|
Ma’ruza. Yarimo‘tkazgichlarning elektrofizik xossalari. Yarimo‘tkazgichlarda kontakt xodisalari. Reja
|
bet | 53/56 | Sana | 02.06.2024 | Hajmi | 1,75 Mb. | | #259295 |
Bog'liq Ma’ruza. Yarimo‘tkazgichlarning elektrofizik xossalari. Yarimo‘tRKIR.TA=(UKIR / IKIR) (1 + æKU) = RKIR F 10)
ni topish mumkin. Ushbu ifodadan kuchlanish bo‘yicha manfiy TA kuchaytirgichning kirish qarshiligini F marta oshirishi ko‘rinib turibdi. Kuchlanish bo‘yicha chuqur manfiy TA katta ichki qarshilikka ega kirish signali manbalaridan (datchiklaridan) ishlaydigan kuchaytirgichlarning kirish kaskadlarida ishlatiladi.
Kuchaytirgichga parallel manfiy TA kiritilganda uning kirish zanjirida kirish signali manbai va TA toklari qo‘shiladi. Natijada, kirish kuchlanishi manbaidan olinayotgan tok ortadi (kirish qarshiligining kamayishiga ekvivalent). Parallel manfiy TA uchun quyidagini yozish mumkin:
. (11)
Shunday qilib, ketma-ket manfiy TAga nisbatan parallel manfiy TA RKIR.TA ni kamaytiradi, RKIR.TA tok bo‘yicha manfiy TA chuqurligiga teskari proporsional.
Manfiy TAli kuchaytirgich chiqish qarshiligi TA signali qaysi usulda olinishigagina bog‘liq va ushbu signal qanday qilib uning kirish zanjiriga kiritilganiga bog‘liq emas.
Avval kuchlanish bo‘yicha manfiy TA zanjiri kiritilgan holni ko‘rib chiqamiz. 9a-rasmga muvofiq
;
;
UTA = KU UKIR = KU(-æUChIK) yoki UChIK = - IChIK RChIK /(1+æ KU) .
Manfiylik belgisi yuklama toki IChIQ ning musbat orttirmalari kuchaytirgich kuchlanishining teskari tomonga o‘zgarishiga olib keladi. Bundan, minus ishorani tashlab yuborgan holda,
RChIQ.TA = RChIQ / (1 + æ KU ) = RChIQ / F (12)
ni hosil qilamiz. Bundan, kuchlanish bo‘yicha ketma-ket manfiy TA chiqish qarshiligini F marta kamaytirishini aniqlash mumkin. Shunday qilib, MTA qanchalik chuqur bo‘lsa, RChIQ.TA shunchalik kichik bo‘ladi. Bu chiqish kuchlanishining RYu ga bog‘liqligini sezilarli darajada kamaytirish imkonini bergani sababli, kuchla-nish kuchaytirgichlarda muhim rol o‘ynaydi.
Endi chiqish toki bo‘yicha MTA kiritilgan holni ko‘rib chiqamiz. 9b-rasmga muvofiq, chiqish toki o‘zgarishi bilan, kuchaytirgichning kirish kuchlanishi
UKIR = - UTA = IChIQ RTA · æ .
ifoda bilan aniqlanadi. Yuqoridagi kabi o‘zgartirishlarni bajarib
RChIQ.TA = RTA KU æ + RChIQ. (13)
ni topamiz. Shunday qilib, chiqish toki bo‘yicha manfiy TA zanjiri kiritilishi kuchaytirgich chiqish qarshiligini oshiradi.
Manfiy TA kuchaytirgich AChXsini kengaytirish uchun keng ishlatiladi. Manfiy TAga ega bo‘lmagan kuchaytirgichning AChXsi KU va KU.TA uchun 10-rasmda ko‘rsatilgan. KU.TA hisobi (11) yordamida amalga oshirilgan. æ =const bo‘lgani uchun KU.TA qiymati KU bilan aniqlanadi. Signal chastotasi og‘ishganda, ya’ni fYuP bo‘lganda, KU kamayadi. KU ning kamayishi kuchaytirgich chiqish kuch-lanishining kamayishiga olib keladi. Lekin, bunda TA kuchlanishi qiymati ham kamayadi. Bu kuchaytirgich kirish kuchlanishining o‘zgarmas qiymatlarida chiqish kuchlanishining real qiymatlarini oshiradi. Natijada, chastotaning biror qiymatigacha KU.TA qiymati sekin o‘zgaradi va keng o‘tkazish polosali AChX yuzaga keladi. Manfiy TA yordamida kuchaytirgichdagi nochiziqli buzilishlar va halaqitlar kamaytiriladi. Gap shundaki, hosil bo‘lish tabiatidan qat’i nazar, kuchaytirgich chiqishidagi har qanday signal F marta kamayadi. Natijada, tranzistor ishlashi aktiv element VAXining kichik sohasida amalga oshadi va garmonikalar koeffitsiyentining kamayishiga olib keladi. Fizik tomondan bu, manfiy TA kuchaytirgich VAXning nochiziqligi kichik sohalarida ishlashini ta’min-lashini anglatadi. Manfiy TAli kuchaytirgich uchun nochiziqli buzi-lishlar koeffitsiyenti KG.TA uchun KG.TA ≈ KG / F yozish mumkin.
10-rasm. MTA siz ( ) va MTAli (KU.TA ) kuchaytirgich AChXlari.
Nazorat savollari
1. Elektron kuchaytirgichlar qaysi belgilariga ko‘ra tasnif-lanadilar?
2. Kuchaytirgichlarning asosiy xarakteristika va parametr-larini aytib bering. Ularning o‘ziga xos xususiyatlari nimada?
3. Nimaga kuchaytirgich A sinfda ishlaganda eng kichik FIK ga ega bo‘ladi?
4. Nimaga kuchaytirgich V sinfda ishlaganda simmetrik signal shakli sezilarli buziladi?
5. AV kuchaytirgich sinfi V sinfdan qanday farq qiladi va u qanday qurilmalarda ishlatiladi?
6. Kuchaytirgichlarda TA deb nimaga aytiladi?
7. Kuchaytirgich sxemasiga manfiy TA kiritilganda kuchaytirish koeffitsiyenti qanday o‘zgaradi va u kuchaytirgichning barqaror ishlashiga ta’sir etadimi?
8. Tarkibiy tranzistor nima?
|
| |