Kuchaytirish koeffitsiyenti. Kuchaytirgichda kuchlanish bo‘yicha manfiy TA mavjud bo‘lsin (9v-rasm). Keyingi ifodalarda, kirish va chiqish toklari hamda kuchlanishlar o‘zlarining o‘zgaruvchan tashkil etuvchilari bilan ko‘rsatilgan.
UTA=æUChIQ. (3)
TA kuchlanishi kirish kuchlanishidan ayiriladi, shuning uchun
U1=UKIR – UTA= UKIR – æUChIQ (4)
yoki UKIR =U1 + æUChIK. (5)
Agar TA mavjud bo‘lmasa, va kuchaytirgichning kuchlanish bo‘yicha kuchaytirish koeffitsiyenti
. (6)
Manfiy TA mavjud bo‘lganda (5) ni e’tiborga olgan holda, quyidagiga teng bo‘ladi:
KUTA= UChIQ / UKIR = UChIQ / (U1 + æUChIQ) .
(6)ni e’tiborga olgan holda manfiy TA mavjud bo‘lganda kuchaytirish koeffitsiyenti
KUTA = KU / (1+ æ KU). (7)
(7)dan kuchlanish bo‘yicha manfiy TAda kuchaytirish koeffitsiyenti kamayishi ko‘rinib turibdi, lekin bir vaqtning o‘zida uning qiymati barqarorlashadi. æKU=100 bo‘lganda KU ning qiymati qandaydir sabablarga ko‘ra 50 % ga oshsin, lekin bunda KUTA bor-yo‘g‘i 0,2 % ga oshadi.
1+ æKU =F yig‘indi manfiy TAning chuqurligi deb ataladi. Agar manfiy TAda æKU >>1 bo‘lsa, bunday TA chuqur manfiy TA deb ataladi. Chuqur MTAda kuchaytirish koeffitsiyenti quyidagicha bo‘ladi:
KUTA ≈ 1/ æ . (8)
(8) dan juda muhim xulosa chiqadi. F>10 bo‘lganda KUTA faqat TA uzatish koeffitsiyenti æ bilan aniqlanadi va TAsiz holdagi kuchaytirish koeffitsiyenti KU ga bog‘liq bo‘lmaydi. Bu, KUTA ga temperatura, parametrlar tarqoqligi, radiatsion nurlanish, eskirish kabi omillar ta’sir etmasligini anglatadi. Shuning uchun manfiy TA kiritilganda kuchaytirish koeffitsiyenti kamaysa ham, turli kuchlanish kuchaytirgichlarda keng qo‘llaniladi.
Tok kuchaytirgichlarda asosan, tok bo‘yicha parallel manfiy TA qo‘llaniladi (9,g-rasm). Bunda TA kuchlanishi UTA , qo‘shimcha rezistor RTA orqali oquvchi, TA toki ITA ni hosil qiladi. Kuchay-tirgichning kirish zanjirida ITA va kirish signali toki qo‘shiladi. UTA=IChIQ·RTA, tok bo‘yicha teskari aloqa koeffitsiyenti esa æI . Tok bo‘yicha manfiy TA chuqurligi FI = 1 + æ KI ga teng.
Tok bo‘yicha parallel manfiy TA asosan, tok kuchaytirgichlarda qo‘llanilgani sababli, tok bo‘yicha kuchaytirish koeffitsiyenti KITA ga uning ta’sirini ko‘rib chiqamiz. (7)ga o‘xshab
KITA= KI / (1+æIKI) = KI / FI , (9)
topamiz, bu yerda, KI – manfiy TAga ega bo‘lgan kuchaytirgichning tok bo‘yicha kuchaytirish koeffitsiyenti.
Kuchlanish bo‘yicha manfiy TAda KUTA barqarorlashsa, paral-lel manfiy TA da KITA barqarorlashadi. Bundan tashqari, tempe-ratura, parametrlar tarqoqligi va boshqa tashqi omillarning KITA ga ta’siri kamayadi. Chuqur parallel manfiy TAda (9) ifoda KITA= 1/ æI =RYu /RTA ko‘rinishga keladi, ya’ni tok bo‘yicha kuchayti-rish koeffitsiyenti faqat ikkita rezistor qiymatlari nisbati bilan aniqlanadi.
Manfiy TAli kuchaytirgichning kirish qarshiligi RKIR.TA TA signalini kirish zanjiriga uzatish usuli bilan aniqlanadi va TA signalining olinish usuliga bog‘liq bo‘lmaydi.
Kuchaytirgichga kuchlanish bo‘yicha ketma-ket MTA kiritilganda uning kirishiga kirish signali bilan TA signali ayirmasiga teng signal ta’sir etadi. Bu kirish tokining amalda kamayishiga (ya’ni kuchaytirgich kirish qarshiligining ortishiga ekvivalent) olib keladi. Bunda RKIR.TA ni ko‘rinishida yozish mumkin. UTA = æKUUKIR bo‘lgani uchun, o‘zgarti-rishlardan keyin
|