• Darsga qo‘yiladigan talablar
  • Mashina detallari fanini o‘qitishda amaliy mashqulotlarini tashkil etish va o‘tkazish metodikasi nurova Oliya Salomovna




    Download 306,64 Kb.
    bet2/3
    Sana21.12.2023
    Hajmi306,64 Kb.
    #126113
    1   2   3
    Bog'liq
    Тишли узатмалар.МАКОЛА

    Ключевые слова: Честерня, эвольвента, модуль, частичный диаметр, эвольвентный зуб, модуль, контактная прочность.
    Ma’lumki, ta’lim-tarbiya jarayonini nazorat va tahlil qilish pedagogik jamoa ishiga rahbarlik qilishning asosiy shakllaridan biridir. Nazorat va tahlil qilishning asosiy maqsadi kamchiliklarni topish, ishning holatini tasdiqlash emas, balki o‘qituvchilar tomonidan olib boriladigan ta’lim-tarbiya jarayonining to‘g‘ri rejalashtirilayotgani, oqilona tashkil etilayotgani orqali ularning o‘qitish metodikasini yaxshilash, ishlaridagi xato va kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish hamda ularga kerakli metodik tavsiyalar berishdan iboratdir.
    Nazariy dars va amaliy mashg‘ulotlarni tahlil etish deyilganda, pedagog faoliyatini o‘rganish, uning ijobiy va salbiy tomonlarini chuqur bilishga asoslanib, amaliydidaktik yordam berish tushuniladi. Pedagogik nazoratning mohiyati shundan iboratki, unda ta’lim muassasasi rahbarlari yoki monitoring va ichki nazorat bo‘limi xodimlari oldindan rejalashtirilgan maqsad bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarining sifati va fanlar bo‘yicha ta’lim oluvchilarning o‘zlashtirish darajalarini har tomonlama o‘rganadilar.
    Ta’lim-tarbiya jarayonini o‘rganishda mutaxassis bo‘lmagan o‘quv muassasa rahbarlari ayrim fanlar bo‘yicha ta’lim oluvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini tekshirishda tajribali mutaxassis o‘qituvchilar bilan birgalikda darsni kuzatishlari lozim. To‘g‘ri tashkil etilgan nazorat ishi o‘qituvchilarning eng yaxshi tajribalarini aniqlashga hamda ularning pedagogik mahoratini ommalashtirishga yordam beradi.
    Dars deganda o‘qituvchining o‘quv guruhiga uyushgan, tayyorgarlik darajasi bir xil, tarkibi o‘zgarmas o‘quvchilar bilan mashg‘ulot o‘tkazishi tushuniladi. Dars ta’lim muassasasda ta’limni tashkil etishning asosiy shakli hisoblanadi. Har bir dars o‘quv jarayonining bir qismi hamda bilim, ko‘nikma va malakalarni egallashning bir butun mantiqiy yakunlangan bosqichidir.
    Darsga qo‘yiladigan talablar:

    1. Maqsad va mazmunning aniqligi; bu talab darsning butun o‘quv materialini va uning har qaysi qismini to‘g‘ri tanlash bilan amalga oshadi.


    Download 306,64 Kb.
    1   2   3




    Download 306,64 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mashina detallari fanini o‘qitishda amaliy mashqulotlarini tashkil etish va o‘tkazish metodikasi nurova Oliya Salomovna

    Download 306,64 Kb.