• 16.3 Yarim o‘tazgichli IMSlar Tranzistorning ishlatilish turiga ko‘ra yarim o‘tkazgichli IMSlarni bipolyar
  • Rezistorlar.
  • Ma’ruza. Yarimo‘tkazgichlarning elektrofizik xossalari. Yarimo‘tkazgichlarda kontakt xodisalari. Reja




    Download 1,75 Mb.
    bet39/56
    Sana02.06.2024
    Hajmi1,75 Mb.
    #259295
    1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   56
    Bog'liq
    Ma’ruza. Yarimo‘tkazgichlarning elektrofizik xossalari. Yarimo‘t

    Yil

    1999

    2001

    2003

    2005

    2007

    2009

    Δ, nm

    180

    130

    90

    65

    45

    32

    Xotira qurilmalarida elementlar joylashuv zichligi har ik-ki yilda ikki marta ortib borayotganini 1965 yilda Gordon Mur bashorat qilgan edi. 9.2-jadval ushbuni tasdiqlaydi.


    Funksional vazifasiga ko‘ra ISlar analog va raqamlilarga bo‘linadi. Analog ISlarda signal uzluksiz funksiya sifatida o‘zgaradi. Eng keng tarqalgan analog IS – operatsion kuchaytirgichdir. Raqamli ISlar diskret ko‘rinishda berilgan signallarni o‘zgartirishga va qayta ishlashga xizmat qiladi.


    16.3 Yarim o‘tazgichli IMSlar
    Tranzistorning ishlatilish turiga ko‘ra yarim o‘tkazgichli IMSlarni bipolyar va MDYa IMS larga ajratish qabul qilingan. Bundan tashqari, oxirgi vaqtlarda boshqariluvchi o‘tishli maydoniy tranzistorlar yasalgan IMSlardan foydalanish katta ahamiyat kasb etmoqda. Bu sinfga galliy arsenidida yasalgan IMSlar, zatvori Shottki diodi ko‘rinishida bajarilgan maydoniy tranzistorlar kiradi. Hozirgi kunda bir vaqtning o‘zida ham bipolyar, ham maydoniy tranzistorlar qo‘llanilgan IMSlar yaratish tendensiyasi belgilanmoqda.
    Ikkala sinfga mansub yarim o‘tkazgichli ISlar texnologiyasi yarim o‘tkazgich kristallini galma – gal donor va akseptor kiritmalar bilan legirlash (kiritish)ga asoslangan. Natijada sirt ostida turli o‘tkazuvchanlikka ega bo‘lgan yupqa qatlamlar, ya’ni n–p–n yoki p–n–p tuzilmali tranzistorlar hosil bo‘ladi. Bir tranzistorning o‘lchamlari enigi bir necha mikrometrlarni tashkil etadi. Alohida elementlarning izolyatsiyasi yoki r-n o‘tish yordamida, yoki dielektrik parda yordamida amalga oshirilishi mumkin. Tranzistorli tuzilma faqat tranzistorlarni emas, balki boshqa elementlar (diodlar, rezistorlar, kondensatorlar) yasashda ham qo‘llaniladi.
    Mikroelektronikada bipolyar tranzistorlardan tashqari ko‘p emitterli va ko‘p kollektorli tranzistorlar ham qo‘llaniladi.
    Ko‘p emitterli tranzistorlar (KET) umumiy baza qatlami bilan birlashtirilgan bir kollektor va bir necha (8-10 gacha va ko‘p) emitterdan tashkil topgan. Ular tranzistor – tranzistorli mantiq (TTM) sxemalarni yaratishda qo‘llaniladi.
    Ko‘p kollektorli tranzistor tuzilmasi ham, KET tuzilmasiga o‘xshash bo‘ladi, lekin integral – injeksion mantiq (I2M) deb ataluvchi injeksion manbali mantiqiy sxemalar yasashda qo‘llaniladi.
    Diodlar. Diodlar bitta r-n o‘tishga ega. Lekin bipolyar tranzistorli IMSlarda asosiy tuzilma sifatida tranzistor tanlangan, shuning uchun diodlar tranzistorning diod ulanishi yordamida hosil qilinadi. Bunday ulanishlarning beshta varianti mavjud. Agar diod yasash uchun emitter – baza o‘tishdagi r-n o‘tish qo‘llanilsa, u holda kollektor – baza o‘tishdagi r-n o‘tish uziq bo‘lishi kerak.
    Rezistorlar. Bipolyar tranzistorli IMSlarda rezistor hosil qilish uchun bipolyar tranzistor tuzilmasining biror sohasi: emitter, kollektor yoki baza qo‘llaniladi. Emitter sohalari asosida kichik qarshilikka ega bo‘lgan rezistorlar hosil qilinadi. Baza qatlami asosida bajarilgan rezistorlarda ancha katta qarshiliklar olinadi.

    Download 1,75 Mb.
    1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   56




    Download 1,75 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ma’ruza. Yarimo‘tkazgichlarning elektrofizik xossalari. Yarimo‘tkazgichlarda kontakt xodisalari. Reja

    Download 1,75 Mb.