|
Masala va misollar
|
Sana | 16.11.2023 | Hajmi | 0,69 Mb. | | #100078 |
Bog'liq iqt.naz.amal-5 — копия
Mavzu-5. Bozor munosabatlari, mulkchilik.
MASALA VA MISOLLAR
№ 1. Markazlashgan rejali, an’anaviy va bozor iqtisodisodiyoti tizimida jamiyat uchun umumiy iqtisodiy muammolar mavjudmi?
Savolni bunday tarzda berilishini ma’qullaysizmi?
№ 2. Xar bir berilgan javobni asoslang.
a) cheklangan resurslar sharoitida “nima ishlab chiqarish” degan muammo kichik biznes uchun xususiyatlidur;
b) mexnatga layoqatli aholi oldida “qanday ishlab chiqarish” muammosi turmaydi;
v) markaziy rejalashtirilgan jamiyat uchun “Kim uchun ishlab chiqarish” muammosi dolzarb emas.
№ 3. Ishlab chiqarish omillarini maksimal tarzda ishlatish jamiyatda quyidagilarga olib keladi:
- Axolini ish bilan bandligini oshirish;
- Texnologik taraqqiyotga;
- Ne’matlarni ishlab chiqarishni o‘sishi.
Ishlab chiqarish omillarini asosiylarini ko‘rsating va to‘g‘ri javob bering.
№ 4.Quyidagi faoliyat turlarini ko‘rib chiqing:
- Avtomibil ishalb chiqarish;
- Kitob yozish;
- Kinoni suratga olish;
- Savdo shartnomasini tuzish;
- Dissertatsiya ximoya qilish.
Keltirilgan unsurlar jamiyat boyligining natijasi deb xisoblaysizmi (yoki moddiy ne’matlarmi)?
№ 5. Kishilarning cheksiz ehtiyojlari cheklangan resurslarni aniqlaydimi.
Bu xolat sizni qoniqtiradimi? Javobingizni asoslang.
Testlar
- Nima uchun har qanday iqtisodiy tizim ishlab chiqarish resurslarining chegaralanganligi bilan to‘qnash keladi?
- ishlab chiqarish resurslari hech qachon jamiyat azolarining ehtiyojlarini to‘la qondirish uchun zarur miqdorda ne’matlar yaratishga va xizmatlar ko‘rsatishga etarli bo‘lmaganligi
- Ayrim mahsulotlarni ishlab chiqarishdan ko‘ra sotib olinishining foydaliligi
- Ishlab chiqarish resurslarini cheklanganligi bilan iqtisodiy baquvvat davlatlar to‘qnash kelmaydi, faqat nochor, iqtisodiy rivojlanmagan davlatlargina duch kelishi mumkin
- Iqtisodiy taraqqiyotda ishlab chiqarish darajasining pasayishi ishlab chiqarish resurslaridan foydalanish darajasini chegaralaydi.
- Iqtisodiy mustaqillikni ifoda etuvchi tomonlarga qaysi biri xos emas?
- milliy boylikni tasarruf eta bilish
- o‘z valyutasiga ega bo‘lish
- iqtisodiy siyosatni ma’qul xolda olib borish
- resurslardan samarali foydalanish
- Ijtimoiy-iqtisodiy tizimlarning o‘rin almashinish sabablarini formatsion yondashuvda qanday izohlanadi?
- ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanish darajasiga ishlab chiqarish munosabatlarining mos kelmasligi o‘rtasidagi ziddiyat
- ishlab chiqarish texnologik usulining o‘zgarishi
- mulkiy munosabatlarning mos kelmasligi
- ishlab chiqarish kuchlari rivojlanish darajasiga ishlab chiqarish munosabatlarining mos kelishi
- Iqtisodiy tizim nima?
- sotsial-iqtisodiy munosabatlar asosidir
- ishlab chiqarishni tashkil etish shaklidir
- ijtimoiy ishlab chiqarish shaklidir
- siyosiy va ma’naviy munosabatlardir.
- Ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyot qanday tizim?
- ishlab chiqarishni ijtimoiy mulk va ijtimoiy mehnat asosida tashkil etishga qaratilgan
- yakka hokimlik asosida ishlab chiqarishni tashkil etishga asoslangan
- davlat tomonidan ishlab chiqarish, taqsimot, almashuv va iste’mol ustidan to‘liq nazorat o‘rnatishga asoslangan
- ishlab chiqarishni reja asosida yuritishga asoslangan.
6. Aralash iqtisodiyot nima?
- turli mulk shakllariga va ularning teng huquqligiga asoslangan iqtisodiyot
- ma’muriy buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyot
- xususiy va jamoa mulkiga asoslangan iqtisodiyot
- buyruqli va bozor iqtisodiyoti qo‘shilishi natijasida vujudga kelgan iqtisodiyot
7. Iqtisodiy tizimning qaysi nusxasi (modeli)da xususiy mulkning ustunligi va boshqarishning bozor mexanizmi ta’minlanadi?
- aralash iqtisodiyot
- sof kapitalizm
- buyruqli iqtisodiyot
- buyruqli iqtisodiyot
- Nima, qanday, kim uchun ishlab chiqarish muammolari qaysi tizimga aloqador
- aralash iqti-sodiyotga
- faqat bozor iqtisodiyotiga
- faqat an’anaviy iqtisodiyotga
- sotsial-iqtisodiy va siyosiy tashkil qilinishidan qat’iy nazar, har qanday jamiyatga
- Barcha iqtisodiy tizimlarda asosiy muammolar: nima, qanday, qancha, kim uchun? mikro va makro darajada echiladi. Quyidagilardan qaysi biri mikro darajada echiladi?
- nima va qancha ishlab chiqarish zarur?
- yalpi daromad va yalpi xarajat-larni qanday muvozanatga kel- mumkin?
- nflyasiyadan qanday qutilish mumkin?
- iqtisodiy o‘sishni qanday rag‘bat-lantirish mumkin?
- Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish, bu ...
- davlat mulkini nodavlat mulk va boshqa xo‘jalik yuritish shakllariga aylantirish , fuqarolarga sotish va xususiylashtirish
- davlat mulkini imtiyozli bo‘lib berish
- davlat mulkini yuridik shaxslarga sotish
- davlat mulkini xu-susiy mulkka aylantirish
|
| |