|
Ma’ruza. Yarimo‘tkazgichlarning elektrofizik xossalari. Yarimo‘tkazgichlarda kontakt xodisalari. Reja
|
bet | 49/56 | Sana | 02.06.2024 | Hajmi | 1,75 Mb. | | #259295 |
Bog'liq Ma’ruza. Yarimo‘tkazgichlarning elektrofizik xossalari. Yarimo‘tA sinf kuchaytirgichlar. A sinf kuchaytirgichlarda sokinlik rejimida ishchi nuqta uzatish xarakteristikaning kvazichiziqli sohasi o‘rtasida joylashadi (6a va b-rasmlar). Ushbu rejimda kirish signalining to‘liq davri davomida tranzistor chiqish zanjiridan tok oqadi. Nochiziq buzilishlar minimal (KG 1 %), chunki kirish signalining ikkala yarim davri uzatish xarakteristikasining kvazichiziqli sohasida yotadi. Agar (2) formulaga ; qo‘yilsa, FIK qiymati , ya’ni 25 % ni tashkil etadi.
a) b)
6-rasm. A sinf kuchaytirgichlarning uzatish (a) va o‘tish (b) xarakteristikalari.
A rejim kuchaytirgichlarda qyimati kichik bo‘lgani sababli, u kichik quvvatli kirish kaskadlarda ishlatiladi. Bunday kuchaytirgichlar uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega emas, ularda KG muhim hisoblanadi.
V sinf kuchaytirgichlar. Ushbu rejimda ishchi nuqta tranzistorning berk holatiga mos keluvchi kvazichiziqli soha chegarasida joylashadi. Bunda tranzistor berk rejimda bo‘ladi (7,a va b-rasmlar). Tranzistor chiqish zanjiridan tok faqat kirish signali o‘zgarishining yarim davrida oqadi. Shuning uchun chiqish kuchlanishi sinusoidadan keskin farq qiladi, ya’ni ko‘p sonli garmonik tashkil etuvchilarga ega bo‘ladi.
a) b)
7-rasm. V sinf kuchaytirgichlarning uzatish (a) va o‘tish (b) xarakteristikalari.
Hisoblashlar ko‘rsatishicha, V sinf kuchaytirgichlarda signal amplitudasiga bog‘liq bo‘lmagan holda KG 70 % ga yaqin bo‘ladi, kaskadning FIK ni 0,7 gacha olib chiqish mumkin. Shuning uchun o‘rta va katta quvvatli kuchaytirgichlarda ishlatish uchun V sinf afzalroq.
Kirish signalining musbat va manfiy yarim davrlarini kuchaytirish uchun ikki taktli sxemalardan foydalaniladi. Ikki taktli sxema har biri V sinfda ishlovchi ikkita kuchaytirgichdan iborat bo‘ladi. V sinf kuchaytirgichlarning kuchaytirilgan signallarida signal buzilishlari katta bo‘lgani sababli kuchaytirgichlarda V sinf amalda ishlatilmaydi.
|
| |