• Gazning zichligi va tarkibi.
  • Ma’ruzachi: S. P. Abduraxmanova




    Download 267,89 Kb.
    bet3/4
    Sana04.12.2023
    Hajmi267,89 Kb.
    #111043
    1   2   3   4
    Bog'liq
    Газнинг таркиби ва таснифи

    Toza gaz, neft va gaz kondensat konlaridan olinadigan tabiiy gazlar metan gomologik qatori uglevodorodlari hamda uglevodorod bo`lmagan komponentlar: Azot (N2) uglerod II-oksidi (СО2), vodorodsulfid (Н2S), inert gazlar (geliy, argon, kripton, ksenon) dan tashqil topgan bo`ladi. Uglevodorod molekulasi tarkibida uglerod atomlar soni 17 gacha yoki undan ortiq ham bo`lishi mumkin.

    • Toza gaz, neft va gaz kondensat konlaridan olinadigan tabiiy gazlar metan gomologik qatori uglevodorodlari hamda uglevodorod bo`lmagan komponentlar: Azot (N2) uglerod II-oksidi (СО2), vodorodsulfid (Н2S), inert gazlar (geliy, argon, kripton, ksenon) dan tashqil topgan bo`ladi. Uglevodorod molekulasi tarkibida uglerod atomlar soni 17 gacha yoki undan ortiq ham bo`lishi mumkin.
    • Metan, etan va etilen normal sharoitda (Pk0.1MPa va Tk273K) da real gaz holatda bo`ladi.
    • Propan (С3Н8), propilen (С3Н6), izobutan (i – С4Н10), normal butan (n – С4Н10), butelen (С4Н8) lar atmosfera sharoitida bug` holatda (gaz holatda) yoki bosimini oshirsak suyuq holatga o`tadi. Ularni suyultirilgan uglevodorodlar deb ham atash mumkin.
    • Izopentandan boshlab yuqorisi (17>n>5) atmosfera sharoitida suyuq holatda bo`ladi. Ular benzin fraktsiyasi tarkibiga kiradi.
    • Uglevodorod molekulasi tarkibida uglerod atomlari soni 18 dan yuqori bo`lsa atmosfera sharoitida qattiq holatda bo`ladi.

    Komponentlar

    Aralashma

    Metan, etan, etilen.
    Propan, propilen, i–butan,
    n – butan, butelin.
    i – pentan, n – pentan, amilen, geksan.

    Quruq gaz.
    Erigan gaz.
    Benzin.

    Quruq gaz, suyultirilgan gaz va gazli benzin tarkibi quyidagilardan iborat:
    Gazning zichligi va tarkibi.
     
    Jismning zichligi deganda, shu jism tinch holatidagi og`irligining hajmiga nisbati tushuniladi.Normal fizik sharoit (0.1013 MPa va 273K) da gazning zichligini р0 quyidagi formula orqali aniqlanadi:
    Bu yerda: M – molekulyar og`irligi.Agar gazning zichligi 0.1013 MPa bosimda berilgan bo`lsa, boshqa bosimdagi zichligini (xuddi shu haroratda) ideal gaz uchun quyidagicha hisoblanadi:
    Ko`p hollarda gazga to`liq xarakteristika berish uchun uning havoga nisbatan zichligi aniqlanadi. Gazning nisbiy zichligi normal sharoitda havoga nisbatan zichligi quyidagicha topiladi
    Δ0 = ρ0/1.293
    Gaz aralashmasi, shu aralashma komponentlarining og`irlik va molyar kontsentratsiyasi bilan harakterlanadi. Gaz aralashmasi hajmiy tarkibi, molyar tarkibi bilan taxminan teng, shunday ekan 1 kmol gaz hajmi Avagodro qonuni bo`yicha bir xil fizik sharoitda bir xil songa teng, ya‘ni 0.1013 MPa va 273K da 22.41m3 ga teng.
    Gaz aralashmasiga harakteristika berishimiz uchun uning o`rtacha molekulyar og`irligini, o`rtacha zichligini (kg/m3 da) va havoga nisbatan zichligini bilishimiz kerak.
    Agar aralashmaning molyar tarkibi foizda berilgan bo`lsa, unda o`rtacha molekulyar og`irligi quyidanicha aniqlanadi:

    Bu yerda: у1, у2 . . . . . уn – komponentlarining molyar (hajmiy) ulushi. M1, M2 . . . . Mn – komponentlarning molekulyar og`irligi.


    Agar aralashma og`irlik tarkibi berilgan bo`lsa, unda o`rtacha molekulyar og`irligi quyidagi ifoda orqali aniqlanadi:
    Bu yerda: g1, g2 . . . . . . gn - komponentlarning og`irlik ulushi, % da.
    Aralashma zichligi Рар hisoblab topilgan Мар orqali topib olinadi:
    Aralashmaning nisbiy zichligi quyidagicha topiladi:
    Bu yerda: ρар, ρш – нormal sharoitdagi gaz aralashmasi va havoning zichligi.
    Tabiiy gazga to`liq harakteristika berishimiz uchun, uning tarkibidagi og`ir uglevodorodlarni bilishimiz kerak.

    Download 267,89 Kb.
    1   2   3   4




    Download 267,89 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ma’ruzachi: S. P. Abduraxmanova

    Download 267,89 Kb.