
    dan kam bo„lmagan holda) 15-20 m3 kam bo„lmasligi kerak.
    Kompyuterlarni shunday joylashtirish kerakki, bunda Kompyuter monitori
    yuzasida tabiiy yoki sun‟iy yorug„lik aks ta‟siri bo„lmasligi lozim, aks holda bu
    holat kishi ko„zini tez toliqishiga va ko„rish qobiliyatini pasayishiga olib keladi.
    Sun‟iy yoritgichlar kompyuter monitorining yuza qismiga nisbatan chap (maxsus
    stol usti yoritgichlar) yoki orqa qismida (umumiy yoritish qurilmalari) O„rnatilishi
    va kompyuter monitorining balandligi ko„zning gorizontal ko„rish qismidan
    balandda o„rnatilgan bo„lishi kerak.
    Kompyuter stolida o„rnatilgan yoritgichning yorug„lik miqdori 300-500 Lk
    (lyuks) va Kompyuter monitorining ekranini yorug„lik miqdori 300 Lk dan va
    yoritilganlik quvvati 35 kd/m2 (kandel) dan yuqori bo„lmasligi lozim. Ish
    joylardagi yorug„likning miqdorini amalda qo„llaniladigan Yu-116 lyuksometrlar
    orqali o„lchash mumkin [19].
    Kompyuterlarni o„rnatishdan oldin barcha elektr o„tkazgichlar holatini
    tekshiring va ularda ochiq joy bo„lishiga yo„l qo„ymang va elektr tokidan
    jarohatlanishni oldini olish maqsadida keltirilgan sxema asosida yerga ulang.
    Kompyuter monitorini va prosessorini havo almashuvchanlik tizimiga havoning
    erkin almashishi, issiqlik manbasidan uzoq masofada tutish, Kompyuter ish
    samardorligini va ishonchliligini oshiradi. Tizim va elektr tormog„i
    o„tkazgichlarini o„zaro ulashda ularni o„ralib qolishiga yo„l qo„yilmaslik lozim.
    Ishlab chiqarishda samaradorlikni oshirishning asosiy omillaridan biri, bu
    xonalarda mikroiqlim sharoitni qulayligi, ya‟ni ish joyidagi havoning harorati,
    nisbiy namligi va shamolning harakat tezligining GOST 12.001.005-86 talablariga
    mos kelishi. GOST 12.001.005-86 ga asosan kompyuterlar o„rnatilgan xonada
    havoning harorati 21...25°S, nisbiy namlik miqdori 40-60% va shamolning harakat
    tezligi 0,1m/s oshmasligi yoki tushmasligi lozim.
    Ish o„rinini to„g„ri tashkil qilish, kishilarni turli kasbiy kasallanishlarga
    yo„liqishini oldini olishda asosiy omil bo„lib hisoblanadi. Gigiyenik talablarga
    asosan Kompyuterdan foydalanuvchilarning monitor va ko„z orasidagi masofa,
    klaviaturaning to„g„ri joylashishi, ish stolining kengligi, oyoq ostidagi zinachaning
    me‟yorida bo„lishi hamda aylanma va vertikal holati o„zgaradigan o„tirgich ishda
    ancha qulayliklar yaratadi.
    Shunday qilib, ishlab chiqarishda xavfsiz va zarasiz mehnat sharoitni
    yaratish, har bir rahbar va mas‟ul xodimning vazifasi bo„lib, bunda nafaqat
    kishilarga sog„lom ish muhiti yaratiladi, balki ishlab chikarishda samaradorlikni
    oshishiga ham olib keladi.

    NECHTADIRNI NECHINCHISIDIR



    Download 273,01 Kb.
    1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   95




    Download 273,01 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Natijalar vkladkasini tanlaydi. Bundan to„rtta havola paydo bo„ladi: Ko„rish

    Download 273,01 Kb.